Zafar Xolmurodov (1976-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

Qarshi Nasaf Zafar Xolmurodov faoliyatidagi eng koʻp vaqtini Qarshining „Nasaf“ klubi safida oʻtkazgan, u 1996-yilda asosiy jamoaga kelgan. Zafar Oʻzbekiston Oliy ligasida 377 ta oʻyinda 200 ta gol (2012-yil 22 may holatiga koʻra) urgan birinchi oʻzbekistonlik futbolchi hisoblanadi.

Mashal Muborak Muborakliklar safiga ilk bor 2006-yilda Mash’al jamoasi Osiyo chempionlar ligasi turnirida ishtirok etish uchun tarkibni kuchaytirgan vaqtida oʻtgan va Xalqaro maydonda 6 uchrashuvda 3 ta gol muallifi boʻlgan. Keyinchalik turli yillarda (2009-yil, 2011-yil) ham Muborakliklar safida oʻynagan.

Olmaliq 2012-yil 25-may kuni Oʻzbekiston oliy ligasining navbatdagi turida „Olmaliq“ jamoasi Bekobodning „Metallurg“ jamoasini oʻz maydonida qabul qilgan va Xolmurodov Oliy ligasidagi oʻzining 200-golini kiritgan xolda bu natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylangan. Oʻyin yakunida Olmaliq klubi 3:2 hisobida gʻalaba qozongan.

2012-yil 29-dekabrda IFFHS amalda faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qilgan. Xolmurodov faoliyati davomida 379 ta uchrashuvda 200 ta gol kiritib, ushbu roʻyxatda 19-oʻrinni egallagan.

Klublardagi statistikasi YillarKlublarOyin/Gol1996Hisor1997—2006Nasaf224 (153)2006Mashal5 (1)2007Nasaf28 (17)2008Dinamo (Samarqand)7 (1)2008Nasaf12 (6)2009Mashal14 (3)2009—2010Xorazm23 (2)2010Nasaf4 (1)2011Mashal25 (9)2012Olmaliq9 (2) Eslatma uchun: Berilayotgan maʼlumotdagi oʻyinlar va gollar soni milliy chempionatga oiddir.

Milliy terma jamoada Zafar terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 18-mayida Tailandga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Xomurodov milliy terma jamoa safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati 2012-yilgi mavsumdan soʻng Xolmurodov futbolchilik faoliyatini yakunlab, Qarshining „Nasaf“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Yutuqlari

Klub bilan

Oʻzbekiston Superligasi 3- oʻrin sohibi (5): 2000, 2001, 2005, 2006, 2010 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2003-yil

Shaxsiy

Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 2-oʻrin: 2000-yil Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi toʻpurari 2-oʻrin: 2000-yil Gennadiy Krasnitskiy klubi: 238 gol

Manbalar

Havolalar

Zafar Xolmurodov Milliy terma jamoalar saytida futbolchi profili Zafar Xolmurodov Footballfacts saytida futbolchi profili Zafar Xolmurodov Soccerway saytida futbolchi profili

Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:15-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Shahrisabzda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Hisor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Nasaf-2 klubi murabbiylari