Ofidiofobiya (yoki ofiyofobiya) oʻziga xos fobiya turi boʻlib, ilonlardan irratsional qoʻrqishni anglatadi. Bu baʼzan herpetofobiya, sudraluvchilardan qoʻrqish singari umumiy atama bilan ham nomlanadi. Bu soʻz yunoncha „ofis“ () ilon soʻzidan kelib chiqqan va „fobiya“ () qoʻrquv soʻzi bilan birlashib ilondan qoʻrqish maʼnosini bildiradi. thumb|Sariq piton
Tadqiqotlar Voyaga yetgan odamlarning taxminan uchdan bir qismi ofidiyofobiyaga chalingan, bu eng keng tarqalgan fobiya turi hisoblanadi. Biroq, „klinik ahamiyatga ega“ ofidofobiyani namoyon etuvchi katta yoshli bemorlar aholining atigi 3-4 foizini tashkil etadi.
The Handbook of the Emotions (Hissiyotlar qoʻllanmasi") (1993) asarida psixolog Arne Ohman evolyutsion jihatdan ahamiyatli qoʻrquv reaksiyasiga ega neytral stimullar (ilonlar va oʻrgimchaklar) bilan evolyutsion jihatdan ahamiyatsiz qoʻrquv reaksiyasiga ega neytral stimullarni (zamburugʻlar, gullar, koʻpburchaklar, oʻq otuvchi qurollar va elektr rozetkalari) shartlanmagan stimul bilan juftlashtirishi boʻyicha tadqiqot oʻtkazgan. Natijada, ofiofobiya va araxnofobiya shartli reaksiyani shakllantirish uchun faqat bir marotaba jonivor bilan roʻbaro kelish talab qilgan boʻlsa, mikofobiya, antofobiya, koʻpburchaklar, oʻq otuvchi qurollar va elektr rozetkalaridan qoʻrqish uchun bir necha urinishlar amalaga oshirish kerak boʻlgan va muntazam shartlantirishsiz yoʻqolib ketgan. Ofiofobiya va araxnofobiya esa doimiy xarakterga ega. Xuddi shunday, psixologlar Susan Mineka, Richard Keir va Veda Price laboratoriyada ulgʻaygan rezus makakalarga boshqa makakaning qoʻrqib ketayotgani aks etgan videoni koʻrsatilmasa, ular banan olish uchun oʻyinchoq ilonning yonidan oʻtish kerak boʻlganda, hech qanday qoʻrquv reaksiyalarini namoyon qilmasligini aniqladilar.
2001-yilda Shvetsiyadagi Karolinska institutida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sutemizuvchilarda ilonlarga (oʻrgimchaklarga) nisbatan tugʻma salbiy reaksiya boʻlishi mumkin, bu ularning omon qolishi uchun juda muhim omil hisoblanadi, chunki mazkur qoʻrquv tahdidlarni darhol aniqlashga imkon berdi. 2009-yildagi 40 yillik tadqiqot dasturining hisoboti odamlarda ilonlarga nisbatan kuchli qoʻrquv sharoitlarini va ilon tasvirlarini ongsiz ravishda tez qayta ishlashini isbotladi. Bu inson miyasidagi amigdalani oʻz ichiga olgan qoʻrquv tarmogʻi orqali amalga oshiriladi. 2013-yildagi tadqiqot primatlarda (makakalarda) ilonlar harakatini tez aniqlash uchun tabiiy tanlanishning neyrobiologik dalillari mavjudligini koʻrsatdi.
Filmlarda Indiana Jones kinosining bosh qahramoni ofidiyofobiya bilan ogʻrigan odam sifatida tasvirlan.
Manbalar
Havolalar