Halima Ahmedova — shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, koʻplab sheʼriy kitoblar muallifiHalima Ahmedova. Sheʼrlar & Eng katta ustozlarim — oʻqigan kitoblarim & Har bir inson koʻngli — moʻjiza & Umid soyasi. Tarjimayi holi Halima Ahmedova — 1960-yil 1-oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati)ning Qiziltepa tumani Poʻloti qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni tugatib, 1978–1983-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida, 1988–1991-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olganAhmedova (1960) .

Faoliyati Mehnat faoliyatini dastlab oʻqituvchilikdan boshlab, Navoiy shahar pedagogika bilim yurtida dars bergan. Jurnalistikaga boʻlgan mehri uni „Do‘stlik bayrog‘i“ gazetasiga yetaklaydi. 1984–1985-yillarda gazeta tahririyatida, 1986–1988-yillari G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan.

1988–1990-yillari Moskvadagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. 1990–1991-yillari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot jamg‘armasida, 1994–1998-yillari „Tong yulduzi“ gazetasida ishlagan. 1998-yildan O‘zbekiston radiosida muharrir lavozimida faoliyatini davom ettirmoqdaHalima Ahmedova haqida batafsil ma'lumotlar.

Ijodi Shoiraning ilk kitobi 1986-yili „Koʻzimning tili“ nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik quyidagi kitoblarni nashrdan chiqargan: 1987-yili „Tungi marvaridgullar“; 1996-yili „Erk darchasi“; 2005-yili „Tiyramoh“; 2007-yili „Afsun“; 2008-yili „Umid soyasi“; 2011-yili „Nigoh qiblasi“; 2012-yili „Shafaq ibodati“; 2013-yili „Yosuman gulining soyasi“; 2016-yili „Yashil“, „Tashbeh“ singari kitoblari nashr etilgan.

Mukofoti Halima Ahmedova Londonda oʻtkazilgan „Markaziy Osiyo kitob forumi va adabiyoti festivali“ning „Adabiy asar“ nominatsiyasidagi mukofotiga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Havolalar Halima Ahmedova she'riyatida takror san'atning lingvopoetik xususiyatlari Halima Ahmedova Taniqli shoira Halima Ahmedova tavallud topgan kun

Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari O‘zbekistonlik jurnalist ayollar Turkum:Oʻzbekistonlik shoiralar