2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati (, ) 2022-yilda Qatar maydonlarida oʻtkaziladigan Futbol boʻyicha jahon chempionati tartib boʻyichi 22-turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqa 2022-yilning 20-noyabridan 18-dekabriga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu arab dunyosida oʻtkaziladigan birinchi jahon chempionati hisoblanadi. Bundan tashqari 2002-yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada oʻtkazilgan turnirdan keyin Osiyoda oʻtkazilgan ikkinchi Jahon chempionati boʻladi. Ushbu turnir 32 ta jamoa ishtirokidagi oxirgi jahon chempionati boʻlib, 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan 23- turnirda ishtirokchilar soni 48 taga koʻpayishi rejalashtirilgan. Qatarda yoz jazirama issiq boʻlganligi sababli, bu jahon chempionati noyabr oyining oxiridan dekabr oyining oʻrtalariga qadar oʻtkaziladi, bu esa may, iyun yoki iyul oylarida oʻtkazilmaydigan birinchi turnir hisoblanadi. Turnirdagi dastlabki oʻyin Al-Xordagi Al Bayt stadionida Qatar va Ekvador terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Final oʻyini 2022-yilning 18-dekabrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Jahon chempionatining amaldagi chempioni Fransiya terma jamoasi.

2011-yilning may oyida FIFAda faoliyat yuritadigan mansabdor shaxslarida Qatar qanday qilib jahon chempionatini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritgani bilan bogʻliq savollar paydo boʻlgan. FIFAning ichki tekshiruvi jahon chempionatini oʻtkazish huquqi Qatar davlatiga berilishida hech qanday korrupsion holat aniqlanmaganini eʼlon qilgan. 2015-yilning 27-mayida Shveysariya federal prokurorlari 2018 va 2022-yilgi jahon chempionatlarini oʻtkazish uchun arizalar bilan bogʻliq korrupsion holatlari boʻyicha tergov boshlagan. 2018-yil 6-avgust kuni FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter Qatar „qora amaliyot“ qoʻllaganini daʼvo qilib, taklif qoʻmitasi mezbonlik huquqini qoʻlga kiritish uchun aldaganini taxmin qildi.

Bundan tashqari, Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etgan chet ellik ishchilarga nisbatan munosabati tufayli qattiq tanqidga uchradi. The Guardian gazetasi tomonidan olib borilgan tergovga koʻra, koʻplab ishchilarga oziq-ovqat va suv berilmagan, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar olib qoʻyilgan va ularga oʻz vaqtida yoki umuman ish haqi berilmagan.

Mezbonni tanlash alt=alt=|thumb|350px|Jahon chempionati mezbonligini Rossiyadan Qatarga topshirish marosimi. Chapdan oʻngga: Qatar amiri Tamim ibn Hamad al Tani, FIFA prezidendi Gianni Infantino va Rossiya prezidenti Vladimir Putin. 2018-yil 15-iyul. 2018 va 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatlarini oʻtkazish boʻyicha tender jarayoni 2009-yil yanvar oyida boshlangan va milliy futbol assotsiatsiyalari 2009-yil 2-fevralgacha oʻz takliflarini kiritishlari kerak edi. Dastlab, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun oʻn bitta taklif qabul qilingan, biroq Meksika keyinchalik oʻz taklifidan voz kechgan. Indoneziya futbol assotsiatsiyasi xavfsizlik boʻyicha kafolat xatini taqdim eta olmaganidan keyin 2010-yil fevral oyida Indoneziyaning taklifi FIFA tomonidan rad etilgan. Tender jarayonida UEFAga aʼzo boʻlmagan barcha davlatlar 2018-yilgi takliflarini qaytarib olishgan va shu tariqa UEFAga aʼzo boʻlgan davlatlardan biri 2018-yilgi turnirni oʻtkazishi kafolatlandi. Shu tariqa UEFA davlatlari 2022-yilgi tenderda qatnashish huquqidan mahrum boʻlishgan. 

Yakunda 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati uchun beshta taklif qolgan: Avstraliya, Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreya va AQSh. Yigirma ikki aʼzodan iborat FIFA Ijroiya qoʻmitasi 2010-yil 2-dekabr kuni Syurixda har ikkala turnir mezbonlarini tanlash uchun yigʻilishgan. Ovoz berishdan oldin FIFA ijroiya qoʻmitasining ikki aʼzosi oʻz ovozlari bilan bogʻliq korruptsiya ayblovlari tufayli ishdan chetlatilgan.

Ovoz berish natijalari quyidagicha koʻrinish olgan StranaBirinchi bosqichIkkinchi bosqichUchinchi bosqichToʻrtinchi bosqich 11 10 11 3 5 6 8 4 5 5 3 2 colspan="2" 1 colspan="3" FIFA ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ishtirokidagi ovoz berish jarayonida poraxoʻrlik va korrupsiya holatlari boʻyicha ayblovlar boʻlgan. Ushbu ayblovlar FIFA tomonidan tekshirilmoqda.

Qatar futbol boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan eng kichik davlat hisoblanadi.

Jamoalar

Saralash FIFAning oltita qitʼa konfederatsiyasi oʻz saralash musobaqalarini tashkil qilgan. Ayni paytda FIFAga aʼzo barcha assotsiatsiyalar soni 211 ta boʻlgan saralashda ularning barchasi qatnashish huquqiga ega. Qatar mezbon sifatida avtomatik tarzda turnirga yoʻllanma olgan. Biroq OFK Qatarni Osiyo saralash bosqichida ishtirok etishga majbur qilgan, chunki dastlabki ikki tur 2023-yilgi Osiyo Kubogiga saralash vazifasini ham bajarib berishi kerak. Qatar oʻz guruhida gʻolib sifatida final bosqichiga chiqqani uchun uning oʻrniga beshinchi eng yaxshi ikkinchi oʻrinni egallagan Livan terma jamoasi keyingi bosqichga oʻtgan. Jahon chempionatining amaldagi chempioni Fransiya ham odatdagidek toʻgʻridan toʻgʻri musobaqaga yoʻl olgan. Shimoliy Koreya COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli saralash bosqichida qatnashmagan.

2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan 32 mamlakatdan 24 tasi 2018-yilgi oldingi turnirda ham ishtirok etishgan. Qatar futbol boʻyicha jahon chempionatida debyut qilgan yagona jamoa boʻlib, 1934-yilda Italiyadan beri turnirda debyut qilgan birinchi mezbonga aylanadi..Gollandiya, Ekvador, Gana, Kamerun va Qoʻshma Shtatlar 2018-yilgi turnirni oʻtkazib yuborishgan 2022-yilgi turnirga esa yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan. Kanada 36 yildan keyin mundialga qaytdi, ularning oxirgi jahon chempionatidagi ishtiroklari 1986-yilda boʻlgan. Uels 64 yil ichida birinchi marta jahon chempionatida qatnashadi. Uelsliklarning turnirdagi oxirgi ishtiroki 1958-yilda boʻlgan.

Toʻrt karra jahon chempioni va amaldagi Yevropa chempioni Italiya oʻz tarixida birinchi marta ketma-ket ikkinchi jahon chempionatiga chiqa olmadi. Italiyaliklar saralashdan oʻta olmagan yagona sobiq chempion jamoaga aylanishdi. Italiya tarixda 1978-yilda Chexoslovakiya, 1994-yilda Daniya va 2006 yilda Gretsiyadan keyin oldingi Yevropa chempionatida gʻalaba qozonib, Jahon chempionatiga yoʻllanma olmagan toʻrtinchi jamoa boʻldi. Oldingi Jahon chempionati mezbonlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi sababli musobaqalardan chetlatilgan. Chili, 2015 va 2016-yilgi Amerika kubogi gʻolibi boʻlib ham ketma-ket ikkinchi marta saralashdan keyingi bosqichga oʻta olmadi. JCH-2018 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Misr, Panama, Kolumbiya, Peru, Islandiya va Shvetsiya ham 2022-yilgi mundialda ishtirok eta olmaydi.

Osiyo (6)

(mezbon)

CAF (5)

CONCACAF (4)

CONMEBOL (4)

OFC (0) Yoʻq

UEFA (13)

Qur’a Yakuniy qura tashlash marosimi 2022-yil 1-aprelda Doha vaqti bilan 19:00 da anjumanlar markazida boʻlib oʻtgan. Konfederatsiyalararo pley-offning ikki gʻolibi va UEFA pley-off bosqichining A yoʻnalishi gʻolibi qur’a tashlash vaqtida hali aniqlanmagan edi.

Qur’a uchun 32 ta jamoa FIFA tomonidan 2022-yil 31-martdagi Jahon reytingi asosida toʻrtta savatga ajratilgan. Birinchi savatda mezbon Qatar (avtomatik ravishda A1 pozitsiyasiga tayinlangan) va eng yaxshi yettita jamoa joylashgan edi. Ikkinchi savatda keyingi eng yaxshi sakkizta jamoa, keyingi savatda eng yaxshi sakkizta jamoa joylashgan. 4-savatda eng past reytingdagi beshta jamoa hamda konfederatsiyalararo pley-offning ikkita gʻolibi va UEFA A yoʻnalishining pley-off gʻolibi joy olgan. Bitta konfederatsiya jamoalari bitta guruhga kiritilmagan, UEFA jamoalaridan tashqari albatta. Qur’a 1-savatdan boshlanib va 4-savat bilan yakunlangan. 1-savat 2-savat 3-savat 4-savat (mezbon 51) (1) (2) (3) (4) (5) (7) (8) (9) (10) (11) (12) (13) (14) (15) (16) (20) (21) (23) (24) (25) (26) (29) (35) (37) (38) (46) (49) (60) (18) (42) Kosta-Rika (31)

Qur’a natijalari A guruhi B guruhi C guruhi D guruhi E guruhi F guruhi G guruhi H guruhi Kosta-Rika

Hakamlar 2022-yil 19-may kuni FIFA turnirda qatnashadigan 36 nafar bosh hakam, 69 nafar yordamchi va 24 nafar videoyordamchi hakamlar roʻyxatini eʼlon qilgan. Argentina, Braziliya, Angliya va Fransiyadan ikki nafardan hakam JCH 2022 faoliyat yuritadi. JCH 2022da ayol hakamlar birinchi marta erkaklar oʻrtasidagi yirik turnirdagi oʻyinlarni boshqaradi.

Fransiyalik Stephani Frappart, Ruandalik Salima Mukansanga va Yaponiyalik Yoshimi Yamashita erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayinlangan birinchi ayol hakamlar boʻlishdi. Ularga uchta ayol yordamchi hakamlar qoʻshilgan. Frappart 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini boshqargan. Ung yon qanotlarda Gambiyalik hakam Bakari Gassama va argentinalik hakam Xuan Pablo Belatti yordam beradi. Belatti 2018-yilgi finalda yordamchi hakam boʻlgan. Yana hakamlar orasida mundialga qaytgan meksikalik hakamlar Sezar Arturo Ramos va zambiyalik Janni Sikazve hamda eronlik yordamchi hakam Muhammadriza Mansuri ham bor.

Bosh hakam Konfederatsiya Bosh hakam AFC Abdulrahman Al-Jassim (Qatar) Chris Beath (Avstraliya) Alireza Faghani (Eron) Ma Ning (Xitoy) Mohammed Abdulla Hassan Mohamed (BAA) Yoshimi Yamashita (Yaponiya) CAF Bakary Gassama (Gamibiya) Mustapha Ghorbal (Jazoir) Victor Gomes (Janubiy Afrika) Salima Mukansanga (Ruanda) Maguette Ndiaye (Senegal) Janny Sikazwe (Zambiya) CONCACAF Iván Barton (El Salvador) Ismail Elfath (AQSH) Mario Escobar (Gvatemala) Said Martínez (Gonduras) César Arturo Ramos (Meksika) CONMEBOL Raphael Claus (Brazilya) Andrés Matonte (Urugvay) Kevin Ortega (Peru) Fernando Rapallini (Argentina) Wilton Sampaio (Braziliya) Facundo Tello (Argentina) Jesús Valenzuela (Venesuela) OFC Matthew Conger (Yangi Zelandiya) UEFA Stéphanie Frappart (Fransiya) István Kovács (Ruminiya) Danny Makkelie (Niderlandiya) Szymon Marciniak (Polsha) Antonio Mateu Lahoz (Ispaniya) Michael Oliver (Angliya) Daniele Orsato (Italiya) Daniel Siebert (Germaniya) Anthony Taylor (Angliya) Clément Turpin (Fransiya) Slavko Vinčić (Sloveniya)

Yordamchi Hakam Konfederatsiya Yordamchi Hakam AFC Mohammadreza Abolfazli (Eron) Taleb Al-Marri (Qatar) Mohamed Al-Hammadi (BAA) Hasan Al-Mahri (BAA) Saud Al-Maqaleh (Qatar) Ashley Beecham (Avstraliya) Cao Yi (Xitoy) Mohammadreza Mansouri (Eron) Anton Shchetinin (Avstraliya) Shi Xiang (Xitoy) CAF Mahmoud Abouelregal (Misr) Djibril Camara (Senegal) Jerson dos Santos (Angola) Abdelhak Etchiali (Jazoir) Mokrane Gourari (Jazoir) Arsénio Marrengula (Mozambik) Elvis Noupue (Kamerun) Souru Phatsoane (Lesoto) El Hadj Malick Samba (Senegal) Zakhele Siwela (Janubiy Afrika) CONCACAF Kyle Atkins (AQSH) Karen Díaz Medina (Meksika) Helpys Raymundo Feliz (Dominikan Respublikasi) Miguel Hernández (Meksika) Walter López (Gonduras) Juan Carlos Mora (Kosta-Rika) David Morán (El Salvador) Alberto Morín (Meksika) Kathryn Nesbitt (AQSH) Corey Parker (AQSH) Caleb Wales (Trinidad va Tobago) Zachari Zeegelaar (Surinam) CONMEBOL Neuza Back (Braziliya) Juan Pablo Belatti (Argentina) Diego Bonfá (Argentina) Bruno Boschilia (Braziliya) Ezequiel Brailovsky (Argentina) Gabriel Chade (Argentina) Rodrigo Figueiredo (Braziliya) Tulio Moreno (Venesuela) Michael Orué (Peru) Bruno Pires (Braziliya) Jesús Sánchez (Peru) Danilo Manis (Braziliya) Martín Soppi (Urugvay) Nicolás Taran (Urugvay) Jorge Urrego (Venesuela) OFC Tevita Makasini (Tonga) Mark Rule (Yangi Zellandiya) UEFA Ovidiu Artene (Ruminiya) Simon Bennett (Angliya) Gary Beswick (Angliya) Stuart Burt (Angliya) Ciro Carbone (Italiya) Pau Cebrián Devís (Ispaniya) Nicolas Danos (Fransiya) Jan de Vries (Niderlandiya) Roberto Díaz Pérez del Palomar (Ispaniya) Rafael Foltyn (Germaniya) Alessandro Giallatini (Italiya) Cyril Gringore (Fransiya) Tomaž Klančnik (Sloveniya) Andraž Kovačič (Sloveniya) Tomasz Listkiewicz (Polsha) Vasile Marinescu (Ruminiya) Adam Nunn (Angliya) Jan Seidel (Germaniya) Paweł Sokolnicki (Polsha) Hessel Steegstra (Niderlandiya)