Qu Bo () (1981-yil 15-iyulda tugʻilgan) — xitoylik isteʼfodagi futbolchi.

Klubdagi faoliyati Qu Bo futbolchilik faoliyatini „Tianjin Lokomotiv“ yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan va 2000-yilda „Qingdao“ga oʻtgan. U tezda oʻzini iqtidorli yosh oʻyinchi sifatida koʻrsatdi va sakkizta gol urib, oʻn yettita liga oʻyinida maydonga tushgan, bu esa unga 2000-yilgi liga mavsumi oxirida Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi. Qu jamoaning muhim aʼzosi boʻlib qolishda davom etgan va 2002-yilgi Jahon chempionatida oʻynaganidan soʻng u Premer-liganing „Tottenxem“ klubida katta qiziqish uygʻotgan, lekin transfer amalga oshmagan. Qingdaoga qaytib kelgach, u jamoaga 2002-yilgi liga mavsumi oxirida klub tarixidagi birinchi Xitoy FA kubogini yutishiga yordam bergan.

2010-yilning 22-fevralida, Qingdaoda oʻn yil oʻynagindan soʻng, Qu yuqori diviziondagi Shaanxi Chanba jamoasiga oʻtgan. U klub uchun debyutini 2010-yilning 28-martida Dalian Shidega qarshi liga oʻyinida oʻtkazgan. Bir necha oy oʻtgandan soʻng, u 2010-yil 14-iyulda „Shanghai Shenxua“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini urgan. 2012-yilgi mavsum boshida Qu Guizhouga koʻchib oʻtishga va oʻz nomini Guizhou Renhe deb oʻzgartirishga qaror qilgan klubni himoya qilish niyatida boʻlgan.

2014-yil 3-iyun kuni Qu Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Qingdao Xaynyu“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 19-iyulida Shijiazhuang Yongchangga qarshi oʻyinda maydonga tushgan va 2014-yilning 27-iyulida Chengdu Tianchengga qarshi oʻyinda (2:1) klub uchun birinchi golini urgan.

2016-yilning 5-yanvarida Qu Xitoy Superligasida oʻz shahrining „Tianjin Teda“ klubiga oʻtgan. U 2017-yilning 2-martida nafaqaga chiqqanini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati Quning tezligi birinchi marta 2000-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida koʻpchilikning eʼtiborini tortgan va u turnirda oʻz mamlakati uchun toʻrtta gol urgan. 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynaganidan soʻng, u tezda Bora Milutinovichning eʼtiborini tortgan, uni 2002-yilgi FIFA Jahon kubogi tarkibiga kiritgan va Quni qanotga qoʻyishni afzal koʻrgan. U 2004-yilgi Osiyo Kubogi terma jamoasiga kiritlmagan va 2007-yilgi Osiyo Kubogi tarkibidan jarohat olib safdan chiqqan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro maydondagi gollar #SanaJoyRaqibNatijaHisobMusobaqa127.01.2001Oakland, AQSH1-21-2Oʻrtoqlik26.05.2001Phnom Penh, Kambodja2-04-02002 FIFA jahon kubogi saralash313.10.2001Shenyang, Xitoy2-03-02002 FIFA jahon kubogi saralash412.12.2002Manama, Bahrayn2-22-2Oʻrtoqlik521.10.2007Foshan, Xitoy1-07-02010 FIFA jahon kubogi saralash621.10.2007Foshan, Xitoy7-07-02010 FIFA jahon kubogi saralash727.01.2008Zhongshan, Xitoy1-02-1Oʻrtoqlik815.03.2008Kunming, Xitoy1-03-3Oʻrtoqlik923.04.2008Los Angeles, AQSH2-22-2Oʻrtoqlik1017.12.2008Muscat, Ummon1-11-3Oʻrtoqlik1114.01.2009Aleppo, Suriya1-32-32011 AFC Osiyo kubogi saralash1218.07.2009Tianjin, Xitoy1-03-1Oʻrtoqlik1330.09.2009Hohhot, Xitoy2-04-1Oʻrtoqlik1414.11.2009Beirut, Livan2-02-02011 AFC Osiyo kubogi saralash1514.02.2010Tokyo, Yaponiya1-02-02010 Sharqiy Osiyo futbol chempionati1614.02.2010Tokyo, Yaponiya2-02-02010 Sharqiy Osiyo futbol chempionati1726.06.2010Kunming, Xitoy3-04-0Oʻrtoqlik1828.07.2011Vientiane, Laos1-06-12014 FIFA jahon kubogi saralashi

Yutuqlar

Klub Qingdao Jonoon

Xitoy FA kubogi : 2002-yil

Guizhou Renhe

Xitoy FA kubogi : 2013 Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Xalqaro Xitoy

Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Shaxsiy yutuqlar

Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2000-yil Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2009-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar