Wu Pingfeng () (1981-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy futbol assotsiatsiyasi aʼzosi ligada Shenzhen Xinqiao FC jamoasiga murabbiylik qilgan.
Klubdagi faoliyati Wu Pingfeng oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 2002-yilda Xitoy uchunchi ligasi vakili Guangdong Xiongying bilan boshlagan. 2003-yilgi liga mavsumining boshida Guangdong Xiongying Xitoy ligasi tizimining ikkinchi divizioniga koʻtarilgan va Wu Pingfeng yigirma beshta liga oʻyinida oʻynab, jamoada oʻzini namoyon qilgan. Wu Pingfengning Guangdongdagi ikkinchi mavsumida u yigirma toʻrtta liga oʻyinida oʻynagan va ular uchun ikkita gol urgan. Ligada muvaffaqiyatli ishtiroklariga qaramay, jamoani tarqatib yuborishga toʻgʻri kelgan.
Wu ikkinchi divizion vakili Jiangsu Saintyga oʻtgan va yigirma uchta liga oʻyinlarida oʻynab, ikkita gol urgan. U uch mavsum davomida „Jiangsu Sainty“da oʻynashni davom ettirgan, Wu 2008-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi boshida yangi divizionga koʻtarilgan „Guangzhou Evergrand“ga qoʻshilishdan oldin, ularning gaʼalabali oʻyinlarida yordam bergan.
U jamoadoshlari Jiang Ning va Li Jianxua bilan birga 2013-yilning yanvar oyida Guangzhou Evergrandning raqibi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan. U 2014-yilning noyabrida nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Wu Pingfeng Xitoy terma jamoasi safida ilk bor 2002-yil 7-dekabrda Bahraynda Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Uning Xitoy terma jamoasidagi ikkinchi oʻyini 2011-yil oktyabr oyida Jose Camacho tomonidan Xitoy terma jamoasiga chaqirilganda va 2011-yil 11-oktyabrda Iroqqa qarshi magʻlubiyat bilan yakunlanga oʻyinda amalga oshgan. Wu oʻyinda Yu Xanchao oʻrniga maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Liga FA kubogi JamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Guangdong Xiongying 2002 ? ? - ? ? 2003 25 3 1 0 26 3 2004 24 2 0 0 24 2 Jami 49 5 1 0 50 5 Jiangsu Sainty 2005 23 2 0 0 23 2 2006 19 2 2 1 21 3 2007 22 1 - 22 1 Jami 64 5 2 1 66 6 Guangzhou Evergrand 2008 28 2 - 28 2 2009 27 2 - 27 2 2010 24 2 - 24 2 2011 28 4 2 0 30 4 2012 18 1 3 0 21 1 Jami 126 11 5 0 131 11 Guangzhou R&F 2013 6 0 0 0 6 0 2014 0 0 0 0 0 0 Jami 6 0 0 0 6 0
Yutuqlar
Klub Guangzhou Evergrand
Xitoy Superligasi : 2011, 2012 Xitoy Birinchi ligasi : 2010 Xitoy FA kubogi : 2012 Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar