Oʻzbekistonda futbol ligalari tizimi hozir toʻrt darajadan iborat.

Joriy tuzilma Mamlakat futbol ligalari ikki tashkilot, birinchi navbatda Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi (Oʻzbekiston PFL) va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) tomonidan boshqariladi. 1992-2009-yillarda mamlakat futbol ligalari tizimi toʻliq Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilib kelingan edi. (u assotsiatsiyaga aylantirilgan, 2018-yil yanvar oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga aylangan), 2009-yilgacha O‘zbekiston Professional futbol ligasi tuzilmasidan avval, unga mamlakat futbol ligalarini boshqarish va nazorat qilish huquqi berildi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bugungi kunda eng muhimi, mamlakatning butun futbol tuzilmasini, shuningdek, turli jamoalar (milliy, olimpiya, yoshlar, Oʻzbekiston ayollar terma jamoalari), mamlakat kubogi turnirlarini (Oʻzbekiston kubogi, Oʻzbekiston Superkubogi) boshqaradi va nazorat qiladi. Oʻzbekiston PFL kubogiga ham mezbonlik qiladi. Musoboqalarni tashkil etishda Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi birga oʻzro muvofiqlikda oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Superligasi, Oʻzbekiston Pro ligasi, Oʻzbekiston Birinchi ligasi, Oʻzbekiston Superkubogi, Oʻzbekiston Kubogi, Oʻzbekiston Liga kubogi, Ayollar liga va kubok baxslari, futzal liga va kubok musoboqalarini oʻtkazib kelmoqda. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Milliy terma jamoalarining oʻyinlarini tashkil etish, musoboqalarga tayyorlash va xalqaro musoboqalarni Oʻzbekistonda qabul qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi (viloyat chempionatlari erkaklar va ayollar oʻrtasida), Oʻzbekiston futzal ikkinchi liga chempionatlari, Oʻzbekiston sohil futboli chempionatlari va havaskorlar musoboqalarni tashkil etadi va musoboqalarga mezbonlik qiladi

Futbol tuzilmasi 2022-yil yanvar holatiga koʻra joriy. №Liga/chempionatlar1Oʻzbekiston Superligasi 14 ta klub2Oʻzbekiston Pro ligasi 11 ta klub3Oʻzbekiston Birinchi ligasi 16 ta klub4Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi5Viloyat chempionatlariAndijon viloyatiBuxoro viloyatiJizzax viloyatiQashqadaryo viloyatiNavoiy viloyatiNamangan viloyatiSamarqand viloyatiSurxondaryo viloyatiQoraqalpog‘iston RespublikasiSirdaryo viloyatiToshkent viloyatiFargʻona viloyatiXorazm viloyatiToshkent shahri6Shahar va viloyat chempionatlari

Yana qarang Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi

Havolalar

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Rasmiy sayti Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Rasmiy sayti

Turkum:Oʻzbekiston futboli