Redeem Tlang (talaffuzi: Redim Tlang) (1995-yil 22-fevralda tug'ilgan) - hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasida Goa jamoasi uchun va Hindiston milliy terma jamoasida qanot yarim himoyachisi sifatida o`ynaydi.
Klub faoliyati
Shillong Lajong Shillong Lajong yoshlar akademiyasining mahsuli bo'lgan hujumchi Tlang 2013-yilda Shillong birinchi divizion ligasida mashhurlikka erishdi. Redeem Tlang 2013-yil 28-oktabrda Neru stadionida Churchill Brothers jamoasiga qarshi o`yinda I-ligada Shillong Lajong uchun professional debyut qildi. Unda u 78-daqiqada Seyxoxau Tuboining o'rniga maydonga tushdi. Shillong Lajong o'yinda 2:2 hisobida durang o'ynadi. Redeem Tlang 2014-yilgi Federatsiya kubogida Salgaocarni 4:0 hisobida mag'lub etgan o'yinda Lajong uchun birinchi katta jamoa golini kiritdi.
Tlang yoshlik yillarini hisobga olgan holda klubda jami 9 yil o'tkazdi.
NorthEast United Tlang Hindiston Superligasining ilk mavsumi uchun Shillong Lajongdan Northeast Unitedga ijaraga berildi. Redeem Tlang Chennaiyinga qarshi 3:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxiradan maydonga tushib, birinchi mavsumda faqat bir marta maydonda shu o`yinda o`ynagan.
Keyin Tlang 2018-19 Hindiston Superligasidan boshlab doimiy ravishda NorthEast Unitedga qo'shiladi. Redeem Tlang Hindiston Superligasidagi ilk golini Bengaluruga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Redeem Tlang mavsum davomida muntazam o'ynab, qanotda 19 ta o'yinda maydonga tushdi.
U 2019-20-yilgi mavsumdagi birinchi golini yangi tashkil etilgan Odishaga qarshi o'yinda, jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasida kiritdi. Uning mavsumdagi ikkinchi goli 2019-yilning 1-noyabrida Goa darvozasiga jarima maydonchasi chetidan kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jami Diviziya O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar O`yinlar Gollar Shillong Lajong 2013-yil I-liga 9 0 3 1 - 12 1 North East United 2014-yil Hindiston Superligasi 1 0 0 0 - 1 0 Shillong Lajong 2014–2015 I-liga 1 0 4 0 - 5 0 2015–2016 5 0 0 0 - 5 0 2016–2017 16 1 3 1 - 19 2 2017–2018 15 2 0 0 - 15 2 North East United 2018–2019 Hindiston Superligasi 19 1 0 0 - 19 1 2019–2020 16 3 0 0 - 16 3 Goa 2020–2021 10 1 0 0 3 0 13 1 2021–2022 1 0 5 1 - 6 1 Odisha 2022–2023 8 1 0 0 - 8 1 Karyera jami 101 9 15 3 3 0 119 12
Manbalar
Eslatmalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar