„Asr goli“ — XXI asrning birinchi jahon chempionatida FIFA saytida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi gol deb topilgan. Bu gol argentinalik Diyego Maradona tomonidan 1986-yilgi Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi oʻyinning 55-daqiqasida kiritilgan.
Tarixi Oʻyin 1986-yil 22-iyun kuni Mexiko shahridagi „Atsteko“ stadionida boʻlib oʻtgan. „Asr goli“ Maradona inglizlar jamoasining jarima maydonchasiga yoʻl olganidan soʻng kiritilgan, bu vaqtda u olti futbolchini, shu jumladan darvozabonni ham ortda qoldirgan. Bundan toʻrt daqiqa oldin Maradona qoʻli bilan „Olloxning qoʻli“ deb atalgan golni urgan.
Keyinchalik, Maradona bu gol uchun qisman ingliz himoyachilarining olijanobligiga qarzdor ekanligini tan oldi, ular qoidalarni buzgan holda uni qaytarishga harakat qilishmagan edirediff.com: Football World Cup — Maradona’s strike is goal of the century. Ushbu oʻyinda jamoasining yagona golini kiritgan ingliz toʻpurari Gari Lineker bu moʻ’jizaviy golni koʻrib, hayotida birinchi marta raqibini olqishlashga tushganini aytgan. Angliyalik yarimhimoyachi Kris Uoddl ushbu epizod haqida shunday degan: „Jon Barns bilan zahirada oʻtirganimizda ogʻizlarimiz ochiq edi, Maradona oʻz maydonida toʻpni olib, jamoamizning yarmidan oʻtib ketdi va gol urdi. Uning golini hech qachon unutmayman. Bir vaqtning oʻzida ham qarsak chalgilm, ham yigʻlagim keldi“.
Manbalar
Adabiyotlar Maradona, D. Maradona: The Autobiography of Soccer’s Greatest and Most Controversial Star, p. 129. Skyhorse Publishing, 2007. ISBN 1-60239-027-4. Havolalar Видео на сайте YouTube