thumb|Cristiano Ronaldo 117ta xalqaro goli bilan eng koʻp xalqaro gol urgan futbolchi hisoblanadi. FIFA va RSSSF statistik maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunga qadar 73 nafar erkak futbolchi oʻz milliy terma jamoasida kamida 50 ta gol urgan. 2021-yil oktyabr oyida Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) ham faqat eng yaxshi 10 talik natijaga ega oʻyinchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Har uchala reyting boʻyicha ham Portugaliyalik Cristiano Ronaldo xalqaro miqyosda 117 ta gol urgan holda rekordchi hisoblanadi.

Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, xalqaro „A“ darajasidagi toʻliq boʻlmagan terma jamoalar va boshqa terma jamoalarga qarshi oʻyinlar hisobga olinsa, Mokhtar Dahari Malayziya libosida 167 oʻyinda 125 ta gol urib, rekordchi hisoblanadi.

Braziliya va Vengriya terma jamoalari 50 yoki undan koʻp gol urgan eng koʻp oʻyinchiga ega boʻlib, har birida toʻrttadan shunday natijaga erishgan futbolchi bor. Angliya, Iroq, Yaponiya, Quvayt, Malayziya va Tailand termalarida bu muvaffaqiyatga erishgan uchtadan futbolchi bor. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) terma jamoalarda kamida 50 ta gol urgan futbolchilar soni boʻyicha birinchi oʻrinni egallaydi (30 nafar futbolchi).

Quvaytlik Bader Al-Mutawa hozirgacha eng koʻp oʻyin oʻtkazib, 50 ta gol urishga erishgan. U oʻzining 50-golini 155-xalqaro oʻyinida, 2015-yil 3-sentabr kuni Myanmaga qarshi oʻyinda, FIFA Jahon chempionati-2018 saralash oʻyinida urgan.

Xronolografiya Xalqaro maydonlarda 50 ta gol urgan birinchi futbolchi vengriyalik Imre Schlosser boʻldi. U bu natijaga 1917-yil 3-iyunda Avstriyaga qarshi oʻyinda (6:2) dubl (ikkita gol) urganida erishgan. Hammasi boʻlib, u 68 ta oʻyinda 59 ta gol urdi va oʻzining soʻnggi oʻyinini 1927-yil 10-aprelda oʻtkazgan. U hamyurti Ferenc Puskas 1953-yilda rekordni yangilamaguncha 26 yil davomida xalqaro gollarning eng koʻp muallifi boʻlib qoldi.

Ferenc Puskas daniyalik Poul Nilsendan keyin xalqaro faoliyatida 50 ta gol urgan uchinchi futbolchi boʻldi. Nilsen 1925-yil 14-iyun kuni 1924-28 — yilgi Shimoliy futbol chempionatida Shvetsiyaga qarshi 36-uchrashuvida bu muvaffaqiyatga erishdi va xalqaro faoliyatida atigi 38 uchrashuvda 52 ta gol urdi.

Ferenc Puskas oʻzining 50-golini 1952-yil 24-iyulda, 1952-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkiyaga qarshi yarim final oʻyinida dublga mualliflik qilganda urgan.

Ferenc Puskas xalqaro faoliyatida umumiy hisobda 84 ta gol urdi va 1956-yilda Avstriyaga qarshi oʻyinda urgan 84-golidan soʻng 24 yil davomida xalqaro miqyosda eng koʻp gol urgan futbolchi boʻlib qoldi. Faqat malayziyalik Mokhtar Dahari Merdeka turnirida 1980-yil oktyabr oyida Quvayt milliy futbol jamoasiga qarshi oʻyinda u oʻz mamlakati terma jamoasi safida oʻzining xalqaro 85-golini urganidan keyin rekordni yangildi. 2003-yilda eronlik Ali Daei Livanga qarshi oʻyinda 90-golini kiritib, yangi rekord oʻrnatdi. thumb|Ali Daei eronlik futbolchi

Mokhtar Daei, shuningdek, xalqaro futbolda 100 dan ortiq gol urgan birinchi futbolchi boʻldi va oʻz faoliyatini jami 109 gol bilan yakunladi. Uning 100-goli 2004-yilning 17-noyabrida, 2006-yil FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinida Laos darvozasiga toʻrtinchi golini urganda sodir boʻlgan. Ammo Osiyodan 50 ta xalqaro golga erishgan birinchi futbolchi malayalik Abdul Ghani Minhat boʻldi. U 1961-yil 15-dekabrda Tailandga qarshi oʻyinda oʻzining 50-golini urdi va u oʻz mamlakati uchun jami 57 ta xalqaro oʻyinda 58 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu har bir oʻyinda 1,02 gollik koʻrsatkich degani va bu uni dunyoning eng sermahsul oʻyinchilaridan biriga aylantirdi. Ferenc Puskas oʻzining 50-golini urganidan ikki yil oʻtib, uning jamoadoshi Sandor Kocsis 1954-yil 19-sentabrda Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida xuddi shunday natijaga erishdi.

Portugaliyalik Cristiano Ronaldo Daeidan tashqari xalqaro miqyosda 100 ta gol urgan yagona futbolchi, shuningdek, bu muvaffaqiyatga erishgan birinchi yevropalik futbolchidir. U 2020-yil 8-sentabr kuni UEFA Millatlar ligasining 2020—2021-yilgi mavsumida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda dubl qayd etganidan oʻzining 100-golini urgan va umum hisobda 117ta xalqaro gol bilan ushbu roʻyxatda peshqadam hisoblanadi.

Braziliyalik Pele Janubiy Amerikadan kamida 50 ta gol urgan birinchi futbolchi boʻldi. U bu natijaga 1965-yil 21-noyabrda Sovet Ittifoqiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida erishgan va 92 ta oʻyinda 77 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Malavi futbolchisi Kinnah Phiri xalqaro maydonlarda 50 ta gol urgan Afrikalik birinchi, shuningdek, eng yosh futbolchi boʻldi. U 1978-yil 6-iyulda Syerra-Leonega qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 23 yosh-u 8 oy va 6 kunligida 50-golini kiritdi. Trinidad va Tobagolik Stern Jon Shimoliy Amerikadan 50 ta gol urgan birinchi futbolchi boʻldi. U jami 115 oʻyinda 70 ta gol urdi, 50-golini esa 2004-yil 13-iyunda Dominikan Respublikasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritildi.

Xalqaro maydonda 50 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar roʻyxati Qalin qora harflar bilan yozilgan oʻyinchilar hali ham xalqaro miqyosda faol hisoblanadi. FIFAning barcha konfederatsiyalaridagi eng yaxshi toʻpurarni koʻrsatadi. Tegishli konfederatsiyaning eng yaxshi toʻpurarini koʻrsatadi. Tegishli mamlakatning eng yaxshi toʻpurarini koʻrsatadi. ReytingFutbolchilarMilliy terma jamoaKonfederatsiyaGollarXalqaro oʻyinlarSamaradorlik koʻrsatkichiFaoliyat yillari50-golini urgan sanaMan.1Cristiano RonaldoPortugaliyaUEFA1171892003-26-iyun, 20142Ali DaeiAFC1091489-yanvar, 20003Mokhtar DahariAFC891421972-198522-avgust, 19764Lionel MessiCONMEBOL861622005-29-mart, 20165Ferenc PuskásUEFA84891945-196224-iyul, 1952Sunil ChhetriAFC841292005-31-dekabr, 20157Ali MabkhoutAFC801072009-31-avgust, 20198Godfrey ChitaluCAF791111968-19807-noyabr, 19789Hussein SaeedAFC781371977-199017-mart, 198410PeléCONMEBOL77921957-19714-iyul, 196511Robert LewandowskiUEFA761322008-5-oktyabr, 201712Vivian Woodward England amateursUEFA75531903-191431-may, 1909Sándor KocsisUEFA75681948-195619-sentabr, 1954Kunishige KamamotoYaponiyaAFC75761964-197718-iyul, 1972Bashar AbdullahAFC751341996-200725-dekabr, 200216NeymarCONMEBOL741192010-11-noyabr, 201617Majed AbdullahAFC721171977-199415-aprel, 198418Kinnah PhiriCAF711171973-19816-iyul, 1978Kiatisuk SenamuangAFC711341993-200723-yanvar, 2001Miroslav KloseUEFA711372001-201427-iyun, 201021Piyapong Pue-onAFC701001981-199730-yanvar, 1989Abdul KadirAFC701111967-19798-avgust, 1972Stern JohnCONCACAF701151995-201213-iyun, 200424Gerd MüllerUEFA68621966-197418-iyun, 1972Romelu LukakuUEFA681022010-10-oktyabr, 2019Luis SuárezCONMEBOL681322007-23-mart, 2018Carlos RuizCONCACAF681331998-201615-avgust, 2012Robbie KeaneUEFA681461998-20164-iyun, 2011Hossam HassanCAF681761985-200625-fevral, 1998More goals than caps (FIFA.com)30Didier DrogbaCAF651052002-201413-yanvar, 201231Jasem Al-HuwaidiAFC63831992-200330-sentabr, 2000Edin DžekoUEFA631242007-28-mart, 201733RonaldoCONMEBOL62981994-201119-noyabr, 2003Zlatan IbrahimovićUEFA621212001-4-sentabr, 2014Ahmed RadhiAFC621211982-199718-avgust, 199236Abdul Ghani MinhatAFC61711956-196615-dekabr, 196137Imre SchlosserUEFA59681906-19273-iyun, 1917David VillaIspaniyaUEFA59982005-201711-oktyabr, 201139Edinson CavaniCONMEBOL581332008-18-noyabr, 2019Cha Bum-kunAFC581351972-19865-sentabr, 197741Ali AshfaqAFC57892003-29-mart, 2016Carlos PavónCONCACAF571011993-201028-mart, 2009Clint DempseyCONCACAF571412004-20187-iyun, 2016Younis MahmoudAFC571482002-20165-mart, 2014Landon DonovanCONCACAF571572000-20145-iyul, 201346Gabriel BatistutaCONMEBOL56781991-200229-iyun, 2000Samuel EtoʻoCAF561181997-20143-sentabr, 2011Bader Al-MutawaAFC561962003-3-sentabr, 201549RomárioCONMEBOL55701987-20058-oktyabr, 2000Kazuyoshi MiuraYaponiyaAFC55891990-20007-sentabr, 1997Jan KollerUEFA55911999-20098-sentabr, 2007Iswadi IdrisAFC55971968-198019-noyabr, 1977Fandi AhmadAFC551011979-199716-dekabr, 1995Joachim StreichUEFA551021969-198426-iyul, 198355Teerasil DangdaAFC531152007-14-dekabr, 2021Wayne RooneyUEFA531202003-20188-sentabr, 201557Poul NielsenUEFA52381910-192514-iyun, 1925Phil YounghusbandAFC521082006-201922-mart, 2018Javier HernándezCONCACAF521092009-23-iyun, 2018Jon Dahl TomassonUEFA521121997-201021-noyabr, 2007Adnan Al TalyaniAFC521611983-199719-noyabr, 199662Lajos TichyUEFA51721955-197125-aprel, 1964Lê Công VinhAFC51832004-201620-noyabr, 2016Asamoah GyanCAF511092003-11-iyun, 2017Hakan ŞükürUEFA511121992-200711-oktyabr, 2006Thierry HenryUEFA511231997-20109-sentabr, 200967Harry KaneUEFA50732015-7-iyun, 2022Karim BagheriAFC50871993-20109-yanvar, 2009Robin van PersieUEFA501022005-201713-oktyabr, 2015Hwang Sun-hongAFC501031988-20024-iyun, 2002Tim CahillAFC / OFC501082004-201810-oktyabr, 2017Shinji OkazakiYaponiyaAFC501192008-28-mart, 2017Zainal Abidin HassanAFC501291980-199731-mart, 1997

Davlatlar boʻyicha tasnif  *Izoh: Ushbu boʻlimdagi „millat“ atamasi oʻyinchi vakil boʻlgan millat(lar)ni (u oʻynagan terma jamoa(lar)ni) bildiradi, u ega boʻlgan millat va/yoki fuqarolik(lar)ga emas. thumb|Ferenc Puskás thumb|Vivian Woodward thumb|Harry Kane Rossiya-2018 Jahon chempionatida OʻyinchilarSoniMamlakatKonfederatsiya4CONMEBOLUEFA3 England amateursUEFAAFCAFCAFCAFCAFC2CONMEBOLUEFAUEFAAFCAFCAFCAFCCONCACAFCONMEBOL1AFC / OFCUEFAUEFACAFUEFAUEFACAFUEFACAFCONCACAFCONCACAFAFCCAFCAFAFCCONCACAFUEFAAFCUEFAUEFAUEFAAFCAFCUEFAUEFACONCACAFUEFAAFCCAF72465

Konfederatsiya boʻyicha tasnif

Konfederatsiya Oʻyinchilar soni OFK 30 UEFA 23 KONMEBOL 8 CAF 6 KONKAKAF 6 OFC 0 Jami 73 Hech bir OFC (Avstraliya va Okeaniya mintaqasi futbol uyushmasi)ning oʻyinchisi toʻliq xalqaro oʻyinlarda 50 ta gol urgani yoʻq. Hozirgi rekordchi Solomon orollari futbolchisi Commins Menapi boʻlib, 2000—2007-yillarda 36 ta oʻyinda 34 ta gol urgan.

Yana qarang

Xalqaro maydonda 100 dan ortiq gol urgan ayol futbolchilar roʻyxati Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati Eng koʻp xalqaro gol urgan ayol futbolchilar roʻyxati (davlatlar kesimida) Rasmiy o‘yinlarda 500 va undan ortiq gol urgan erkak futbolchilar ro‘yxati Eng koʻp xalqaro gol urgan erkak futbolchilar roʻyxati (davlatlar kesimida)

Manbalar

Eslatmalar

Havolalar

Turkum:Xalqaro futbolchilari roʻyxati