Aleksandr Kolarov () – serbiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan.

2011-yil Serbiyada „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ nomiga sazovor boʻlgan . Kolarovning asosiy afzalliklari – koʻp qirralilik, hujumlarga samarali ulanish qobiliyati, shu bilan birga, uzoq masofaga ajoyib zarba bera olishi.

Jamoalardagi faoliyati Birinchi futbolchining klubi „Chukarički Belgrad“ boʻlgan. U poytaxt klubida Serbiya ikkinchi divizionida debyut qilib, chap qanot himoyachisi oʻrnini taʼminlagan. Kolarovning debyut mavsumi yakunlariga koʻra, „Chukarichki“ oʻz divizionida gʻolib chiqib, elitaga koʻtarilgan. Birinchi divizionda poytaxt jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan hamda Aleksandr turnirning ramziy jamoasiga kirgan. Serbiya va Chernogoriya parchalanganidan koʻp oʻtmay, Kolarov Serbiya OFK ga koʻchib oʻtgan hamda u bilan Serbiya kubogida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan. 2007-yilda 38 oʻyinda 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan iqtidorli himoyachiga Italiyaning „Latsio“ klubi qiziqish bildirgan.

2007-yilning yozida Kolarov Rimning „Latsio“ klubiga koʻchib oʻtgan. U „burgutlar“da chap qanot himoyachisi sifatida oʻynay boshlagan.

2010-yilning 24-iyunida „Manchester City“ Kolarovni „Latsio“dan 15,9 million funt sterlingga (22,7 million yevro) sotib olganini rasman maʼlum qildi. Shartnoma 5 yilga tuzilgan. „Manchester“ jamoasida faoliyatini yakunlagan Silvinyo va vataniga Ispaniyaga joʻnab ketgan Xaver Garrido oʻrniga serb chaqirilgan. Aleksandr „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda (0:0) debyut qilgan. Birinchi mavsumda Kolarov oddiy boshlangʻich boʻlib, uchta gol urgan va Roberto Manchini maqtoviga sazovor boʻlgan. Ammo, u keyingi mavsumda fuqarolarning asosiy jamoasidagi oʻrnini „Zabaleta“ga boy berib qoʻydi. 2013-yil chempionlik yilida „shaharliklar“ Aleksandr bor-yoʻgʻi 29 oʻyin oʻtkazdi va ikki oy davomida tizzasidagi jarohatini davolab, umuman maydonga tushmadi.

Xalqaro faoliyati 2007-2008-yillarda Serbiya yoshlar terma jamoasida 6 uchrashuvda 2 ta gol urgan. 2008-yilda u Serbiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Pekinga yoʻl olgan.

2008-yildan beri u Serbiyaning asosiy terma jamoasi aʼzosi boʻlib, u bilan 2010-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi . Turnirning guruh bosqichida Kolarov ikkita oʻyin oʻtkazdi va Germaniya terma jamoasini 1: 0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi. Ammo yakunda Serbiya terma jamoasi guruhda toʻrtinchi oʻrinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.

Jamoa bilan u 2012-yilgi Yevropa chempionati, 2014- yilgi jahon chempionati va 2016-yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmagan.

Shaxsiy hayoti Uning otasi – Jivko Kolarov, fermer boʻlgan.

Yutuqlari

Italiya kubogi sohibi: 2008/09 Italiya Superkubogi sohibi: 2009-yil

Angliya kubogi gʻolibi: 2010-2011 Angliya chempioni (2 karra): 2011-2012, 2013-2014 Angliya Superkubogi sohibi: 2012-yil Liga kubogi sohibi (2 karra): 2013-2014, 2015-2016

Italiya chempioni: 2020-2021 Italiya Superkubogi sohibi: 2021-yil Italiya kubogi sohibi: 2021-2022

Shaxsiy yutuqlari

Serbiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011-yil

Statistikasi Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarSerbiya terma jamoasi tarkibida200820200970201080201110020121112013732014722015712016712017622018101201980202040Jami9411

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:10-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:FK Čukarički futbolchilari Turkum:OFK Beograd futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:AS Roma futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari