Andrey Vladimirovich Vlasichev (1981-yil 27-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiy va professional sobiq futbolchi. Hozir murabbiy.

Futbolchilik faoliyati

Klub faoliyati Jizzaxdagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. 17 yoshida Qirgʻizistonning „Jashtik-Aq-Oltin“ klubi tarkibida professional debyut oʻyinini oʻtkazgan, 18 yoshidan esa „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynagan.

2000-yilda „Doʻstlik“ tarkibida Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻlgan, ammo mavsum davomida atigi 7 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2001-yilgi mavsumda Andrey „Paxtakor“ jamoasiga oʻtib, klub bilan chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan, 2002-yilgi mavsumda esa Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Bu yillar davomida ikki karra Kubok sohibi boʻlgan.

2003-yilgi mavsumda Andrey birinchi divizionda ishtirok etgan Rossiyaning „Baltika“ jamoasiga oʻtgan. Mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

2005—2006-yillarda „Ordabasi“ klubi tarkibida Qozogʻiston oliy ligasida oʻynagan. Ordabasi safida 30 ta oʻyin oʻtkazgan va 1 ta gol muallifi boʻlgan. Qozogʻiston kubogi bahslarida ham ikkita gol rishga muvaffaq boʻlgan.

Faoliyatining ikkinchi yarmida asosan oʻrtamiyona jamoalar va Oʻzbekiston chempionatining autsayder jamoalari tarkibida oʻynagan. U professional faoliyatini 2013-yilda yakunlagan. Andrey Oʻzbekiston oliy ligasida jami 171 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan.

Milliy terma jamoa U Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2001-yilning 26-iyun kuni Hindistonga qarshi oʻtkazgan. Vlasichev 2001—2003-yillarda terma jamoa safida jami 11 ta oʻyin oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati 2015-yilda u Qirgʻizistonning „Alay“ klubini boshqargan.

Yutuqlari

Oʻzbekiston chempioni: (2) 2000, 2002 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 2000, 2001, 2002

Shaxsiy hayot Otasi Vladimir Vlasichev (1955-yilda tugʻilgan), sobiq futbolchi, murabbiy. Ukasi Anatoliy (1988-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlib, Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Andrei Vlasichev at National-Football-Teams.com Andrey Vlasichev Klisf saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Jashtik Aq-Oltin futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari