Andrey Sergeyevich Shipilov (1971-yil 23-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir qator jamoalarda murabbiylik qilgan. Hozir Qoʻqon 1912 klubining bosh murabbiyi

Futbolchilik faoliyati Faoliyatini 1990-yilda Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ klubida boshlagan. 1992-yilda Toshkentning „Traktor“ va „Chirchiq“ jamoalarida, 1993-yilda Andijonning „Navroʻz“ jamoasida oʻynagan. 1994-yilda u „Torpedo Vladimir“ klubida oʻynagan boʻlsa, oʻsha yili Rossiyaning boshqa bir jamoasi „Nosta Novotroitsk“ klubiga koʻchib oʻtgan va 1996-yilgacha shu klubda oʻynagan. 1997-yildan 1999-yilgacha „Andijon“ jamoasi safida toʻp surgan.

2001-yilda Andrey qisqa muddat Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynagan va keyingi ikki mavsumni yana Andijonda oʻtkazgan. 2003-yilda Rossiyaning „Vidnoye“ klubida oʻynagan, keyinroq Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubiga koʻchib oʻtgan va futbolchilik faoliyatini shu yerda yakunlagan.

Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2017-yilning oʻrtalariga qadar Toshkentning „Paxtakor“ klubi murabbiylar shtabida ishlagan. 2018—2021-yillarda Bekobodning „Metallurg“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2022-yilda Samarqandning Dinamo jamoasida sport direktor lavozimida ishlagan.

2026-yildan „Qoʻqon 1912“ bosh murabbiyi boʻlib ishlamoqda.

Yana qarang Andrey Shipilov (futbolchi)

Manbalar

Havolalar Soccerway.com saytidagi profil FootballFacts.ru saytidagi profil

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Nosta Novotroitsk futbolchilari Turkum:FC Vidnoye futbolchilari Turkum:FC Torpedo Vladimir futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari