Vladimir Borisovich Desyatchikov (1936-yil 5-avgustda tugʻilgan – 2010-yil 27-avgust, Toshkentda vafot etgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi va futbol murabbiy.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 1954-yilda Toshkent harbiy klubi ODO jamoasida boshlagan. 1957-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida bir mavsum oʻynagan, soʻngra Toshkentning „Mehnat Zahiralari“ klubi tarkibida oʻynagan. 1960-yil Toshkentning Mexnat, keyingi yili esa „Start“ jamoasi safiga koʻchib oʻtgan. 1962-yilda u Qaragʻandining Shaxtyor jamoasiga taklif qiligan va u 3 yildan ortiq vaqt davomida oʻynagan. 1965-yilning yozida Toshkentga qaytib kelgan va u yerda „Politotdel Yangibozor“ klubi safida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1966—1968-yillarda Andijonning „Spartak“ jamoasiga murabbiylik qilgan. 1969-yilda Navoiyning Zarafshon murabbiylar shtabida ishlagan va olti oydan keyin klubga rahbarlik qilgan. 1972-yildan 1973-yilgacha Termizning „Avtomobilist“ jamoasiga murabbiylik qilgan. 1975-yilda Gulistonning „Paxtachi“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 1980-yilgacha shu yerda ishlagan.
1982—1984-yillarda Samarqandning „Dinamo“ klubini boshqargan. 1993-yil iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga ikkinchi bor murabbiylik qilgan. 1995-yilda Kosonsoyning Kushon klubida ishlagan. 1996-yil 22-iyunda Vladimir Urganchning Dinamoga bosh murabbiy etib tayinlangan va 1997-yil sentyabr oyigacha ishlagan. 1999-yildan 2000-yilgacha Qizilqum Zarafshon klubini boshqarganDesyatchikov Vladimir Borisovich (05.08.1936) – fc-shahter-karaganda.de.
2010-yil 27-avgustda Toshkentda 74 yoshida vafot etgan.
Yuuqlar
Klub
Qaragʻandi SSSR B toifasi chempioni 1962
Murabbiy
Dinamo Samarqand Ikkinchi SSSR ligasi guruhi vitse-chempioni 1982, 1984
Individual
SSSR sport ustasi unvoni: 1962
Manbalar
Havolalar Vladimir Desyatchikov „Futbol faktlari“ maʼlumotlar bazasida
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Mehnat zahiralari klubi futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Qizilqum futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Xorazm klubi murabbiylari Turkum:Kosonsoy futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Guliston klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari