Abubakir Moʻydinov (2000-yil 7-iyul, Andijon, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik professional futbolchi, Serbiyaning „Trayal Kruševac“ jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 2019-yilda „Bunyodkor“ klubi tarkibida boshlagan. 2019-yilning 6-aprel kuni „Navbahor“ klubiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston Superligasida debyut qilgandi. 2019-yil sentabrida u Amirlikning „An-Nasr Dubay“ klubiga oʻtdi. 2020-yilda u Portugaliyaning „Leyxoes U-23“ klubida oʻynagan. 2021-yilning aprel oyida u Estoniyaning „Tulevik“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 30-iyun kuni Nomme Kalju klubiga qarshi oʻyinda u Estoniya Meistriligasida debyut qildi. 2021-yil 31-iyulda Tammeka klubiga qarshi oʻyinda (5:3) Estoniya Meistriligasida debyut golini urdi.

2022-yil mvasum avvalida Qozogʻistonning „Ordabasi“ jamoasida koʻrikda boʻldi lekin shartnoma imzolamadi va Oʻzbekistonga qaytgan. 2022-yilgi mavsumda Andijonning „Andijon SGS“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Andijon SGS jamoasining bir qator oʻyinlarida muhim gollarni urdi. 2023-yilgi mavsum yozgi transfer oynasi vaqtida Oʻzbekiston Pro ligasining yetakchi jamoalaridan biri Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Dinamo jamoasidagi debyut oʻyinida Oʻzbekiston Kubogi 1/8 final bosqichida „Paxtakor“ qarshi oʻyinda gol urgan va jamoasining gʻalaba qozonishida muhim vazifani bajargan.

Terma jamoadagi faoliyati Abubakir Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarning bir qator yosh toifalarida toʻp surgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasida esa hali oʻz debyutini oʻtkazmagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi uchunchi oʻrin: 2019

Faoliyat statistikasi Oʻyin faoliyati liga Kubok Int. Dr. 2019Bunyodkor 1 0 — — — — — — 2021Tulevik 15 3 — — — — — —

Manbalar

Havolalar

Abubakir Moʻydinov Footballfactsru sayti

Abubakir Moʻydinov Soccerway sayti

Abubakir Moʻydinov Transfermarkt sayti Abubakir Moʻydinov Vesti sayti

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Andijon SGS futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Leixões S.C. futbolchilari Turkum:Viljandi JK Tulevik futbolchilari Turkum:Al-Nasr SC (Dubay) futbolchilari Turkum:FK Trayal Kruševac futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Estoniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Estoniyadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar