Oleg Kamishov (; 1973-yil 17-dekabrda tugʻilgan) – sovet, oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi va yarim himoyachi ampulasida oʻyanagan.
Futbolchilik faoliyati Oleg 1989-yil 16 yoshida SSSR ikkinchi quyi ligasida ishtirok etgan Nukusning „Aralvodstroyevets“ (keyinchalik Orol) klubi tarkibida debyut qilgan. SSSR parchalanganidan soʻng u ikki mavsum davomida Orol jamoasi safida Oʻzbekiston oliy ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan, 27 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Yagona golini 1993-yil 27-avgustda „Politodel“ jamoasiga qarshi (oʻyinda Orol jamoasi 5-1 hisobida magʻlub boʻlgan) oʻyinda urgan edi.
1994-yildan Rossiyaning „Nart“ (Cherkessk) va „Olimp“ (Kislovodsk) klublari safida Rossiya uchinchi va ikkinchi ligalarda oʻynagan.
1997-yilgi mavsumda Kamishov Minskning „Torpedo“ klubiga oʻtgan va u yerda ikki mavsum davomida oʻynagan. Belarus Premyer-ligasida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Havolalar
Oleg Kamishov Footballfactsru saytida Oleg Kamishov Footballdatabase saytida
Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:17-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:FC Nart Cherkessk futbolchilari Turkum:FC Narzan futbolchilari Turkum:FC Torpedo Minsk futbolchilari Turkum:FK Real Minsk futbolchilari