Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar futboli boʻyicha xalqaro musobaqalarda Serbiya sharafini himoya qiladi. Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Serbiya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Ilgari Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1992-yil15-yanvardan 2003-yil 4-fevralgacha Yugoslaviya ayollar milliy terma jamoasi, keyin esa 2006-yil 3-iyunga qadar Serbiya va Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi sifatida xalqaro maydonlarga tushgan. Jamoa nomi rasman 2006-yil 28-iyunda Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi deb oʻzgartirildi. 

FIFA va UEFA maʼlumotlariga koʻra Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Serbiya va Chernogoriya ayollar terma jamoasining bevosita vorisi deb hisoblanadi. 

1921-yildan 1992-yilgacha Serbiyada ayollar terma jamoasi mavjud emas edi, chunki Serbiya dastlab Yugoslaviya Qirolligi (1918-1943) va keyinchalik Yugoslaviya Sotsialistik Respublikasi (1945-1991) tarkibiga kirgan. Lekin bundan oldinroq Serbiya ayollar terma jamoasi 1919-yildan 1921-yilgacha mavjud boʻlgan va keyinchalik birinchi Yugoslaviya Qirolligi(1921) tashkil etilgandan soʻng oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1992-yilda tashkil etilgan yangi terma jamoa 2003-yilga qadar Yugoslaviya ayollar terma jamoasining bevosita vorisi deb hisoblanar edi.

Tarixi 2006-yilda Serbiya va Chernogoriya Federatsiyasi tarqatib yuborilganidan soʻng, yangi tashkil etilgan Serbiya ayollar terma jamoasi 2007-yil may oyida Sloveniya ayollar terma jamoasiga qarshi birinchi xalqaro rasmiy oʻyinini oʻtkazdi va oʻsha oʻyinda raqibalarini 5: 0 hisobida magʻlub etishdi.

2023-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichini Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yevropaning qudratli bo‘lgan Germaniya ayollar terma jamosi va kuchayib borayotgan Portugaliya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinlardagi ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi. Natijada Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana yirik turnirga chiqa olmadi.

Jamoa tasviri

Jamoa laqabi Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Beli orlovi (Oq burgutlar)“ laqabi bilan tanilgan.

Azaliy raqib Erkaklar terma jamoasi singari Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi ham Xorvatiya milliy ayollar terma jamasi bilan raqobatlashadi. Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyini soʻnggi yillarda, xususan, 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichidagi oʻyinlarda sezilarli darajada yaxshilangan boʻlsa-da, ushbu azaliy raqobatning hech bir tomoni yirik turnirda oʻzar toʻqnash kelmagan..

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozim Ismi Man. Bosh murabbiy Predrag Grozdanovich

Bosh murabbiylar tarixi

Predrag Grozdanovich (????-)

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib

2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Portugaliya va Isroil ayollar terma jamoalariga qarshi 2022-yil 2 va 6-sentabr sanalarida oʻtkazilgan oʻyinlarda quyidagi futbolchilar Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilganSYeLYeKTOR PRYeDRAG GROZDANOVIЋ SAOPShTIO SPISAK IGRAChITsA ZA MYeChYeVYe PROTIV PORTUGALA I IZRAYeLA. Oʻtkazgan oʻyinlar va gollar soni 2022-yil 6-sentabr holatiga koʻra berilgan.  

Xalqaro musobaqalarda Serbiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Serbiya ayollar terma jmaosining natijasi Saralash oʻyinlarida Serbiya ayollar terma jmaosining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Yugoslaviya Sovet respublikasi ayollar milliy terma jamoasi sifatida 1991-yil Kiritilmadi UEFA Evro 1991 Yugoslaviya ayollar milliy terma jamoasi sifatida 1995-yil Chiqib ketdi UEFA Evro 1995 1999-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 7 1 0 28 5 +23 2003-yil 6 6 0 0 23 3 +20 ayollar terma jamoasi sifatida 2007-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 2 0 6 6 27 −21 ayollar terma jamoasi sifatida 2011-yil Saralashdan oʻta olmadi 10 2 3 5 7 19 −12 2015-yil 10 3 1 6 16 34 −18 2019 8 2 1 5 5 13 −82023-yil 10 7 0 3 26 14 +12 Jami - - - - - - - - 60 29 6 25 111 115 −4

Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Serbiya ayollar terma jmaosining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Yugoslaviya ayollar milliy terma jamoasi sifatida 1996-yil Chiqib ketdi 2000 Saralashdan oʻta olmadi ayollar terma jamoasi sifatida 2004-yil Saralashdan oʻta olmadi ayollar terma jamoasi sifatida 2008-yil Saralashdan oʻta olmadi 2012-yil 2016-yil 2020 2024-yil 2028 Kelajakdagi voqealar 2032 Jami - - - - - - -

UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Serbiya ayollar terma jmaosining natijasi Saralash oʻyinlarida Serbiya ayollar terma jmaosining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Yugoslaviya Sovet respublikasi ayollar milliy terma jamoasi sifatida 1984-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 1987-yil 1989-yil 1991-yil Yugoslaviya ayollar milliy terma jamoasi sifatida 1993-yil Saralashdan oʻta olmadi 1 0 0 1 0 3 −3 1995-yil Chiqib ketdi Chiqib ketdi1997-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 3 1 2 13 9 −4 2001-yil 8 1 0 7 4 25 −21 ayollar terma jamoasi sifatida 2005-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 1 0 7 3 25 −22 ayollar terma jamoasi sifatida 2009-yil Saralashdan oʻta olmadi 8 2 0 6 11 24 −13 2013-yil 8 4 1 3 15 18 −3 2017-yil 8 3 1 4 10 21 −11 2022 8 4 0 4 21 12 +9 Jami - - - - - - - - 55 18 3 34 77 137 −68

Yana qarang

Serbiyada sport Serbiyaning 19 yoshgacha bo'lgan ayollar milliy terma jamoasi Serbiyaning 17 yoshgacha bo'lgan ayollar milliy terma jamoasi Serbiya erkaklar milliy futbol jamoasi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt FIFA profili