Yelena Aleksandrovna Smolyanova (; 1986-yil 16-fevral, Angren, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston yengil atletikachisi, yadro uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi. Yadro uloqtirish boʻyicha Osiyo chempioni, Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari sovrindori, 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.  

Sportdagi faoliyati 2009-yildan boshlab u xalqaro arenada chiqishni boshladi. Bu yil Bishkekda (Qirgʻiziston) yadro uloqtirishda 14,85 m natija bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.  

2012-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiya chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 17,02 natija bilan birinchi oʻrinni tutadi. Olmaotadagi yengil atletika boʻyicha Qozogʻiston chempionatida ham u 17,68 natija qayd etib,  birinchilikka chiqadi. Biroq, Londonda (Buyuk Britaniya) XXX yozgi Olimpiya oʻyinlarida u saralash bosqichida 14,43 m natija bilan ham turnir finaliga chiqa olmay, bor-yoʻgʻi 30-oʻrinni egalladi.

2014-yilda Incheon (Koreya Respublikasi) yozgi Osiyo oʻyinlarida 15,45 m natija bilan yettinchi oʻrinni oladi.

2016-yilda u uchun oʻta omadsiz yakunlanadi va Toshkent kubogida yadro uloqtirishda 13,48 m natija bilan ikkinchi boʻladi.  

2017-yilda Ashxobodda (Turkmaniston) Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida yadro uloqtirish bahslarida 15,60 m natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritadi. Olmaotada (Qozogʻiston) „Gʻusman Koʻsanov xotirasi“ xalqaro musobaqasida 15,06 m natija bilan bronza medaliga sazovor boʻladi.  

2018-yilda Tehronda (Eron) oʻtkazilgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida yadro uloqtirishda 15,54 metr natija qayd etib, oltin medal sohibasi boʻladi. Jakartada (Indoneziya) yozgi osiyo oʻyinlarida u yadro uloqtirishda 15,74 m natija bilan ammo atigi beshinchi oʻrinni egalladi. Bishkekda (Qirgʻiziston) Olimpiada chempioni — Tatyana Kolpakova sovrinlari uchun oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 17,12 m natija bilan birinchi, Toshkentdagi Oʻzbekiston kubogida esa 16,27 m natija bilan birinchi oʻringa sazovor boʻladi.  

2019-yilda sport faoliyatini tugatib, Oʻzbekiston Milliy gvardiyasida xizmat qilishga joʻnab ketadi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:16-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston yengil atletikachilari