Kim Don-jin (1982-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — janubiy koreyalik sobiq futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Hozirda u Gonkong Premer-ligasining Kitchee klubida yordamchi murabbiy hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati Kim oʻzining professional faoliyatini 2000-yilda Anyang LG Cheetahsda (2004-yilgacha Seul) boshlagan. 2006-yil 28-iyunda u murabbiy Dik Advokat va koreyalik jamoadoshi Li Xodan keyin Sankt-Peterburgning „Zenit“ klibiga oʻtgan. „Zenit“dagi ikkinchi mavsumida u ajoyib oʻyin koʻrsatib, jamoasiga birinchi marta Rossiya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan va Rossiya Futbol Ittifoqining ikkinchi eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topilgan. Biroq keyingi mavsum o‘rtalarida oyog‘idan jarohat olib, o‘z mahoratini namoyish eta olmagan. Bundan tashqari, uning miyasida qon aylanishi bilan bogʻliq muammo yuzaga kelgan. 2010-yil 26-yanvarda Zenit shartnomasini bekor qilgan.
2019-yilning 24-iyulida Kim Kitcheening „Manchester City“ ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan va 15-daqiqada almashtirilgan. Oʻsha oʻyinda „Man City“ bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kimga „City“ libosini topshirgan. Uchrashuvdan soʻng Kim futbolchilik faoliyatini yakunlagan va Kitchee murabbiyiga aylangan.
Xalqaro faoliyati Kim 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning chap yarim himoyachisi boʻlgan va Koreyaga bir gol (Gretsiyaga qarshi) va ikkita golli uzatma (ikkalasi ham Maliga qarshi) bilan, A guruhida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan.
2004-yilda Kimning Germaniyaga qarshi oʻyini Jo Bonfrer qoʻl ostida boʻlganida unga chap qanot himoyachi pozitsiyasini (odatda 4-3-3 yoki 3-4-3 boʻlgan tarkibga qarab) egallashiga turtki boʻlgan, bu ampula dastlab Li Yang-Pyoga tegishli boʻlgan. Biroq, Advokat 2005-yilning noyabrida Janubiy Koreyaning yangi murabbiyi boʻlganligi sababli, Li ham, Kim ham bu ampula uchun kurashishga majbur boʻlgan. Chunki bu ikki futbolchi milliy terma jamoa rivojiga katta katta hissa qoʻshishgan. ikkala oʻyinchi 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida chap qanot himoyachisi ampulasini egallashgan.
2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari paytida u Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. Gondurasga qarshi soʻnggi oʻyinda oʻzining mustahkam oʻyini va gʻalabali goliga qaramay, uning jamoasi birinchi davrada musobaqadan chiqib ketgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFC Seoul2000K Ligasi402031201112001K Ligasi50001000602002K Ligasi300050401202003K Ligasi35510——3652004K Ligasi1832000—2032005K Ligasi21320110—3432006K Ligasi1311000—141Jami9912802016013313Zenit Saint Petersburg2006Rossiya Premier Ligasi17000——1702007Rossiya Premier Ligasi24240—823642008Rossiya Premier Ligasi10000—401402009Rossiya Premier Ligasi17110—30211Jami68350—152885Ulsan Hyundai2010K Ligasi2201010—240FC Seoul2011K Ligasi91100040141Hangzhou Greentown2012Xitoy Super Ligasi27120——2912013Xitoy Super Ligasi28100——281Jami55220——572Muangthong United2014Tailand Premier Ligasi312????003122015Tailand Premier Ligasi270????—270Jami582????00582Seoul E-Land2016K Ligasi 2341??——341Kitchee2016-17Hong Kong Premier Ligasi40??—00402017-18Hong Kong Premier Ligasi71??—0071Jami111??—00111Hoi King (Ijara)2018-19Hong Kong Premier Ligasi50??——50Karyerada jami3612217021125242425
Xalqaro +Kim Don-jin tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 119.12.2004 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya 1-0 3-1Oʻrtoqlik 229.01.2006 Gonkong stadioni, Gonkong 1-0 2-0 2006-yil Yangi yil kubogi
Yutuqlari Seoul FC
K ligasi 1 : 2000 Koreya Liga kubogi : 2006 Koreya Superkubogi : 2001
Zenit Sankt-Peterburg
UEFA kubogi : 2007-08 UEFA Superkubogi : 2008 Rossiya Premer-ligasi : 2007 Rossiya Superkubogi : 2008
Muangthong United
Tailand FA kubogi sohibi: 2015
Kitchee
Gonkong Premer-ligasi : 2016-17, 2017-18 Gonkong FA kubogi : 2016-17, 2017-18 Gonkong Katta Challenge Shield : 2016-17 Sapling kubogi : 2017-18 Gonkong hamjamiyat kubogi : 2017
Janubiy Koreya U23
Osiyo oʻyinlari bronza medali: 2002
Janubiy Koreya
OFK Osiyo Kubogi uchinchi oʻrin: 2007 EAFF chempionati : 2003
Shaxsiy yutuqlari
K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 2004
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar