Farid Abbasov (), (1979-yil 31-yanvarGM application) — ozarbayjonlik shaxmatchi, grossmeyster (2007)International Chess Federation.
2021-yil iyul holatiga ko‘ra, Farid Abbasov Ozarbayjonda 14-o‘rinni egalgan. 1997-yili, shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 2-oʻrinni egallagan.
2001-yilda u xalqaro sport ustasi unvoniInternational Master (IM) bilan taqdirlangan.
Eng yaxshi natijalari: 2004-yil Alushtada 1-oʻrin; 2004-yil, Kireyevskda 1-oʻrin; 2006-yil, Tula shahrida 2-oʻrin; 2006-yil, Konya shahrida 1-oʻrin; 2007-yil, Fransiyaning Sautron shahridagi birinchi Rohde Open; 2007-yil Chanoqqal’a shahrida 1-oʻrin; 2008-yil, La Fère Open (Fransiya) turnirida 1-o‘rin; 2008-yil, Nîmes Open (Fransiya)da 1-o‘rin; 2008-yil, Bokuda boʻlib oʻtgan Prezident kubogida 2-oʻrin; 2010-yil Rashtda boʻlib oʻtgan Kaspiy kubogida 1-oʻrin. 2007-yilda Shvetsiyaning Laholm shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Afsuski, o‘g‘rilar uning mehmonxona xonasiga bostirib kirib, uning noutbuki, aviachiptasi va hujjatlarini o‘g‘irlab ketishgan.
U so‘nggi 9 yil davomida shaxmat bo‘yicha Ozarbayjon yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
Manbalar
Havolalar Farid Abbasov player profile and games at Chessgames.com
Turkum:Ozarbayjon shaxmatchilari Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar