Yunchjou (ilgari Lingling nomi bilan tanilgan) Xitoy Xalq Respublikasi Hunan provinsiyasining janubidagi profektura darajasidagi shahar hisoblanadi. Yunchjou shahri Xiao va Xiang daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Xiang daryosining janubiy qirgʻogʻida joylashgan. Shahar janubi-sharqda Guangdong va janubi-gʻarbda Guangxi shaharlari bilan chegaradosh.2000 yillik tarixga ega boʻlgan Yunchjou Hunan provinsiyasidagi toʻrtta qadimiy okrugdan biri hisoblanadi. Uning umumiy maydoni ni tashkil qiladi. 2020-yilgi Xitoyda aholini roʻyxatga olish koʻrsatkichida shahrning umumiy aholisi 5,289,824 kishini tashkil etdi.

Tarixi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3a/Du_Halde_-_Description_de_la_Chine_-_Autres_villes_de_la_province_de_Hou_quang.jpg/200px-Du_Halde_-_Description_de_la_Chine_-_Autres_villes_de_la_province_de_Hou_quang.jpg|left|thumb|277x277px| Du Haldening 1735-yilgi Xitoy tavsifidan olingan " Hu-quang "dagi „Hoang-tcheou-fou“ va „Yong-tcheou-fou“ xaritalari. Xitoyda soʻnggi imperatorlik davrida Yunchjou prefekturaning markazi hisoblangan.

Geografiya va iqlim Yunchjou Hunan provinsiyasining eng janubiy qismida, Xiao (Xiaoshui) va Xiang daryolarining qoʻshilish joyida joylashgan. Uning chegaralarida iqlim oʻzgarishining murakkabligini oshiradigan Nan togʻlari (Nan Ling) joylashgan. Yunchjou sharqda Chenzhou, janubda Hezhou (Guangxi), Guilin (Guangxi) va Qingyuan (Guangdong), shimolda Hengyang va Shaoyang bilan chegaradosh.

Yunchjou nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa). Yunchjouda 1981-2010-yillarda oʻrtacha yillik harorat ni, shahar markazida esa 1971-2000-yillar oraligʻida 17.6 gradusdan 18.6 gradusgacha shkalani tashkil qilgan. Qish fasli qisqa vaqt davom etadi. Hududga dastlab quruq havo massalari kirib keladi vaqt oʻtishi bilan nam va yomgʻirli havo massalari kirib kela boshlaydi. Bahor fasli seryomgʻir oʻtadi. Eng koʻp yomgʻir yogʻadigan mavsum may oyiga toʻgʻri keladi. Yoz fasli issiq boʻladi, baʼzan oʻrtacha miqdordagi yomgʻir yogʻishi kuzatiladi.Eng issiq mavsum iyul va avgust oylariga toʻgʻri keladi. Kuz — eng quruq fasl. Yanvar oyidan may oyigacha deyarli har kuni yogʻingarchilik kuzatiladi. Yillik yogʻin miqdori ga yaqin . Fevral va mart oylarida 15 % dan iyulda 58 % gacha boʻlgan oylik mumkin boʻlgan quyosh nuri bilan shahar har yili 1491 soat quyosh nurini oladi. Maʼmuriy boʻlinmalar

Lengshuitan okrugi Lingling okrugi Qiyang shahri Dongʻan okrugi Dao okrugi Ningyuan okrugi Jiangyong okrugi Lanshan okrugi Xintian okrugi Shuangpai okrugi Jianghua Yao avtonom okrugi

Xarita<div class="center" style="position: relative">

Hukumat Yunchjouning hozirgi KKP partiyasi kotibi Li Hui, hozirgi meri esa Zhu Hongwu hisoblanadi.

Transport

Havo

Yunchjou Lingling aeroporti

Temir yoʻl

Hunan-Guangsi temir yoʻli

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/41/YongZhou_Railway_Station.JPG/220px-YongZhou_Railway_Station.JPG|thumb| Yunchjou temir yoʻl stansiyasi

Magistral yoʻl

Xitoy 207 avtomagistrali

Taniqli fuqarolar Yunchjou supermodel Liu Wen va siyosiy dissident Tang Baiqiaolar tugʻilgan shahar hisoblanadi.

Qardosh shaharlar Mamlakat Shahar Shtat / mintaqa beri30x30pxShri-Lanka24x24pxNuwara Eliya Markaziy viloyat 2009-yil30x30pxMalayziya17x17pxKlang Selangor

Sud binosidagi voqea 2010-yilda Yunchjou sud binosidagi otishmada uch nafar sudya halok boʻlgan va 3 ta sud xodimi yaralangan edi. Sud zaliga avtomat bilan bostirib kelgan odam Xitoy adaliya tizimining nikohni bekor qilish boʻyicha qaroridan gʻazablangan va sudyalarga qarata avtomatdan oʻq uzgan.

Havolalar

Yunchjou hukumatining rasmiy sayti

Manbalar

Turkum:Xitoy shaharlari