Alejandro Pozuelo Melero () 1991-yil 20-sentabrda Sevilyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi „Inter Miami“ klubining hujumkor yarim himoyachisi.
Faoliyati Alejandro Pozuelo Melero oʻz shahrining „Betis“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yilning 2-oktabr kuni u La Ligadagi debyutini „Levante“ga qarshi oʻtkazdi. 18-dekabr kuni "Atletico Madrid"ga qarshi oʻyinda Alejandro Pozuelo Melero „Real Betis“ safidagi ilk golini urdi.
2013-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Uelsning „Swansea City“ klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qildi. 25-avgust kuni Tottenhamga qarshi oʻyinda u Angliya Premer-ligasida debyut qildi.
2014-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero oʻz vataniga qaytib, „Rayo Vallecano“ futbolchisiga aylandi. 14-sentabr kuni „Elche“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi.
2015-yilning yozida Alejandro Pozuelo Melero Belgiyaning „Genk“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 18-sentyabr kuni „Mechelen“ga qarshi oʻyinda u Yupiler ligasida debyut qildi. 2016-yilning 13-martida „Ostend“ga qarshi kechgan bahsda Alejandro Pozuelo Melero „Genk“ safida ilk golini urdi. 2017-yilning 23-fevralida Yevropa ligasi doirasida Ruminiyaning „Astra“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urdi. 2018-yilning 29-noyabr kuni Alejandro Pozuelo Melero Yevropa ligasi doirasida Shvetsiyaning „Malmyo“ klubiga qarshi oʻyinda gol urdi.
2022-yil 7-iyulda Alejandro Pozuelo Melero „Inter Miami“ga 150 000 dollarga sotildi. U 16-iyul kuni „Inter Miami“da „Sharlotta“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 13-avgust kuni „New York City“ga qarshi oʻyinda u „Inter Miami“ safidagi ilk gollarini dubl bilan urdi.
Statistika JamoaMamlakatMavsumOʻyinGolReal Betis Balompié „B“2010-20124216Real Betis Balompié2011-2013333Swansea City2013-2014362Rayo Vallecano2014-2015131K. R. C. Genk2015-201917525Toronto F. C.2019-20222711Inter de Miami2022-
Manbalar
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:20-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Al-Fayha FC futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:Rayo Vallecano futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:K.R.C. Genk futbolchilari Turkum:Toronto FC futbolchilari Turkum:Inter Miami CF futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Konyaspor futbolchilari Turkum:Al Jazira Club futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar