Car and DriverJurnalning 60 yilligiga bagʻishlangan 2015-yil iyul soniKategoriyaAvtomobilSikliOylikNoshirHearst CommunicationsUmumiy tiraj

(2022)687,235. Audit Bureau of Circulations. Archived from the original on 2022-09-19. Retrieved 2022-09-19.Birinchi nashr1955-yil iyun; 67 yil oldin(„Sports Cars Illustrated“ nomida)DavlatAQSH,Shvetsariya,Italiya, Birlashgan Qirollik, Fransiya, IspaniyaAsos solingan joyAnn Arbor, MichiganTilIngliz tili (AQSH, Yaqin Sharq), Xitoy tili (Xitoy), Portugal tili (Braziliya), Grek tili (Gretsiya) va Ispan tili (Ispaniya)WebsiteCarandDriver.comISSN0008-6002 Car and Driver ()(CD yoki C/D) — Amerika avtomobil ishqibozlari jurnali. „Car and Driver“ jurnalining umumiy tiraji 2006-yilda 1,23 mln. donani tashkil qilgan. „Car and Driver“ jurnali AQSHdagi „Hearst Magazines“ kompaniyasiga tegishli. Jurnal „Sports Cars Illustrated“ sifatida tashkil qilingan. „Car and Driver“ jurnali Michigan shtatining Ann Arbor shahrida nashr etiladi.

Tarixi Sana Egasi+ Egalik 1955-yil iyul — 1956-yil fevralMotor Publications 1956-yil mart — 1985-yil aprel Ziff Devis 1985-yil may — 1987-yil dekabrCBS Magazines 1988-yil yanvar — 1988-yil aprel Diamandis Communications 1988-yil aprel — 2011-yil may Hachette Filipacchi Media AQSh 2011-yil maydan hozirgi kunga qadar Hearst Communications

„Car and Driver“ jurnali dastlab 1955 -yilda „Sports Cars Illustrated “ nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan. Dastlabki yillarda „Car and Driver“ jurnali asosan kichik va import qilingan sport avtomobillari haqida maqolalarni eʼlon qilgan. 1961-yilda muharrir Karl Lyudvigsen avtomobillarga umumiy eʼtiborni koʻrsatish uchun jurnalning nomini „Car and Driver“ deb oʻzgartirdi.

„Car and Driver“ jurnali muharrirlari orasida Bruce McCall, Jean Shepherd, Brock Yates, OʻRourke, William Jeanes va David E. Davis, Jr., kabilar faoliyat yuritishgan.

„Car and Driver“ jurnali har yili oʻzining „Car and Driver 10Best“ roʻyxatini eʼlon qiladi. Bu roʻyxatda yilning eng yaxshi 10 ta sport avtomobillari reytingi chiqariladi.

Tahririyat Sana Bosh muharrir+ Muharrirlar  1955-yil iyul — 1955-yil noyabrGeorge Parks 1955-yil dekabr — 1956-yil fevral Arthur Kramer 1956-yil mart — 1956-yil dekabr Ken Purdy 1957-yil yanvar — 1959-yil noyabrJohn Christy 1959-yil dekabr — 1962-yil yanvar Karl Lyudvigsen 1962-yil fevral — 1963-yil fevralWilliam Pain 1963-yil mart — 1966-yil yanvar Devid E. Devis, Jr. 1966-yil fevral — 1966-yil oktyabr Brock Yates 1966-yil noyabr — 1968-yil yanvarSteve Smith 1968-yil fevral — 1969-yil dekabr Leon Mandel 1970-yil yanvar — 1971-yil mart Gordon Jennings 1971-yil aprel — 1974-yil noyabr Bob Brown 1974-yil dekabr — 1976-yil sentyabrStephan Wilkinson 1976-yil oktyabr — 1985-yil oktyabr Devid E. Devis, Jr. 1985-yil noyabr — 1988-yil fevral Don Sherman 1988-yil mart — 1993-yil mayWilliam Jeanes 1993-yil iyun — 2008-yil dekabr Csaba Csere 2009-yil mart — 2019-yil aprel Eddie Alterman 2019-yil aprel — 2022-yil yanvar Sharon Silke Carty 2022-yil fevraldan hozirga qadar Tony Quiroga

„Car and Driver“ jurnali maqolalari oʻzining hurmatsiz ohangda yozilishi bilan ajralib turadi. Jurnal shuningdek, koʻpincha munozarali masalalarni, ayniqsa siyosatga oid masalalarni oʻrganadi. „Car and Driver“ jurnali sport avtomobillari haqida ham maqolalar yozadi.Biroq, tahririyat ruknlariga siyosatning kirib kelishi kamdan-kam hollarda avtomobillar haqidagi sharhlarga yoki badiiy maqolalarga aralashadi.

Veb-sayt

"Car and Driver" jurnali veb-saytida maqolalar (ham original, ham bosma nashrlar), blog, avtomobil xaridorlari uchun qoʻllanma (AccuPayment, narxni hisoblash vositasi bilan) va „Backfires“ deb nomlangan ijtimoiy tarmoq sayti mavjud. 2020-yilda „Car and Driver“ jurnali oʻzining „Backfires“ deb nomlangan ijtimoiy tarmoq saytini bir muddatga toʻxtatib qoʻydi va 2021-yilda sayt faoliyatini davom ettirishni boshladi.

"Car and Driver" kompyuter oʻyini

1993-yilda „Car and Driver“ oʻz nomini oʻz nomini „Car and Driver“ nomli kompyuter oʻyiniga litsenziyaladi. Ushbu oʻyin 3D formatida boʻlib, kurslar poyga sxemalari, oval trek, tirbandlikdagi avtomobillar poygasi, dragstrip va avtokross sxemasidan iborat edi.

Oʻyin 10 ta avtomobil oʻrtasida oʻtkaziladi. Ular orasida Porsche 959, Ferrari F40, Lotus Esprit, Eagle Talon va Ferrari 512 kabi nomlar mavjud.

Yana qarang

Philip Llewellin

Manbalar

Havolalar

Car and Driver AQSh Car and Driver Xitoy kundalik Car and Driver Braziliya Car and Driver Gretsiya Car and Driver Ispaniya Car and Driver jurnali tarixi, xususiyatlari va demografiyasi IMDB da Avtomobil va haydovchi televizioni Turkum:1955 Turkum:AQSh Turkum:Jurnallar