Walsenburg shahri — okrug markazi va Huerfano okrugi, Kolorado, Amerika Qoʻshma Shtatlari aholisining eng asosiy boʻlgan munitsipaliteti hisoblangan nizomli shahar. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi 3049 kishini tashkil etdi, bu 2010-yildagi holatdan 3068 kishiga kam edi..
Tarixi Walsenburg dastlab 1859-yilda La Plaza de los Leones nomi ostida shakllangan. Aholi punkti New-Mexicodan boshqalar bilan birga kelgan koʻchmanchi Don Migel Antonio de Leon sharafiga nomlangan. Walsenburg nomli pochta boʻlimi 1870-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Jamiyat ilk koʻchmanchi Fred Walsen sharafiga nomlangan. Robert Ford, qonunbuzar Jesse Jamesning qotili, Walsenburgda salon va qimor uyini birlashtirgan; Gʻarbiy 7-koʻcha, 320-uydagi uning uyi hali ham saqlanib qolgan. Shahar sport tarixidagi 1933-yil Indianapolis 500dan keyin mashhur gazeta gaffe („Will Overhead“) boʻlgani tufayli ham esga olinadi.
Kolorado koʻmir konlari urushi
Walsenburg 1913-1914-yillardagi Amerika kon ishchilarining Rokfellerga tegishli Kolorado yoqilgʻisi va temiriga qarshi ish tashlash vaqtida asosiy rol oʻynadi, bu voqea Kolorado koʻmir konlari urushi deb nomlanadi. Bu shahar Kolorado va Janubiy temir yoʻl toʻxtash joyi hamda 1914-yil 20-apreldagi Ludlow qirgʻinidan oldin va keyin bir nechta qurolli janglar boʻlib oʻtgan joy hisoblanib, Kolorado Milliy gvardiyasi Walsenburgdan 22 mil janubdaLudlowdagi hujumchilar lageriga oʻt ochishi natijasida oʻndan ortiq ayollar va bolalar halok boʻlgan. Koʻmir ish tashlashlari paytida Walsenburgdagi zoʻravonliklarning birinchi holatlari „Yettinchi koʻcha qirgʻini“ deb nomlanadi, bu qirgʻinda uch konchi Walsenburgning yangi deputatlari tomonidan sodir etilgan otishmada halok boʻlganMcGovern, George; Guttridge, Leonard. .
Walsenburg jangi (1914-yil 28-29-aprel) Milliy gvardiya va militsiyaning 10 kunlik urushi qoʻzgʻolonchilarga qarshi qilingan eng oxirgi jangi ediMcGovern & Guttridge, 266.. Har ikki tomondan bir necha erkak, shuningdek, kamida bir nafar tinch fuqaro, hujumchilar chekinish vaqtida oldin halok boʻlgan.
Walsenburg Woody Guthriening „Ludlow Massacre“ nomli qoʻshigʻida tilga olingan.
XXI asr 2013-yil 19-iyun kuni Ispaniya cho‘qqilaridagi skautlar jamoasi Sharqiy Ispaniya cho‘qqisi yaqinida paydo boʻlgan yong‘inni payqab qolishdi, yongʻin keyingi bir necha kun ichida tez tarqalib, Sharqiy cho‘qqi oloviga aylanib ketdi. Butun Walsenburg evakuatsiya oldidan ogohlantirildi. Yongʻin natijasida lik maydon yonib ketdi va 9-iyuldayongʻin batamom bartaraf etildi.
Geografiya va iqlim Walsenburg Huerfano okrugining sharqiy-markaziy qismida, Kucharas daryosining shimoliy tomonida, Sangre de Kristo togʻlari etaklarining sharqiy chekkasida joylashgan. Davlatlararo 25-magistral shaharning sharqiy chekkasi boʻylab oʻtadi, 49, 50 va 52 magistrallarga ham shu yoʻl orqali kirish mumkin. I-25 magistrali shimolga Puebloga va janubga Trinidadgacha choʻzilgan. AQShning 160-yoʻnalishi Walsenburg markazidan oʻtadi va Shimoliy La Veta dovoni boʻylab gʻarbga masofaAlamosaga va janubga I-25 bilan Trinidadga qadar choʻzilgan. Kolorado shtati 10-avtomagistrali Walsenburgdan shimoli-sharqga yurib La Huntagacha boradi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, Walsenburgning umumiy maydoni ni tashkil qiladi, mazkur maydonning barchasi quruqlik hududiga toʻgʻri keladi.
Ispaniya choʻqqilari mintaqaviy sogʻliqni saqlash markazi Walsenburgdan gʻarbda, AQSh 160 magistralida, Latrop davlat bogʻiga kirish roʻparasida joylashgan. Binoda davlat tasarrufidagi faxriy qariyalar uyi va hududga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat shifoxonasi oʻrin egallagan.
Walsenburg nam subtropik iqlimga (Cfa) ega, yozi issiq, yomgʻirli kechalari salqin, qishi esa sovuq kechalari odatda qorli boʻladi.
Mahalliy diqqatga sazovor joylar va dam olish maskanlari Latrop shtat bogʻi, Walsenburg shahar chegarasidan gʻarbda joylashgan boʻlib, Koloradoning birinchi davlat parki hisoblanadi. U dan ortiq maydonni egallaydi. Martin koʻli va Horseshoe koʻli Kolorado yovvoyi tabiat boʻlimi tomonidan baliq ovlash, suv changʻisi, qayiqda suzish va reaktiv uchish singari xizmatlarni taklif qiladi. Piyoda sayr qilish, oromgohlar va bu bogʻdagi boshqa tadbirlar uchun eng yaxshi maskan hisoblanadi shuningdek bu Koloradodagi golf maydonchasi boʻlgan yagona davlat parki hisoblanadi.
Walsenburgning janubi-gʻarbida uzoqlikdagi qismi milliy diqqatga sazovor joyi Ispaniya choʻqqilari joylashgan boʻlib, The Denver Post nashri tomonidan Koloradoning yetti moʻjizasidan biri deb nomlangan. Walsenburgni La Veta, boshqa tarixiy togʻ-kon shaharlari va Trinidad bilan bogʻlaydigan 12-milliy avtomagistral milliy manzarali yoʻl sifatida tariflanadi.
Walsenburg golf maydoni yil davomida ochiq boʻlgan 9 teshikli umumiy golf maydonidir. Shahar sobiq meri Maurice Brau va shahar kengashining saʼy-harakatlaridan soʻng, 2007-yil 27-mayda „Walsenburg Wild Waters“ nomli 2 million dollarlik akvaparkni oʻz faoliyatini boshladi.
Demografiyasi 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish holatiga koʻra, shaharda 4182 kishi, 1497 xonadon va 881 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi ni tashkil etgan. Oʻrtacha zichligi 739,6 ga teng boʻlgan 1723 ta uy-joy mavjud. Shaharning irqiy tarkibi 74,99 % oq, 4,78 % afro-amerikalik, 3,35 % tubjoy amerikalik, 0,41 % osiyolik, 0,07 % Tinch okeani orollari, 12,46 % boshqa irqlardan va 3,95 % ikki yoki undan ortiq irqqa mansub ffuqarolardan tarkib topgan. Har qanday irqga mansub ispan yoki latinolar aholining 50,96 foizini tashkil etadi.
Hududda 1497 ta uy xoʻjaliklari boʻlib, ulardan 25,9 %i 18 yoshgacha boʻlgan bolalari, 41,1 %i er-xotinlar, 13,8 %i turmush oʻrtogʻi boʻlmagan bevalar va 41,1 %i oilasizlardan iborat. Barcha uy xoʻjaliklarining 37,3 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 19,4 foizi 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydiganqariyalardan tashkil topgan. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,25, oilaning oʻrtacha kattaligi 2,95 kishidan tarkib topgan.
Shaharda aholi yoshi xilma-xil boʻlib, 20,9 % 18 yoshgacha, 9,3 % 18 yoshdan 24 yoshgacha, 31,1 % 25 yoshdan 44 yoshgacha, 21,2 % 45 yoshdan 64 yoshgacha, 17,5 % 65 yosh yoki yoshi kattaroq boʻlganlardan iborat. Oʻrtacha yosh 38 ga teng. Har 100 ayolga 133,1 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 nafar ayolga 141,1nafar erkak toʻgʻri keladi.
Taʼlim Jon Mall oʻrta maktabi mahalliy oʻrta maktab hisoblanadi. Bu Huerfano tumanidagi Re-1 hududidagi yagona oʻrta maktabdir. 2021-2022-oʻquv yilida jami 137 oʻquvchi qabul qilindi. Qabul qilinganlarning 56 % oʻgʻil bolalar va 44 % qiz bolalar edi. Talaba-oʻqituvchi nisbati 27:1 tashkil etadi, bu Kolorado shtatidagi oʻrtacha holatdan (15:1) yuqoridir. Talabalar jamoasining 66 % ozchilik sifatida tanilgan, ularning aksariyati ispanlardir. Ozchilik aholini roʻyxatga olishning shtatdagi oʻrtacha darajasi 48 % ni tashkil qiladi. Bitiruv darajasi 70-79 % oraligʻida, bu davlatning oʻrtacha 80 % natijasidan past koʻrsatkichga hisoblanadi.
Taniqli odamlar Walsenburgda tugʻilgan yoki yashagan taniqli shaxslarga quyidagilar kiradi:
Xavier Atencio (1919-2017), animator Robert Ford (1861-1892), qotil, salon egasi Debora Greger (1949 yilda tugʻilgan), shoir Matthew G. Martinez (1929-2011), AQShning Kaliforniya shtatidagi vakili Frenk Olmstead, Las-Vegas meri va Nyu-Meksikoning 18-auditori John R. Petrus (1923-2013), Viskonsin shtati qonun chiqaruvchis Roy Porter (1923-1998), jazz barabanchisi
Yana qarang Geografiya portali Shimoliy Amerika portali Amerika Qoʻshma Shtatlari portali Kolorado portali Kolorado konturi Kolorado bilan bogʻliq maqolalar indeksi Kolorado shtati Kolorado shaharlari va shaharchalari Kolorado munitsipalitetlari Kolorado okruglari Huerfano okrugi, Colorado
Manbalar
Havolalar Valsenburg shahri rasmiy veb-sayti Valsenburg shahrining CDOT xaritasi
Turkum:Kolorado shtatidagi okruglar Turkum:Koloradodagi shaharlar