Iași okrugi () – Ruminiyaning Gʻarbiy Moldaviya mintaqasidagi okrugi (județ), maʼmuriy markazi – Iași shahri. Okrug Ruminiyadagi Buxarest munitsipalitetidan keyin eng koʻp aholiga ega okrug (uning maʼmuriy darajasi okrug bilan bir xil) hisoblanadi.
Geografiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/80/Hanul_Trei_Iazuri2.jpg/200px-Hanul_Trei_Iazuri2.jpg|thumb|200x200px| Uch koʻl hududi Okrugning umumiy maydoni 5476 km² ni tashkil qiladi . Siret va Prut daryolari orasidagi tekislikda joylashgan. Okrug hududidan yana ikkita daryo: Bahlui (uning qirgʻogʻida Iasi shahri joylashgan) va Jijia daryolari oqib oʻtadi.
Qoʻshni hududlar
Sharqda Moldova Respublikasi – Ungheni tumani. Gʻarbda Neamț okrugi. Shimoli-gʻarbda Botoşani va Suceava okruglari. Janubda Vaslui okrugi.
Demografiyasi 2011-yil 20-oktyabrdagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Iași okrugi 772,348 kishidan iborat boʻlgan. Boshqa tomondan, okrug aholisini roʻyxatga olish xizmati tomonidan taqdim etilgan 2012-yil maʼlumotlariga koʻra, okrugda roʻyxatga olingan umumiy aholi soni 873,662 kishini tashkil qiladi.
Ruminlar – 97,61% National Institute of Statistics, „Populația după etnie“ Roman loʻlilar- 1,55% Lipovanlar – 0,39% Boshqalar – 0,3%
Iași okrugi aholisi hozirda oltmish yil avvalgi koʻrsatgichlardan deyarli ikki baravar koʻp. Yil Okrug aholisi National Institute of Statistics, „Populația la recensămintele din anii 1948, 1956, 1966, 1977, 1992 și 2002“ 1948 431 586 1956 516 635 1966 619 027 1977 729 243 1992 806 778 2002 816 910 2011 772 348 2022 Toʻliq hisoblanmagan
Okrug hukumati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5a/Ia%C5 %9Fi_%2C_Prefecture_Headquarters.jpg/200px-Ia%C5 %9Fi_%2C_Prefecture_Headquarters.jpg|right|thumb|200x200px| Iași okrugi kengashi va prefektura shtab-kvartirasi 2020-yilgi mahalliy saylovlarda yangilangan Iasi okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 36 maslahatchidan iborat: Partiya Oʻrinlar Hozirgi okrug kengashi Milliy Liberal Partiya (PNL) 17 Sotsial Demokratik Partiya (PSD) 10 Save Romania Union (USR) 6 Xalq Harakati Partiyasi (PMP) 3
Iqtisodiyoti Bu okrugning topografik joylashuviga koʻra, asosan qishloq xoʻjaligidir. Sanoat asosan shaharlarda jamlangan. Asosiy sanoat tarmoqlari:
Dasturiy taʼminot Farmatsevtika Avtomobilsozlik Metallurgiya va ogʻir uskunalar ishlab chiqarish Elektronika va elektrotexnika Toʻqimachilik Oziq-ovqat ishlab chiqarish
Turizmi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/2c/M%C4 %83n%C4 %83stirea_Had%C3 %A2mbu24.jpg/200px-M%C4 %83n%C4 %83stirea_Had%C3 %A2mbu24.jpg|thumb|200x200px| Hadambu monastiri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/Castelul_Sturdza_din_Micl%C4 %83u%C8 %99eni.jpg/200px-Castelul_Sturdza_din_Micl%C4 %83u%C8 %99eni.jpg|thumb|200x200px| Miclauşenidagi Sturdza saroyi Iaşi shahri Moldaviyadagi va Ruminiyadagi eng muhim ijtimoiy, madaniy va ishbilarmonlik markazlaridan biridir. Bu mamlakatdagi eng qadimgi universitetga ega boʻlib, Birlashgan Knyazliklar tashkil etilgunga qadar Moldaviyaning poytaxti boʻlgan.
Okrugning baʼzi turistik yoʻnalishlari:
Iași shahri va uning atrofi (Iaşining yetti tepaligi); Ruginoasadagi Aleksandru Ioan Kuza memorial saroyi; Cucuteni – neolit davri arxeologik yodgorligi; Cotnari va Bohotin uzumzorlari; Harlaudagi uzumzorlar va vino muzeyi; Hadambu va Dobrovat monastirlari; Miclăușeni qal’asi va monastiri; Mircestidagi Vasile Aleksandri yodgorlik uyi; Hermeziudagi Constantin Negruzzi muzeyi; Kotnaridagi Sezar Petrescu muzeyi; Pašcani, Târgu Frumos va Harlau shaharlari; Strunga kurorti.
Maʼmuriy boʻlinishi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5a/Barboi_Church.jpg/220px-Barboi_Church.jpg|thumb| Iași link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9d/RO_IS_Pascani_centru_de_pe_scari.jpeg/220px-RO_IS_Pascani_centru_de_pe_scari.jpeg|thumb| Pašcani link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/The%27ESPLANADE%27Tg. Frumos. ROMANIA.JPG/220px-The%27ESPLANADE%27Tg. Frumos. ROMANIA.JPG|thumb| Târgu Frumos Iași okrugida 2 ta munitsipalitet, 3 ta shahar va 93 ta kommuna mavjud.
Munitsipalitetlar (2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra) Iași – aholisi: 290 422 kishi (va 465 477 (2014-yil holatiga) shahar hududida) Pašcani – aholisi: 33 745 kishi Shaharlar Harlau Podu Iloaiei Târgu Frumos
Tarixiy okrugi Okrug Buyuk Ruminiyaning va Moldaviya mintaqasining shimoli-sharqida joylashgan edi. Bugungi kunda sobiq okrug hududining katta qismi hozirgi Iași okrugi tarkibiga kiradi. Okrugning sharqiy qismida okrugga Prut daryosining chap qirgʻogʻining bir qismi, hozir Moldova Respublikasi hududida kirgan. U shimolda Botoșani va Balti okruglari, sharqda Lapusna, janubda Fălciu va Vaslui okruglari, gʻarbda Rim va Baia okruglari bilan chegaradosh edi.
Maʼmuriyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/95/1938_map_of_interwar_county_Iasi.jpg/310px-1938_map_of_interwar_county_Iasi.jpg|right|thumb|310x310px| Okrugning 1938-yilda tuzilgan xaritasi. Okrug 1938-yilda oltita tumanga boʻlingan (plăși)Portretul României Interbelice – Județul Iași:
Plasa Bahlui, bosh qarorgohi Podu Iloaiei shahrida joylashgan Plasa Cârligătura, bosh qarorgohi Târgu Frumosda Plasa Codru, shtab-kvartirasi Butsiumida joylashgan (oʻsha paytda kommuna, hozirgi Iași shahridagi Bucium tumani)Școala Gimnazială „Veronica Micle“ din Iași Plasa Copou, shtab-kvartirasi Iasida Plasa Turia, shtab-kvartirasi Șipoteleda Plasa Ungheni, shtab-kvartirasi Ungheni-Targda, hozir Moldova Respublikasining Ungheni shahrida joylashgan.
Iasi okrugi ikkita shaharni oʻz ichiga olgan: Iasi (okrugning markazi) va okrugning gʻarbiy chegarasida joylashgan Târgu Frumos shahar kommunasi.
1930-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 275 796 kishi, shundan 81,6% ruminlar, 14,6% yahudiylar, 0,6% ruslar, 0,5% vengerlar, 0,4% nemislar, shuningdek, boshqa ozchiliklardirRecensământul general al populației României din 29 decemvrie 1930, Vol. II, pag. 246-247. Diniy nuqtai nazardan aholining 82,0% sharqiy pravoslavlar, 14,9% yahudiylar, 2,3% rim katoliklari, shuningdek, boshqa ozchiliklar ham maʼlum.
Shahar aholisi 1930-yilda okrugning shahar aholisi 107,804 kishini, Iasida 102,872 va Târgu Frumosda 4,932 kishini tashkil etdi, ularning 60,8% ruminlar, 33,6% yahudiylar, 0,9% nemislar, 0,9% ruslar, shuningdek, boshqa kichik millatlar boʻlgan. Shaharlarda rumin (72,5%), undan keyin yahudiy (22,2%), rus (1,8%), nemis (0,9%), shuningdek, boshqa ozchiliklar tillarida gaplashilganRecensământul general al populației României din 29 decemvrie 1930, Vol. II, pag. 246-247. Diniy nuqtai nazardan shahar aholisini sharqiy pravoslav (61,4%), yahudiy (34,4%), rim-katolik (3,0%), shuningdek, boshqa ozchiliklar tashkil etgan.
Manbalar <div class="reflist">
Havolalar
Iași okrugi – agerpres.ro saytida qisqacha tarixi Iasi – koʻp asrlik daraxtlar okrugi