Sergey Mixaylovich Mosyagin (1937-yil 29-dekabr, Ryazan viloyati, Belorechye qishlogʻi – 2011-yil 25-noyabr, Moskva) – sovet futbol murabbiyi. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977), RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1979). Sergey akasi Anatoliy Mosyagin ham sportchi bo'lib, bandy sport turi bilan shug'illangan.

Biografiyasi 1952-yilda Podolskda yoshlar jamoasida oʻynay boshladi, Moskva viloyati chempionatida oʻynadi. „Dinamo-2“ tarkibida KFK turnirlarida oʻynagan. Armiyaga chaqirilgandan soʻng, Moskva harbiy okrugining klub jamoasida oʻynagan (1956-1958). Taman divizioni terma jamoasida oʻynagan.

Davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi sifatida SKIF (Moskva) jamoasida talabalar chempionatida (1959—1962) oʻynagan. Ikki marta oliy liga jamoalariga taklif qilingan: 1962-yildagi dublda „Dinamo“ va 1963-yilda „Neftchi“ (Boku) jamoalari. Mosyagin ikki holatda ham rad javobini bergan. Bu qarorini oʻqishni tugatish va murabbiy boʻlish istagi bilan izohlagan Tizzasidagi jarohatlar tufayli futbol oʻynashga qiynalgan.

1963-yilda „Znamya truda“ga murabbiylikka oʻtdi. 1967—1970-yillarda RSFSR yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan. Ikki jamoa – „Yunost Rossii“ va „Shkolniki Rossii“ jamoalari murabbiyi boʻlgan.

1971—1973-yillarda „Zenit“ murabbiyi boʻlgan. Uning qoʻl ostida jamoa Oliy ligaga ko'tarilishga asosiy davogar jamoalardan biri boʻlgan. 1973-yilda SSSR sport qoʻmitasining futbol boʻlimi murabbiyi. 1974—1975-yillarda SSSR yoshlar terma jamoasida Valentin Nikolayevga yordamchi boʻlgan.

1975—1978, 1981—1982 va 1984—1985-yillarda SSSR yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalari bosh murabbiyi boʻlgan. 1980-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi boʻlgan.

1979, 1983 va 1986—1990-yillarda SSSR terma jamoasi murabbiyi. 1990—1992-yillarda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya va yoshlar terma jamoalari murabbiyi va bosh murabbiyi boʻlgan. Rossiya Futbol uyushmasi terma jamoalar boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

2011-yil 25-noyabrda vafot etgan. Dafn marosimi 28-noyabr kuni 12-sonli Moskva klinik shifoxonasida boʻlib oʻtgan. Xuddi shu kuni Mosyagin Kotlyakovskiy qabristoniga dafn qilingan.

Yutuqlari Mosyagin boshchiligida SSSR terma jamoasi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon kubogi-77, 1976-yilda UEFA yoshlar turniri gʻolibi va 1977-yilda ushbu turnirning 3-oʻrin sovrindori boʻlgan.

Mosyagin ishtirokida SSSR terma jamoasi Yevro-1988 chempionatida 2-oʻrin sohibi boʻlgan.

Mukofotlari va unvonlari SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1977) RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1979) Doʻstlik ordeni (1997) Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodimi (1998-yil 16-noyabr)Ukaz Prezidenta RF ot 16 noyabrya 1998 g. № 1410

Manbalar

Havolalar

There passed away a Merited Coach of the Soviet Union Sergei Mosyagin (Skonchalsya zaslujenniy trener SSSR Sergey Mosyagin). Championat.com. 25 November 2011.

Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar