Adrian Mutu () (1979-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — ruminiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Adrian Mutu hozirgi kunda Liga I klubi „Rapid București“ klubini boshqaradi. Futbolchilik faoliyati davomida Adrian Mutu hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida maydonga tushgan.
Faoliyati Adrian Mutu oʻz faoliyatini „Argeş Piteşti“ klubida ikki yil va „Dinamo Bukureşti“ klubida yarim mavsum oʻynab, 1999-2000-yillarda Italiya A Seriyasining vakili „Inter“ klubi tarkibida boshlagan. Nerazzurrilar bilan bor-yoʻgʻi oʻnta oʻyindan soʻng Adrian Mutu „Hellas Verona“ klubiga, keyin esa „Parma“ klubiga yoʻl oldi. Bu muvaffaqiyatli yurishi davomida Adrian Mutu keyingi uch yilda jami 39 ta gol urdi. Uning ajoyib sport formasi unga 22,5 million yevro evaziga „Chelsea“ klubiga transfer boʻlishiga imkon berdi. 2003-yilda Adrian Mutu „Oltin toʻp“ga nomzod boʻldi. Bu klubdagi faoliyatidan soʻng, Adrian Mutu „Juventus“ klubiga oʻtish uchun A Seriyaga qaytdi. 2006-yilgi Italiya futboli mojarosi va „Juventus“ klubi B Seriyaga tushib ketganidan soʻng, Adrian Mutu „Fiorentina“ klubiga oʻtishga qaror qildi va u yerda keyingi besh yil davomida faoliyat olib bordi. Keyin Adrian Mutu „Cesena“ klubi va Fransiyaning "Ajaccio " klublarida bir mavsum oʻtkazdi va 2014-yilda „Petrolul Ploieşti“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. „Pune City“ va „ASA Târgu Mureş“ klublari bilan yana ikkita qisqa oʻyinlardan soʻng Adrian Mutu 2016-yilda professional futboldan ketdi.
Maydondan tashqarida anchagina bahslarga va mish-mishlarga sabab boʻlgan Adrian Mutu 2005-yilda „Chelsea“ klubida oʻynaganida kokain uchun ijobiy testdan soʻng keng omma eʼtiboriga tushdi. Bu hodisadan keyin Adrian Mutu „Chelsea“ klubi tarkibidan chiqarildi, keyinchalik Futbol assotsiatsiyasi tomonidan yetti oyga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek, Adrian Mutu sobiq ish beruvchilariga 15,2 million funt sterling tovon puli toʻlashga majbur boʻldi. Bu tovon puli FIFA tarixidagi eng katta moliyaviy jazo hisoblanadi. U bir necha bor jarima ustidan shikoyat qilishga urinib koʻrdi va 2010-yilda „Fiorentina“ klubida boʻlganida sibutramin uchun ijobiy testdan soʻng ikkinchi marta jarimaga tortildi.
2000-yildagi xalqaro maydondagi debyut oʻyinidan beri Adrian Mutu Ruminiya milliy futbol terma jamoasi safida 77 ta oʻyin oʻtkazib, 35 ta gol urdi. Bu natija bilan Adrian Mutu rekordchi Gheorghe Hagi natijasini takrorlagan edi. Adrian Mutu 2000 va 2008-yillarda Yevropa chempionatida mamlakat terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Ruminiyadagi yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinining toʻrt karra gʻolibi boʻlgan Gheorghe Popescu va Gheorghe Hagilardan koʻra koʻproq Adrian Mutu yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan.
Oʻyin uslubi Yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan Adrian Mutu faoliyati davomida maydon tashqarisidagi muammolardan qiynalgan. Mutu bir nechta hujumkor pozitsiyalarda oʻynashga qodir edi. Adrian Mutu ham gol urish, ham golli uzatma berish qobiliyati tufayli asosiy hujumchi sifatida ham, hujumkor yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushirilgan. Oʻzining isteʼdodiga qaramay, u tez-tez jarohatlar olib turgan. Shuningdek,Adrian Mutu oʻzining jahli tezligi, temperamentli xarakteri va maydondagi xatti-harakatlari bilan mashhur edi. Shuning uchun u koʻpincha oʻzining haqiqiy salohiyatini oqlamagan deb hisoblanardi.
Murabbiylik faoliyati Adrian Mutu oʻzining murabbiylik faoliyatini 2018-yilning aprel oyida Ruminiya I Ligasi vakili „Voluntari“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan soʻng boshlagan. Adrian Mutu sobiq bosh murabbiy Claudiu Niculescu ketganidan keyin „Voluntari“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Biroq, Mutuning faoliyati vakolati ikki oy davom etdi. Garchi Mutu klubning „Chindia Târgoviste“ klubiga qarshi kechgan pley-off oʻyinida gʻalaba qozonib, klubni quyi ligaga tushib qolishdan saqlab qolgan boʻlsa-da, klub direktorlar kengashi 14-iyun kuni Mutuni ishdan boʻshatishga qaror qildi. Klub prezidenti Dan Leasa direktorlar kengashi qaroriga rozi boʻlmadi va klubni tark etdi.
2018-yil iyul oyida Adrian Mutu Birlashgan Arab Amirliklarining „Al Wahda“ klubi bilan klubning kichik jamoalarini boshqarish uchun shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti Adrian Mutu 2000-yillarning boshlarida isroillik model va aktrisa Moran Atias bilan oila qurgan.
2001-yildan 2003-yilgacha Adrian Mutu ruminiyalik aktrisa va teleboshlovchi Alexandra Dinu bilan birga yashagan. Ularning Mario ismli oʻgʻli bor(2002-yilda tugʻilgan).
2005-yilda Adrian Mutu Ruminiyadagi Scala Celli provaslov cherkovida dominikanlik model Consuelo Matos Gomez bilan oila qurgan. Ularning Adriana (2006) va Maya Vega (2008) ismli ikki qizi bor. Ular 2015-yilda ajrashishdi.
2016-yilda Adrian Mutu sobiq model Sandra Bachici bilan oila qurdi. Ularning Tiago Adrian Mutu ismli oʻgʻli bor (2017).
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaKubukLiga kubugiMintaqaBoshqaUmumiyDiviziyaOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniArgeș Pitești1996—1997A Diviziya50————501997—1998214————2141998—1999157——63—2110Umumiy4111——63—4714Dinamo București1998—1999A Diviziya17400———1741999—2000181833—44—2525Umumiy352233—44—4229Inter Milan1999—2000A Seriya10042———142Hellas Verona2000—2001A Seriya25511———2662001—2002321220———3412Umumiy571731———6018Parma2002—2003A Seriya311810—44—3622Chelsea2003—2004Premer liga256331071—36102004—200520————20Umumiy276331071—3810Juventus2004—2005A Seriya10————102005—200632743—81104511Umumiy33743—81104611Fiorentina2006—2007A Seriya331621———35172007—2008291710—106—40232008—2009191310—92—29152009—201011424—63—19112010—2011204————204Umumiy1125465—2511—14370Cesena2011—2012A Seriya28810———298Ajaccio2012—2013Liga 12811————28112013—201490————90Umumiy3711————3711Petrolul Ploiești2013—2014Liga I82————822014—20156210—62—134Umumiy14410—62—216Pune City2015Hindiston Superligasi104————104Târgu Mureș2015—2016Liga I4010———50Umumiy439160271710602610528203
Xalqaro Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar soni Nisbat Ruminiya milliy futbol terma jamoasi 2000-yil 11 1 0,09 2001-yil 6 0 0,00 2002-yil 6 1 0,16 2003-yil 10 7 0,70 2004-yil 5 4 0,80 2005-yil 5 5 1.00 2006-yil 6 3 0,50 2007-yil 9 6 0,66 2008-yil 7 2 0,28 2009-yil 2 0 0,00 2010-yil 0 0 0,00 2011-yil 5 5 1.00 2012-yil 3 0 0,00 2013-yil 2 1 0,50 Jami 77 35 0,45
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Argeș Pitești futbolchilari Turkum:FC Dinamo Buxarest futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Hellas Verona FC futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:AC Cesena futbolchilari Turkum:AC Ajaccio futbolchilari Turkum:FC Petrolul Ploiești futbolchilari Turkum:FC Pune City futbolchilari Turkum:ASA 2013 Târgu Mureș futbolchilari Turkum:Liga I futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari
Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ruminiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Futbol murabbiylari Turkum:Ruminiyalik futbol murabbiylar Turkum:Futbolda doping holatlari Turkum:Ruminiyalik erkak yozuvchilar