Alberto Gilardino () (1982-yil 5-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol menejeri va futbolchi. Alberto Gilardino faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan.
Hozirgi kunda Alberto Gilardino „Genoa Primavera“ (U-19 termasi) rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Faoliyati Sermahsul toʻpurar Alberto Gilardino oʻzining dastlabki faoliyati davomida oʻzining opportunizmi, pozitsiyalarni toʻgʻri tanlay olishi va gol urishga intilishi tufayli Filippo Inzaghi bilan taqqoslangan. Alberto Gilardino ayni damda A Seriyada 100 ta gol urgan eng yosh oʻyinchilar roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egallagan. Bunday rekord koʻrsatkichga Alberto Gilardino 26 yoshu 105 kunligida erishgan. Alberto Gilardino A Seriyada 188 ta gol urgan holatda hozirgi kunda A Seriya tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar oʻntaligiga kiritilganGilardino, sulla via di Pablito Rossi ilsecoloxix.it.
Alberto Gilardino butun faoliyati davomida Italiyaning bir qancha klublarida oʻynagan. Alberto Gilardino birinchi marta „Parma“ klubidagi faoliyati davomida oʻzining doimiy gollari bilan mashhur boʻldi. Bu esa Alberto Gilardinoga 2004-yilda A Seriyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, soʻngra A Seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi va Italiya A seriyasida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Alberto Gilardino 2005-yilda „Milan“ klubiga oʻtdi. „Milan“ bilan Alberto Gilardino 2006—2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi, 2007-yilgi UEFA Superkubogi va 2007-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek, Alberto Gilardino Xitoyning „Guangzhou Evergrande“ klubida ham oʻynagan va u bilan 2014-yilda Xitoy Superligasida gʻolib chiqqan.
Alberto Gilardino turli yosh doiralaridagi Italiya term jamoalari safida faoliyat olib borgan. Gilardino 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib chiqqan Italiya terma jamoasining bir qismi boʻlgan va u yerda Alberto Gilardino turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Alberto Gilardino shuningdek, turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va UEFA turnir jamoasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan. Oʻsha yili Alberto Gilardino 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Italiya terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Alberto Gilardino 30 ta oʻyinda 19 gol urib Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Alberto Gilardino 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan Italiya milliy futbol terma jamoasining aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Alberto Gilardino Italiya milliy futbol terma jamoasi bilan 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi, 2010-yilgi Jahon kubogi va 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida qatnashgan va u yerda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Alberto Gilardino faoliyati davomida 432 ta gol urgan .
Shaxsiy hayoti 2001-yil aprel oyida haydovchilik guvohnomasini olganidan koʻp oʻtmay, Alberto Gilardino ikki opa-singil Silvia va Cosetta Puppinatolarni Trevisodagi uyiga oʻzining Volkswagen Golf mashinasida olib ketayotganida mashina bilan kanalga tushib ketganParks 2003, 370. Mashina choʻkib ketgan va umurtqa pogʻonasidagi jarohatlarga qaramay, Alberto Gilardino eshikni ochib, opa-singillarni xavfsiz joyga tortib olishga muvaffaq boʻlgan.
Alberto Gilardino 2006-yil 31-martda Alice Bregoli bilan unashtirildi. 2008-yil 2-martda ularning birinchi farzandi Ginevra ismli qizchasi dunyoga kelgan. Er-xotin 2009-yil 5-iyulda Genoa provinsiyasidagi Santa Margherita Ligure shahridagi La Cervara Abbeyda turmush qurishgan. Ularning Gemma ismli (2011-yil 19-martda tugʻilgan) va Guilia ismli (2012-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) qizchalari bor.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaKubukMintaqaBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarPiacenza1999—2000A Seriya17300--1732000—2001A Seriya0032--32Umumiy173320000205Verona2000—2001A Seriya223--202432001—2002A Seriya17221--193Umumiy395210020436Parma2002—2003A Seriya2442120-2852003—2004A Seriya34232043-40262004—2005A Seriya38231081114825Umumiy9650511441111656AC Milan2005—2006A Seriya341732100-47192006—2007A Seriya301242112-45162007—2008A Seriya307107220409Umumiy9436842842013244Fiorentina2008—2009A Seriya351910106-46252009—2010A Seriya36153094-48192010—2011A Seriya351210--36122011—2012A Seriya12211--133Umumiy118486119100014359Genoa2011—2012A Seriya144---1442012—2013A Seriya0011--112013—2014A Seriya361511--3716Umumiy50192200005221Bologna (ijara)2012—2013A Seriya361310--3713Guangzhou Evergrande2014Xitoy Superligasi1451120-176Fiorentina (ijara)2014—2015A Seriya1440000-144Palermo2015—2016A Seriya331011--3411Empoli2016—2017A Seriya14021--161Pescara2016—2017A Seriya30---30Spezia2017—2018B Seriya16600--166Umumiy5441993114631851643232
Xalqaro +Milliy terma jamoadagi oʻyin faoliyati Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Italiya milliy futbol terma jamoasi 2004-yil 4 1 2005-yil 8 4 2006-yil 11 4 2007-yil 2 0 2008-yil 5 1 2009-yil 9 6 2010-yil 6 1 2011-yil 2 0 2012-yil 0 0 2013-yil 10 2 Jami 57 19
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Piacenza Calcio 1919 futbolchilari Turkum:Empoli FC futbolchilari Turkum:Delfino Pescara 1936 futbolchilari Turkum:Hellas Verona FC futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:ACF Fiorentina futbolchilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:Bologna FC 1909 futbolchilari Turkum:Guanchjou F.C. futbolchilari Turkum:Palermo FC futbolchilari Turkum:Spezia Calcio futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Italiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar Turkum:FC Pro Vercelli 1892 murabbiylari Turkum:Serie C murabbiylari Turkum:Siena FC SSD murabbiylari Turkum:Genoa CFC murabbiylari Turkum:Pisa SC murabbiylari Turkum:ASD Biellese 1902 murabbiylari