Patrick Bauer (1992-yil 28-oktabrda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, „Preston North End“ klubining markaziy himoyachisi.

Klublardagi faoliyati 2011-yil may oyida Bauer VfB Stuttgart bilan shartnomasini 2015-yil iyunigacha uzaytirdi. 2011-yil 29-iyulda u VfB Stuttgartning birinchi jamoasi bilan 2011—2012 DFB-Pokalning birinchi bosqichida SV Wehen Wiesbadenga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi.

2012-yil 17-avgustda Bauer 2012—2013-yilgi mavsum oxirigacha CS Maritimoga ijaraga berildi. 2012-yil 26-avgustda CS Maritimo B safida Segunda Ligada Vitoria SC B ga qarshi debyut qildi. Olti kundan soʻng u Segunda Ligadagi birinchi golini „Sporting B“ga qarshi oʻyinda kiritdi. 2013-yilning 24-iyulida Bauer Maritimo bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2015-yil 22-iyun kuni Bauer Championship vakili Charlton Athletic klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2015-yilning 8-avgustida „Charlton Athletic“da „QPR“ga qarshi debyut qilgan. 12-sentabr kuni Bauer „Rotherham United“ga qarshi oʻyinda (1:1) klubdagi birinchi golini kiritdi.

2019-yil 26-may kuni Bauer „Wambley“ stadionida „Sunderland“ga qarshi 2019-yilgi EFL 1-liga pley-off finalining 94-daqiqasida gʻalaba golini kiritdi.

2018—2019-yilgi mavsum oxirida Charlton unga yangi shartnoma taklif qildi, lekin buning oʻrniga chempionship jamoasi Preston North End bilan uch yillik shartnoma imzolashga qaror qildi.

Xalqaro faoliyati Bauer Germaniya yoshlar terma jamoasida jami oʻn marta maydonga tushgan.

Shaxsiy hayoti Bauer va uning rafiqasi 2019-yilning may oyida ilk bor qiz farzandli boʻlishgan.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilli kubokLiga kubogiBoshqaJamiLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarVfB Stuttgart II2010-113. Liga2030—00502011-125000—0050Jami7030—00100Marítimo B (ijara)2012-13Segunda Liga365000000365Marítimo B2013-14Segunda Liga2020000002022014-152000000020Jami222000000222Marítimo2013-14Primeira Liga1600030001902014-15292304000362Jami452307000552Charlton Athletic2015-16Championship1910020002112016-17League One3642000003842017-183430000303732018-19350100031391Jami12483020611359Preston North End2019-20Championship4130000004132020-211210031001522021-22343102000373Jami877105100937Jami faoliyati321241001416135126

Yutuqlari Charlton Athletic

EFL League One pley-off oʻyinlari: 2019

Manbalar

Havolalar

Profil lpfp.pt Profil kicker.de

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart II futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Charlton Athletic F.C. futbolchilari Turkum:Preston North End F.C. futbolchilari Turkum:AFC Wimbledon futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar