Karl Darlow () (1990-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubi darvozaboni. Karl Darlow „Aston Villa“ va „ Nottingham Forest“ akademiyalarida tahsil olgan. Karl Darlow faoliyatining avvalida „Newport County“ va „Walsall“ klublarida ijara shartnomasi asosida futbol oʻynagan.

Klublardagi oʻyin faoliyati

Nottingham Forest 16 yoshida „Aston Villa“ klubidan ketganidan soʻng, Karl Darlow „Nottingham Forest“ klubi bilan faoliyatini davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdi.

2012-yilning mart oyida Karl Darlow „Newport County“ klubi tarkibiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Karl Darlow klub bilan birinchi marta „Gateshead“ klubiga qarshi uyinda (1:0 hisobida gʻalaba) maydonga tushdi.

2012-yil 21-sentyabrda Karl Darlow „Walsall“ klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. U yerda boʻlganida, Karl Darlow „Nottingham Forest“ klubi bilan 2015-yilgacha yangi uch yillik shartnoma imzoladi.

Newcastle United 2014-yil 9-avgustda Karl Darlow Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida Karl Darlow va jamoadoshi Jamaal Lascelles 2014—2015-yilgi mavsum uchun „Nottingem Forest“ klubiga ijaraga berildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Angliyadan tashqari, Karl Darlow Uels milliy futbol terma jamoasi vakili boʻlish huquqiga ega. Chunki Karl Darlowning bobosi Ken Leek (Uels milliy futbol terma jamoasi hujumchisi) Ynysybwl shahrida tugʻilgan. Uels futbol assotsiatsiyasi Karl Darlow 2013-yil 6-fevral kuni Avstriyaga qarshi boʻlib oʻtgan Uels milliy futbol terma jamoasining oʻrtoqlik oʻyiniga taklifni rad etganini tasdiqladi.

Uels milliy futbol terma jamoasi menejeri Ryan Giggs 2018-yilning mart oyida Uels milliy futbol terma jamoasiga qoʻshilish uchun Karl Darlowga murojaat qildi. Karl Darlow hozirda bor eʼtiborini „Newcastle United“ klubining asosiy tarkibidagi oʻrnini qaytarishga qaratganini aytdi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaFA kubugiLiga kubugiBoshqaUmumiyDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNottingham Forest2010—2011Angliya chempionati10000000102012—2013Angliya chempionati2000010—2102013—2014Angliya chempionati4302000—4502014—2015Angliya chempionati4200020—440Jami10602030001110Newport County (ijara)2011—2012Premer Konferensiya80——0080Walsall (ijara)2012—2013Birinchi liga9000—10100Newcastle United2015—2016Angliya Premer-ligasi900010—1002016—2017Angliya chempionati3400020—3602017—2018Angliya Premer-ligasi1001010—1202018—2019Angliya Premer-ligasi000010—102019—2020Angliya Premer-ligasi005010—602020—2021Angliya Premer-ligasi2500010—2602021—2022Angliya Premer-ligasi800000—802022—2023Angliya Premer-ligasi000010—10Jami8606080001000Umumiy209080110102290

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari