Assuta (Asso)‏‎ — Butun Isroil boʻylab yoyilgan xususiy tibbiyot majmualari tarmogʻi. Assuta Isroildagi eng yirik zamonaviy xususiy tibbiyot shifoxonasi hisoblanadi. Daromad boʻyicha Assuta Isroil kasalxonalari orasida yettinchi oʻrinda turadi.

Tarixi Muassasa tarixi 1934-yilda Tel-Avivda xususiy klinikaga asos solinganidan boshlangan.

Assuta doktor Ben-Sion Harel va uning oʻgʻli tomonidan tashkil etilgan. Ular boshqa shifokorlarni, asosan Germaniyadan kelgan mutaxasislarni jalb qilgan holda Isroilda xususiy tibbiyot muassasalaridan birini ochishgan.

Muassasa Tel-Aviv shimoli-sharqida joylashgan Summail qishlogʻidan sotib olingan 8 gektar maydonda qurilgan. Keyinchalik u yerdan Jabotin koʻchasi oʻtkazilgan. Bino meʼmor Jozef Nayfeld tomonidan ishlab chiqilgan va oʻsha paytdagi mashhur Bauhaus uslubida qurilgan.

Kasalxona 1935-yilda ochilgan. 1984-yilda muassasa „Makkabi Health Care Services“ kompaniyasini sotib olgan.

2009-yilda Tel-Avivning Ramat HaChayal tumanida, Yarkon bogʻi yonida joylashgan majmuaning yangi zamonaviy binosi ochilgan. Binoning konsepsiyasi Isroil va Kanada meʼmorlari guruhi, Kanada tomonidan — Zeidler, Isroil tomonidan — Mur Yasky Sivan Architects tomonidan ishlab chiqilgan.

2011-yil fevral oyida Assuta xalqaro sogʻliqni saqlash sertifikatini olgan. Bu sertifikat tufayli shifoxona xalqaro tibbiy turizm markaziga aylanmoqda.

Infratuzilmasi va faoliyati Majmua ichida mehmonxona, maxsus doʻkonlar, barcha dinlar uchun ibodat uylari va simsiz internetga ulanish imkoniyati mavjud.

Maydoni 970 ming kvadrat metr. Shifoxonada 16 ta jarrohlik xonasi mavjud.

Tel-Avivda joylashgan bosh shifoxondan tashqari, Assuta Xayfa, Bi as-saba va Rishon Lezion kasalxonalariga, shuningdek, boshqa shaharlardagi jarrohlik markazlari va klinikalariga egalik qiladi. 2017-yil 4-iyunda Ashdodda yangi kasalxona ochilgan.

Shifoxonda quyidagi boʻlimlarmavjud: Onkologiya Umumiy jarrohlik EKO Kardiojarrohlik markazi Ortopediya Neyrojarrohliklink=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/96/31.03.09_Tel_Aviv_096_Assuta_Old.JPG/301px-31.03.09_Tel_Aviv_096_Assuta_Old.JPG|right|thumb|301x301px|Qadimgi Bauhaus uslubidagi bino. Radioterapiya MRT Dializ Gastroenterologiya Ginekologiya Dermatologiya Urologiya Oftolmologiya Plastik jarrohlik.

Shifoxonaning asosiy yoʻnalishlari: umumiy jarrohlik, kardiologiya, ginekologiya. Shifoxonada turli xil kelib chiqadigan oʻsmalarni olib tashlash amaliyotlari va eng murakkab neyrojarrohlik amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Klinikada 25 nafar yetakchi neyrojarroh doimiy ishlaydi.

Assuta xususiy shifoxona boʻlgani uchun u shifokorlarning doimiy shtatiga ega emas — barcha shifokorlar shartnoma asosida ishlaydi. Bu usul shifoxonaga mamlakatdagi eng yaxshi mutaxassislarni ishga joylashtirish imkonini beradi va shu tariqa bemorlarga diagnostika va davolanish yuqori sifatda amalga oshiriadi. Kasalxonada taniqli isroillik va xalqaro shifokorlar ishlagan, ular orasida: onkolog jarroh professor Moshe Papa, neyrojarroh va invaziv neyroradiologiya boʻyicha isroillik yetakchi mutaxassis professor Shimon Maymon, kardiolog professor Shmuel Rat, yetakchi isroillik pulmonolog doktor Amir Onn, yetakchi endokrinolog professor Luis Shekman. xillpillovchi aritmiyani davolash boʻyicha mutaxassis doktor Leonid Sterniklar mavjud.

Assuta tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, shifoxona har yili 85 000ga yaqin jarrohlik amaliyotlarini, 235 000 diagnostika tekshiruvlarini, 5 000 ga yaqin yurak kateterizatsiyasini amalga oshiradi.

Kasalxonada har yili 7000 ga yaqin in vitro urugʻlantirish (IVF) protseduralari amalga oshiriladi, bu Isroilda amalga oshirilgan IVF protseduralarining toʻrtdan bir qismini tashkil etadi.

Manbalar

Turkum:Kasalxona Turkum:Isroil kasalxonlari Turkum:Isroil