Lewis Stevenson () (1988-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Lewis Stevenson Shotlandiya Premer-ligasining „Hibernian“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Lewis Stevenson hozirda „Hibernian“ klubi safida eng koʻp oʻynagan futbolchi hisoblanadi (2005-yilning sentyabridan buyon). Lewis Stevenson 2018-yilning may oyida Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi safida birinchi marta xalqaro oʻyinlarda maydonga tushdi.

Faoliyati

Klub Lewis Stevenson oʻzi tugʻilib oʻsgan Kirkcaldy shahridagi Balwearie oʻrta maktabida oʻqigan. Lewis Stevenson 14 yoshida „Hibernian“ klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Lewis Stevenson „Hibernian“ futbol klubi safida 2005-yil sentyabr oyida „Ayr United“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi. 2006—2007-yilgi mavsumda Lewis Stevenson John Collins qoʻl ostidagi „ Hibernian“ klubining asosiy tarkibida doimiy oʻyinchiga aylandi.

Lewis Stevenson klubdagi ilk golini 2011-yil 26-fevralda „Inverness CT“ klubiga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.

Lewis Stevenson 2011—2012-yilgi mavsumda „Hibernian“ klubining asosiy tarkibida deyarli barcha uchrashuvlarda qatnashdi va „yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi. Lewis Stevensonning 2011—2012-yil mavsumidagi oʻyinlari uning shartnomasi avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirilishini anglatardi.

2013-yil dekabr oyida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi safida oʻzining 200-uchrashuvini qayd etdi. Bu vaqtda klub murabbiyi Terry Butcher Lewis Stevensonni chap yarim himoyachi sifatida maydonga tushira boshladi. Bu oʻzgarish oʻzining natijasini berdi. Shundan soʻng, Lewis Stevenson „Kilmarnock“ klubiga qarshi oʻyinda faoliyatidagi ikkinchi golini urdi, keyin esa „Hearts“ klubiga qarshi oʻyinda penaltini aniq amalga oshirdi.

Lewis Stevenson 2014—2015-yilgi Shotlandiya kubogining beshinchi bosqichida klub uchun 250-uchrashuvini oʻtkazdi va 1885-yildan beri shuncha koʻp oʻyin oʻtkazgan 60-oʻyinchi boʻldi.

2015-yilgi mavsumda Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Lewis Stevenson 2015—2016-yilgi Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritgan „Hibernian“ jamoasining aʼzosi edi. Final oʻyinida „Hibernian“ klubi „Rangers“ klubini 3:2 hisobida magʻlub etdi. Bu natija bilan Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan Shotlandiya milliy kubogi musobaqalarida gʻolib chiqqan birinchi futbolchiga aylandi. Lewis Stevenson 2017-yilning may oyida „Hibanian“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

2018-yilning noyabrida Lewis Stevensonning klub bilan shartnomasi 2020—2021-yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirildi. Lewis Stevenson 2018—2019-yillarda „Hibernian“ klubi tarafdorlari assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan va oʻtmishda Lewis Stevenson ikki marta „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topilgan va 2014-yilda Assotsiatsiya tomonidan maxsus eʼtirof mukofotiga sazovor boʻlgan. 2021-yil 11-yanvarda Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi safida oʻzining 500-uchrashuvini oʻtkazdi. 2021-yilning yanvarida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan 2022-yilning yozigacha amal qilishi kerak boʻlgan yangi shartnomani kelishib oldi.

2021-yilning noyabrida Lewis Stevenson „Hibernian“ klubi bilan shartnomasini 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishga rozi boʻldi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaShotlandiya kubugiLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarHibernian2005—2006Shotlandiya Premer-ligasi00001000102006—2007Shotlandiya Premer-ligasi1606020102502007—2008Shotlandiya Premer-ligasi2100020—2302008—2009Shotlandiya Premer-ligasi2901010103202009—2010Shotlandiya Premer-ligasi1002010—1302010—2011Shotlandiya Premer-ligasi1910000001912011—2012Shotlandiya Premer-ligasi2904010—3402012—2013Shotlandiya Premer-ligasi2904000—3302013—2014Shotlandiya Premer-ligasi3512020404312014—2015Shotlandiya chempionati3524120304432015—2016Shotlandiya chempionati3507061505312016—2017Shotlandiya chempionati3405110204212017—2018Shotlandiya Premer-ligasi3511070—4312018—2019Shotlandiya Premer-ligasi3402020614412019—2020Shotlandiya Premer-ligasi2704030—3402020—2021Shotlandiya Premer-ligasi2203030—2802021—2022Shotlandiya Premer-ligasi2304040203202022—2023Shotlandiya Premer-ligasi3000300060Jami43654924112415509

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar