Ryan James Broom () (1996-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Ryan Broom „Cheltenham Town“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Bristol Rovers Ryan Broom 2015-yilgacha „Bristol Rovers“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2015-yil avgustida klubning asosiy tarkibida Liga kubogi doirasida „Birminham City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazgan. Ryan Broom „Bristol Rovers“ futbol klubi safidagi ilk golini 2017-yil 29-avgustda „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgandi.
2016-yil 7-oktyabrda Ryan Broom bir oylik ijara shartnomasi asosida „Bath City“ futbol jamoasiga qoʻshildi. Ertasi kuni Ryan Broom klubdagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Bu oʻyinda „Bath City“ klubi „Eastbourne Borough“ futbol klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.
Ryan Broom 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Bristol Rovers“ futbol klubini tark etdi.
Cheltenham Town 2018-yilning 18-mayida Ryan Broom bir yillik shartnoma asosida Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubiga qoʻshildi. 2019-yilning 17-may kuni Ryan Broom klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Ryan Broom klubning mavsum yakunlari boʻyicha mukofotlarida uchta sovrinni qoʻlga kiritdi. Ryan Broom Mira Showers tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi, Norwegian Robins tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Peterborough United 2020-yil 24-avgustda Ryan Broom nomaʼlum toʻlov evaziga „Peterborough United“ futbol klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 2020-yil 5-sentyabrda Ryan Broom oʻzining „Peterborough United“ futbol klubidagi debyut oʻyinini sobiq klubi „Cheltenham“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi.
Burton Albion (ijara) 2021-yil 1-fevralda Ryan Broom 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Birinchi liga vakili „Burton Albion“ futbol klubiga qoʻshildi.
Plymouth Argyle (ijara) 2021-yil 29-iyulda Ryan Broom 2021—2022-yilgi mavsum uchun ijara asosida Birinchi Liga vakili „Plymouth Argyle“ futbol jamoasiga qoʻshildi.
Cheltenham Town 2022-yil 1-sentyabrda Ryan Broom Birinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubiga qaytib, bir yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaAngliya kubugiLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBristol Rovers2015—2016Angliya Ikkinchi ligasi10001000102016—2017Angliya Birinchi ligasi50000000502017—2018Angliya Birinchi ligasi3000102262Jami90002022122Bath City (ijara)2016—2017Angliya Milliy ligasi6100—0061Eastleigh2017—2018Angliya Milliy ligasi13300—00133Cheltenham Town2018—2019Angliya Ikkinchi ligasi3923021414842019—2020Angliya Ikkinchi ligasi348300010388Jami73106021518612Peterborough United2020—2021Angliya Birinchi ligasi151201000181Burton Albion (ijara)2020—2021Angliya Birinchi ligasi102000000102Peterborough United2022—2023Angliya Birinchi ligasi0000000000Jami253201000283Cheltenham Town2022—2023Angliya Birinchi ligasi6100001071Jami1331880318315222
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar