Thomas Reiter (talaffuzi: Tomas Reyter 1958-yil 23-mayda Frankfurtda tugʻilgan) nafaqadagi yevropalik astronavt va Germaniya havo kuchlari brigada generalihttp://www.bmvg.de: Thomas Reiter promoted to brigadier general by Federal Minister of Defence Franz Josef Jung (german), hozirda Yevropa kosmik agentligida ESA idoralararo muvofiqlashtiruvchisi va Bosh direktor maslahatchisi (ESA) sifatida faoliyat olib boradi. U kosmosdagi umumiy vaqti boʻyicha eng yaxshi 25 astronavtdan biri hisoblanadi. Reiter Rafiqasi va ikki oʻgʻli bilan Oldenburg yaqinida yashaydi.

Taʼlim 1977-yilda Neu-Isenburgdagi Gyote oʻrta maktabini tamomlagan. 1982-yilda Reiter Myunxen Bundesver universitetida aerokosmik muhandislik boʻyicha diplom oldi. 2010-yilda universitet unga faxriy doktorlik unvonini berdi. Reiter Germaniya va Texasda uchuvchi sifatida oʻqishni tamomlagan.

Astronavt faoliyati U " Mir " kosmik stantsiyasi Euromir 95 / Soyuz TM-22 missiyasida bort muhandisi boʻlib ishlagan. Reiter Mir bortida 179 kun davomida ikkita EVA parvozini amalga oshirdi va kosmosga chiqqan birinchi nemis astronavti boʻldi.

1996-yildan 1997-yilgacha u „Soyuz“ kosmik kemasida qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtdi va „Soyuzning qaytish komandiri“ sertifikati bilan taqdirlandi. Bu sertifikat unga „Soyuz“ ekipajiga qoʻmondonlik qilish huquqini berdi.

U Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olti oylik missiya uchun tayyorgarlik koʻrdi. Reiter 13-ekspeditsiyaga qoʻshilish uchun Space Shuttle STS-121 missiyasi boʻyicha tanlangan. Uchirish dastlab 2006-yil 1-iyulga rejalashtirilgan edi, biroq ob-havoning kechikishi tufayli 2006-yil 4-iyulda amalga oshirildi.

Uning XKS missiyasi Yevropa kosmik agentligi tomonidan Astrolab deb belgilandiAstrolab. European Space Agency (ESA). Retrieved 26 October 2021.

2007-yil 8-avgustda Thomas Reiter DLR ijroiya kengashi aʼzosi etib saylandi.

2011-yil 1-apreldan 2015-yil dekabrigacha u Yevropa kosmik agentligida (ESA) insonning kosmik parvozi va operatsiyalari boʻyicha direktor lavozimida ishlagan. Ushbu lavomizga: Yevropa xalqaro kosmik stansiyasi elementlarining ishlashi va ekspluatatsiyasi, ESAning avtomatlashtirilgan uzatish vositasi, Yevropa astronavt markazi, EAC va ESAning ekipajsiz missiyalari va infratuzilmasi uchun javobgarlik kiradi. Bugungi kunda u ESA idoralararo koordinatori va Bosh direktor maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi.

Faxr va mukofotlar

Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni (2007) Bavariya medali Yevropa  (2008) Myunxen Bundesver universitetining Aeronavtika va astronavtika fakultetining faxriy doktori (2010) Doʻstlik ordeni (Rossiya, 1996) "Koinotni o'rganishdagi xizmatlari uchun" medali (Rossiya, 2011) Daniya Astronavtika Jamiyatining faxriy aʼzoligi Official website of Danish Astronautical Society

Manbalar

Turkum:NASA Turkum:Fazo Turkum:Astronavt