link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/aa/%E9%A0%88%E5%B7%9D%E6%B9%96_Lake_Sukawa_-_panoramio.jpg/270px-%E9%A0%88%E5%B7%9D%E6%B9%96_Lake_Sukawa_-_panoramio.jpg|right|thumb|270x270px| Suvaka koʻli Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 31-yanvar holatiga koʻra, qishloqda, 902 xonadonda 2512 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 12 kishidan toʻgʻri kelganHigashinaruse village official statistics . Qishloqning umumiy maydoni 293,57 kvadrat kilometr (113,35 mil²) ni tashkil etadi. 1999-yilda Higashinaruse Yaponiyadagi eng chiroyli qishloqlardan biri sifatida tanlangan.

Geografiyasi Higashinaruse Akita prefekturasining uzoq janubi-sharqiy burchagida joylashgan boʻlib, sharqda Ivate va Miyagi prefekturalari bilan chegaradosh. Hudud togʻli va oʻrmonli boʻlib, qishloqning bir qismi Kurikoma Kvazi-milliy bogʻi chegaralari hududida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Akita prefekturasi Yuzava Yokote Miyagi prefekturasi Kurihara Ivate prefekturasi Ichinoseki Oshu Nishivaga

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraHigashinaruse population statistics, Higashinaruse aholisi soni taxminan 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va oʻshandan beri doimiy ravishda pasayib bormoqda.

Iqlimi Higashinaruse nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa) boʻlib, katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Higashinaruseda oʻrtacha yillik harorat 9,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1635 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,1 °C, eng past harorat esa yanvarda, −3,8 °C atrofida boʻladiHigashinaruse climate data.

Tarixi Hozirgi Higashinaruse hududi qadimgi Ugo viloyatining bir qismi boʻlib, Edo davrida Satake urugʻi hukmronlik qilgan va Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan. Higashinaruse qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan tashkil etilgan.

Iqtisodiyoti Higashinaruse iqtisodiyoti qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi Higashinaruseda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda oʻrta maktab mavjud emas.

Transporti

Temir yoʻl

Qishloqda hozircha temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilmagan.

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 342 Milliy yoʻnalish 397

Higashinaruse shahridan chiqqan taniqli odamlar

Yoshihiro Takahashi, manga rassomi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Akita prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Higashinaruse, Akita