Andrey Fyodorovich Solkin (1895-yil, Pirkino, Penza viloyati — 1937-yil 16-iyul, Moskva) — sovet davlat arbobi.
Biografiyasi Andrey Fyodorovich Solkin 1895-yilda Penza viloyati, Chirkovskaya volostining Pirkino qishlogʻida tugʻilgan. 1910-yildan ota-onasi bilan Toshkentda yashagan. Uning oʻgay otasi Nikolay Vasilyevich Shumilov — 1904-yildan RSDMP aʼzosi va Toshkent temiryoʻlchilarning bolsheviklar yacheykasi rahbarlaridan biri, 1918-yilda esa Toshkent Soveti raisi boʻlgan. Andrey Solkinning onasi — Lukiya Ivanovna ham 1905-yildan RSDMP aʼzosi boʻlgan.
A.F.Solkin 1913-yilda Toshkent temir yoʻl bilim yurtini „Temir yoʻl muhandisi“ ixtisosligi boʻyicha tamomlagan va 1913-yildan Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Toshkent uchastkasida ishchi — yoʻl xizmatiDesyatnik — starshiy nad gruppoy rabochix, to est brigadir. ustasi boʻlib ishlay boshlagan.
1917-yilda Andrey Solkin Toshkent ishchi va soldat deputatlari kengashining aʼzosi, keyinroq Toshkent Soveti Ijroiya qoʻmitasining kotibi va Sovetlarning II-qurultoyiga delegat etib saylangan (1917-yil). 1917-yil 1-apreldan A.F.Solkin RSDMP aʼzosi boʻlgan.
1917-yil dekabr — 1918-yil aprel oylarida A.F.Solkin dastlab Turkiston Respublikasi temir yoʻllari xalq komissari safdoshi, soʻngra Turkiston Respublikasi temir yoʻllari xalq komissari boʻlgan.
1918-yil may oyida A.F.Solkin Turk Markaziy saylov komissiyasi hamraisi etib saylandiA. F. Solkin bil izbran (vmeste s Kobozevim) sopredsedatelem Tsentralnogo ispolnitelnogo komiteta (TurkTsIK) na 5-m kraevom sʼezde Sovetov, proxodivshim v Tashkente s 20-aprelya po 1-maya 1918 goda, kogda bila provozglashena Turkestanskaya sovetskaya respublika (TSR) (bila provozglashena 30-aprelya 1918 goda)., soʻngra 1918-yil sentabrgacha I.O.Tobolin qoʻl ostida Turk Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
1918-yil 10-sentabr — 1919-yil 31-may oylarida A.F.Solkin KPT Muvaqqat Markaziy Qoʻmitasining raisi boʻlgan. 1918-yil 29-dekabrdan — Turkiston Kompartiyasi oʻlka qoʻmitasi raisi boʻlgan.
1920-yil oktabrdan A.F.Solkin — Turkiston Davlat universitetining texnika fakulteti talabasi, shu bilan birga, 1920-yil dekabr — 1921-yillar davomida uning rektori, 1921-yildan — prorektor boʻlib ishlagan.
1922-yilda sogʻligʻi sababli A.F.Solkin Moskvaga chaqirildi. Moskvada esa Moskva transport muhandislari institutida dars bergan.
1925—1927-yillarda A.F.Solkin Turkmaniston Xalq xoʻjaligi Markaziy Kengashi (XXMK) raisi va Xalq Komissarlari Soveti (XKS) rais oʻrinbosari boʻlgan.
1927—1930-yillar mobaynida A.F.Solkin Turksib qurilishi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
1930—1936-yillar mobaynida A.F.Solkin SSSR NKPS ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlagan. Xuddi shu davrda u Qizil texnologiya professorlari institutida oʻqigan va „Transport qurilishi“ jurnalida „Partiyaga qarshi maqola“ nashr etgani uchun haydalgan.
1936-yil dekabrdan — SSSR temir yoʻllari xalq komissarligining Omsk qurilish-montaj tresti boshligʻi. Moskvada yashagan.
1936-yil 26-dekabrda Stalin roʻyxatida kiritilganlar orasida hibsga olingan. 1937-yil 16-iyulda otilgan. Moskvadagi Donsk qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
CenterAsia sayti. Solkin A. Kommunistik partiya va Sovet Ittifoqi tarixi boʻyicha qoʻllanma. Solkin Andrey Fyodorovich Solkin Andrey Fyodorovich „Rossiya Fanlar akademiyasining arxivlari“ axborot tizimi. Solkin A shaxsiy arxivi. Stalinist qatl roʻyxati. Solkin A. F. Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:16-iyunda vafot etganlar Turkum:1895-yilda tugʻilganlar