Miguel Arturo Layún Prado () — 1988-yil 25-iyun kuni Meksikaning Kordobada shahrida tugʻilgan. „Amerik“a klubi va Meksika terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi karyerasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/da/Watford_v_Birmingham_%281%29.jpg/190px-Watford_v_Birmingham_%281%29.jpg|right|thumb|415x415px| Miguel Layún „Watford“ safida Miguel Layún „Veracruz“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda Meksika Primerasida jamoa safida debyut qilgan. 2009-yilda Miguel Layún Italiyaning „Atalanta“ klubiga oʻtdi. 27-sentyabr kuni „Chievo“ga qarshi oʻyinda u A Seriyada debyut qildi. Uning maydondagi chiqishi tarixiy boʻldi chunki Miguel Layún Italiya chempionatida oʻynagan birinchi meksikalik boʻldi.
Xalqaro karyerasi 2013-yilda Miguel Layún Meksika terma jamoasining CONCACAF oltin kubogi uchun terma jamoasiga kiritildi. Kanada terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoada debyut qildi. Miguel Layún Panama, Martinika va Trinidad va Tobagoga qarshi janglarda ham qatnashdi.
2014-yilning 28-may kuni Isroil terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Miguel Layún terma jamoasi safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ni amalga oshirdi. Oʻsha yilning yozida u terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligiga kiritildi. Turnirda Miguel Layún Kamerun Braziliya, Xorvatiya va Gollandiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
2015-yilda Miguel Layún CONCACAF Oltin kubogini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Kuba, Gvatemala, Trinidad va Tobago, Kosta-Rika, Panama va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2016-yilda Miguel Layún AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Urugvay, Yamayka, Venesuela va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolVeracruz2008-200926100—261Jami26100—261Atalanta2009-20102000—20Jami2000—20América201010110—1112010-201138100504312011-201211000—1102012-2013332113—4452013-2014335003036520141760000176Jami142151238016218Watford201517000—1702015-20163110—41Jami20110—211Porto2015-201627560814162016-201716110822532017-2018705121142Jami5061211848011Sevilla F. C.2017-201816220 - -182Jami1622000182Villarreal F.C.2018-2019804030150Jami804030150Monterrey2019110 - -81191Jami1100081191Umumiy karyerasida2752531437534334
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar