Nikita Vladilenovich Ermolayev (1991-yil 11-iyul, Leningrad, RSFSR, SSSR) — Rossiya vakili sifatida Goda Butkute bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarda qatnashgan litvalik sobiq figurali uchuvchi. Juftlik 2013—2015-yillarda boʻlib oʻtgan Litva chemponatining 3 karra goʻlibi boʻlgan.

2017-yil yanvar holatiga koʻra Butkute va Ermolaev juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 26-oʻrinni egallagan.

Faoliyati

Rossiya vakili sifatida Dastlab Nikita yakkalik konkida uchish musobqalarida qatnashgan. 2010-yil bahoridan keyin Nikita Lipetsk figurali uchuvchisi Daria Beklemishcheva bilan sport juftligi hosil qilgan. Ular oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkaziladigan turnirlarda qatnasha boshladilar, ammo kutilgan natija koʻrsatmadilar. Ermolaev oʻzining yangi sherigi Goda Butuke bilan mash qila boshlagan.

Litva vakili sifatida 2015-yil sentyabr oyida juftlik birinchi marta Italiyada boʻlib oʻtgan Lombardiya kubogida xalqaro maydonda chiqish qilishdi. Musobaqada ular ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Bundan tashqari, juftlik turli turnirlarda, shu jumladan Challenger seriyasida chiqish qilishdi va kuchli uchlik qatoridan joy olishdi.

Juftlik Slovakiyada boʻlib oʻtgan Nepela Memorialida raqobatlashdi va u yerda kuchli beshlikdan joy oldi. Noyabr oyi boshida litvalik juftlik Moskvadagi Gran-pri bosqichida debyut qildi va unchalik yaxshi natija koʻrsatmadi va oxirgi oʻrinni egalladi. Noyabr oyi oxirida litvaliklar Tallin Trophy musobaqasida qatnashishdi va u yerda uchinchi oʻrinni egallab, qisqa dasturda oʻz koʻrsatkichlarini yaxshiladi. 2017-yil yanvar oyi boshida juftlik Nestle Nesquik kubogi musobaqasida Torunda ishtirok etib, qisqa dasturda ikkinchi oʻrinni olganiga qaramay yakunda uchinchi oʻrinni egalladi. Yanvar oyi oxirida Ostravada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida litvalik konkida uchuvchilar juda muvaffaqiyatsiz chiqish qilishdi va oxirgi oʻrinni egallashdi. Mart oyining oxirida juftlik Helsinkida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, yaxshi natija koʻrsatmadi va finalga yoʻllanma olish imkoniyatini qoʻldan boy berdi.

Natijalari

Litva uchun (G. Butkut bilan) Musobaqalar/mavsum 2012 — 2013 2014 — 2015 2015 — 2016 2016 — 2017 Jahon chempionatlari 17 22 Yevropa chempionati 11 18 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 8 Mordoviya naqshlari 3 Tallin kubogi 4 3 Warsaw Cup 3 Lombardia kubogi 2 5 Nepela xotirasi 5 Nestle Nesquik kubogi 2 3 Litva chempionati 1 1 1

Rossiya uchun (D. Beklemishcheva bilan) Mavsum/musobaqalar 2011 — 2012 Rossiya chempionati (oʻsmirlar) 10

Manbalar

Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:11-iyulda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar