right|thumb| Ryu-ga-Kubo buloqlari right|thumb| Tsunandagi Akasava mahallasi Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharchada 3480 ta xonadonda 9349 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 54,2 nafardan toʻgʻri keladiTsunan town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 170,21 kvadrat kilometrni tashkil etdi (65,72 mi²).
Geografiyasi Tsunan Niigata prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida, Nagano prefekturasi shimoli bilan chegaradosh togʻli hududda joylashgan. Shahar Shinano daryosining daryo ayvonida joylashgan boʻlib, shahar hokimiyati dengiz sathidan 241 metr balandlikda oʻrnashgan; ammo, shahar hududining katta qismi togʻli hudud hisoblanadi, Naeba togʻi (2143 metr) qisman shahar chegaralarida qad rostlagan. Yapon dengizi va uning atrofidagi Yapon Alp togʻlari oʻrtasidagi geografik joylashuvi tufayli Tsunan Yaponiyadagi eng yuqori yillik qor qoplamalariga ega hududlardan biri hisoblanadi. Mintaqada koʻplab changʻi kurortlari faoliyat yuritadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Niigata prefekturasi Tokamachi Yuzava Nagano prefekturasi Sakae
Iqlimi Tsunan kontinental taʼsirga ega boʻlgan nam subtropik iqlimga koʻrinishini namoyon etadi (Köppen Cfa/Dfa), issiq va nam yoz hamda qattiq qor yogʻishi bilan kechadigan sovuq qish fasli bilan tavsiflanadi. Tsunanda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil qiladi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTsunan population statistics, Tsunan aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda kamaygan va hozir bir asr avvalgi sonidan ancha kam hisoblanadi.
Tarixi Hozirgi Tsunan hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Tokugava syogunatining bevosita nazorati ostidagi Tenryo hududi hisoblangan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, hudud Niigataning Nakauonuma tumanidagi turli qishloqlarga boʻlindi. Tsunan shahri 1955-yil 1-yanvarda Tomaru, Kamigo, Ashigasaki, Akinari, Nakafukami va Shimofunato qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat thumb|Tsunan shahar hokimiyati Tsunan toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 14 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Tsunan, Tokamachi shahri bilan birgalikda Niigata prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Niigata 6-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Mahalliy iqtisodiyotda qishloq xoʻjaligi ustunlik qiladi. Bu hudud guruch, sake, pomidor, kungaboqar va grechka ugralari bilan mashhur. Shahar, shuningdek, qoʻshni Tokamachigacha boʻlgan emg yaqin masofada joylashgan.
Taʼlim tizimi Tsunanda uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px JR Sharqiy yoʻli — Iiyama liniyasi
Ashidaki — Echigo-Tanaka — Tsunan — Echigo-Shikavatari
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 117 Milliy yoʻnalish 353 Milliy yoʻnalish 405
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Ryu-ga-kubo, Yaponiyaning 100 ta mashhur buloqlaridan biri Nishiotaki toʻgʻoni Echigo-Tsumari sanʼat triennali Okinohara manzilgohi, Jomon davri xarobalari, milliy tarixiy hudud
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti
Turkum:Niigata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Tsunan, Niigata