Espen Bredesen — (1968-yil 2-fevralda tugʻilgan) norvegiyalik chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sobiq sportchiFørste kvinne passerte 200m i Kulm Skihopp.no. 29 January 2003.

Faoliyati Jahon kubogi darajasida Espen 1994-yilda Lillexammerdagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritgan.

1992-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida u yomon koʻrsatgichlar bilan mavsumni, oddiy tepalikda oxirgi va katta tepalikda 59 tadan 57-oʻrinni egallab yakunlagan. Buning sababi sportchi bir oy oldin parallel texnikadan V uslubiga oʻtgan edi. Uning muvafaqqiyatsiz ishlashi unga britaniyalik changʻichi Eddi „Burgut“ Edvards asosida „Espen the Eagle“ laqabini berganAthlete profile: Espen Bredesen Sports Illustrated.

1993-yilda Falunda boʻlib oʻtgan Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida u jamoaviy katta tepalik va yakka tartibli katta tepalik musobaqalarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. 1993—1994-yilgi mavsumda u Toʻrt teplik turnirida gʻolib boʻlgan. 1994-yilda Lillexammerdagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritgan va 1994-yilda Planika shahrida boʻlib oʻtgan XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bredesen 209 metr (1994-yil) va 210 metrga (1997-yil) sakrash bilan changʻi uchish boʻyicha jahon rekordini ikki marta yangilagan.

Bredesen 1993-yilda Xolmenkollen changʻi festivalida changʻidan sakrash musobaqasida ham gʻolib boʻlgan. 1994-yilda Xolmenkollen medali bilan taqdirlangan (Ljubov Egorova va Vladimir Smirnov bilan birgalikda).

Changʻidan sakrash boʻyicha jahon rekordi Sana Tepalik Manzil Metr Ballar 1994-yil 18-martVelikanka bratov Gorišek K185 Planitsa, Sloveniya 209 686 1997-yil 22-martVelikanka bratov Gorišek K185 Planitsa, Sloveniya 210 689

WR bayonoti Bredesen 1994-yilda Planikada 209 metr balandlikka sakrab oʻtgan birinchi jahon rekordidan keyin aytgan:

Manbalar