Ivan Santini () (1989-yil 21-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Shveysariyaning Zürich klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Zadarda tugʻilgan Ivan Santini oʻz shahrining yoshlar jamoasida 2006-yilning yozigacha oʻynagan. Keyinchalik „Inter Zapreshich“ga koʻchib oʻtgan va u yerda oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan
2009-yil 8-mart kuni Ingolshtadt uchun Bundesliga oʻyinida TSV 1860 Myunxenga qarshi oʻyinning 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va oʻzining birinchi golini kiritgan. 2009-yildan 2012-yilgacha u „Zadar“ jamoasida oʻynagan. 2012-yil 31-yanvarda Santini „Feiburg“ga olti oylik ijara asosida qoʻshilgan.
2013-yil iyun oyida u Kortrijk jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2015-yilning 18-iyunida Santini 2 million yevro evaziga 4 yillik shartnoma asosida „Standard Liej“ga oʻtgan. 2016-yilda Belgiya kubogi finalida Santini oʻyinning 88-daqiqasida gol urib, „ Bryugge“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonishda asosiy rolni oʻynagan.
2016-yilning 3-avgustida Santini 2 million yevrodan koʻproq maosh evaziga uch yillik shartnoma asosida Caen jamosiga oʻtgan. 2017-yilning yanvarida u Liga 1da Dado Prshodan keyin kamida oʻnta gol urgan ikkinchi xorvatiyalik futbolchiga aylangan.
NK Osijek 2021-yil 13-fevralda Santini Xorvatiyaga qaytib, Prva HNL jamoasi NK Osijek bilan shartnoma imzolagan. U 26-fevral kuni „Varajdin“ga qarshi oʻyinda klubdagi debyutini amalga oshirgan va oʻsha oʻyinda gaʼla golini kiritigan.
Al-Fateh 2021-yil 10-avgustda Santini Saudiya Arabistonining „Al-Fateh“ klubiga oʻtgan.
Zürich 2022-yil 29-iyunda u Shveysariyaning "Zürich " jamoasiga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati 2018-yilning may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan JCh — 2018 uchun dastlabki 32 kishilik roʻyxatiga kiritilgan , ammo final tarkibiga kiritilmagan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolInter Zaprešić2006—2007Druga HNL41--41Ingolstadt2008—20092. Bundesliga60---60NK Zadar2009—20101. HNL19600--1962010—20111. HNL291000--29102011—20121. HNL161000--1610Jami64260000006426SC Freiburg (Ijara)2011—2012Bundesliga10000--1002012—2013Bundesliga14131--172Jami241310000272Kortrijk2013—2014Belgiya Pro Ligasi361532--39172014—2015Belgiya Pro Ligasi331521--3516Jami69305300007433Standard Liège2015—2016Belgiya Pro Ligasi27115141-36132016—2017Belgiya Birinchi Ligasi111100-22Jami28126241003815Caen2016—2017Liga 1341521-0036162017—2018Liga 1311150-203811Jami65267100207427Anderlecht2018—2019Belgiya Birinchi Divizioni34161040-3916Jiangsu Suning2019Xitoy Super Ligasi10600--1062020Xitoy Super Ligasi20611--217Jami30121100003113NK Osijek2020—20211. HNL8210--92Karyerada jami3321262388120366135
Yutuqlari Inter Zaprešić
Druga HNL : 2006—2007
Standard Liege
Belgiya kubogi : 2015—16
Jiangsu Suning
Xitoy Superligasi : 2020
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar