Adam Rhys Davies () (1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — Germaniyalik professional futbolchi. Adam Davies „Sheffield United“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Adam Davies Germaniyada tugʻilgan, Uels milliy futbol terma jamoasi vakilidir.

Adam Davies oʻz faoliyatini „Everton“ futbol klubi akademiyasida boshlagan. Keyinchalik Adam Davies „Sheffield Wednesday“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Adam Davies „Wednesday“ klubi tarkibida hech qanday oʻyin oʻtkazmagan va 2014-yil iyun oyida „Barnsley“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Adam Davies „Barnsley“ futbol klubi safida 2015—2016-yilgi mavsumdan 2018—2019-yilgi mavsumgacha maydonga tushgan. Shundan soʻng, 2019-yil iyun oyida Adam Davies „Stoke City“ futbol klubiga qoʻshilgan.

Yoshligi Adam Davies Quyi Saksoniyaning Rinteln shahrida tugʻilgan.Adam Daviesning otasi Britaniya Qurolli kuchlarida xizmat qilayotganda Germaniyada boʻlgan. Keyinchalik, Adam Daviesning oilasi Warringtonga koʻchib oʻtgan, u yerda Adam Davies Buyuk Sankey oʻrta maktabida oʻqigan.

Xalqaro faoliyati Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasiga 2016-yilning 4-oktyabrida chaqirilgan edi. Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasi safida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Avstriya milliy futbol terma jamoasi va Gruziya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan edi. Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasi safidagi debyut oʻyinini 2019-yil 20-mart kuni Wrehamdagi Racecourse Groundda Trinidad va Tobago milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) oʻtkazdi. Bu uchrashuvda Adam Davies oʻyinning ikkinchi yarmida maydonga tushirildi. 2020-yil oktyabr oyida Adam Davies Uels milliy futbol terma jamoasi safida Bolgariya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda ham (1:0 hisobida gʻalaba) zaxiradan (oʻyinda jarohat olgan Wayne Hennesseyning oʻrniga) maydonga tushdi. 2021-yil may oyida Adam Davies kechiktirilgan 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati turniri uchun Uels milliy futbol terma jamoasitarkibiga kiritildi.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarSheffield Wednesday2012—2013Chempionat0000——002013—2014Chempionat000000—00Jami000000—00Barnsley2014—2015Birinchi liga2300010102502015—2016Birinchi liga3801010904902016—2017Chempionat4602010—4902017—2018Chempionat3501030—3902018—2019Birinchi liga420300020470Jami184070601202090Stoke City2019—2020Chempionat401000—502020—2021Chempionat1700040—2102021—2022Chempionat1200030—150Jami3301070—410Sheffield United2021—2022Chempionat00———002022—2023Chempionat300000—30Jami300000—30Jami2200801301202530

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinlarGollar Uels milliy futbol terma jamoasi 2019 1 0 2020 1 0 2022 1 0 Jami 3 0

Yutuqlar Barnsley

Futbol ligasi kubogi: 2015—2016 Birinchi Liga pley-off oʻyinlari: 2016 EFL Birinchi ligasi 1-oʻrin: 2018—2019

Individual

Everton Akademiyasining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi: 2009—2010 EFL mavsum oʻyinchisi: 2018—2019 EFL Liga birinchi mavsum oʻyinchisi: 2018—2019

Manbalar

Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Uelslik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar