Hayden Ross Coulson () (1998-yil 17-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Hayden Coulson „Aberdeen“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Middlesbrough Hayden Coulson „Middlesbrough“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Coulson 2016-yilning 1-iyulida „Middlesbrough“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan.

St Mirren (ijara) 2018-yilning 9-iyulida Coulson Shotlandiya Premyer ligasi vakili „St Mirren“ futbol klubi jamoasiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan. Hayden Coulson 2018-yilning 28-iyulida „Dumbarton“ futbol klubiga qarshi boʻlib oʻtgan uchrashuvda (6:0) oʻzining klub safidagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻlgan. Coulson 2018-yilning 17-oktyabr kuni (uning ijara muddati qisqartirilganidan soʻng) „Middlesbrough“ futbol klubi safiga qaytgan.

Cambridge United (ijara) 2019-yilning 31-yanvarida Hayden Coulson mavsum oxirigacha ijara asosida Ikkinchi liga vakili „Cambridge United“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

Middlesbrough safiga qaytish "Cambridge United" futbol klubidagi ijarasidan qaytganidan soʻng, Coulson 2019—2020-yilgi mavsum uchun „Middlesbrough“ futbol klubi tarkibiga kirgan. Hayden Coulson mavsumning birinchi kunida „Luton Town“ futbol klubi bilan 3:3 hisobida durang oʻyinda maydonga tushgan . 2020-yilning 1-fevralida Hayden Coulson oʻz faoliyatidagi birinchi liga golini „Blackburn Rovers“ futbol klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan .

Ipswich Town (ijara) Hayden Coulson 2021-yil 9-avgustda Birinchi liga vakili „Ipswich Town“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. Biroq, 2022-yilning 31-yanvarida Coulson „Middlesbrough“ futbol klubi safiga chaqirib olingan .

Peterborough United (ijara) "Ipswich Town" futbol klubidan chaqirib olinganidan soʻng, Coulson 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida chempionat vakili „Peterborough United“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan .

Aberdeen (ijara) 2022-yilning 26-iyulida Coulson Shotlandiya Premyer ligasi vakili „Aberdeen“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilgan.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Coulson Angliya terma jamoasini turli yosh darajalarida (16,17,18 yosh) himoya qilgan. Coulson 2016-yilda Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi

KlubDiviziyaMavsumLigaMilliy kubokMintaqaBoshqaJamiOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniMiddlesbroughChempionat2015—20160000521062Premyer liga2016—20170000001010Chempionat2017—201800000020202018—201900000000002019—20202911000003012020—20211701010001902021—20220000000000Jami461206240573St Mirren (ijara)Shotlandiya Premyer ligasi2018—201960000051111Cambridge United (ijara)Ikkinchi liga2018—2019140000000140Ipswich Town (ijara)Birinchi liga2021—20226000000060Peterborough United (ijara)Chempionat2021—20225010000060Jami771306291944 Manbalar

Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar