Claude Nicollier (talaffuzi: Klod Nikolye 1944-yil 2-sentyabrda Shveysariyaning Vevey shahrida tugʻilgan) shveysariyalik birinchi astronavt. U toʻrtta Space Shuttle missiyalarida uchgan. Uning birinchi kosmik parvozi 1992-yilda (STS-46) va oxirgi kosmik parvozi 1999-yilda (STS-103) boʻlgan. U Hubble kosmik teleskopiga (STS-61 va STS-103) xizmat koʻrsatish missiyasida qatnashgan. Oxirgi koinot parvozi paytida u kosmik sayohatda qatnashib, kosmik kemaning missiyasi paytida buni amalga oshirgan birinchi Yevropa kosmik agentligi astronavti boʻldi. 2000-yilda u Xyustonda ESA yetakchi astronavti lavozimini saqlab qolgan holda Astronavtlar idorasida yangi lavozimga tayinlandi. Nicollier 2007-yil aprel oyida ESAdan nafaqaga chiqdi.
U 2007-yil 28-martda Lozannadagi École Polytechnique Fédérale de unversitetida Fazoviy texnologiya boʻyicha professor unvoniga sazovvor boʻldiEPFL press release: Claude Nicollier nommé professeur ordinaire de technologies spatiales, 28 March 2007.
U Swiss Space Systems kompaniyasining ekspert kengashi aʼzosi boʻlgan.
Talim Nicollier 1944-yil 2-sentyabrda tugʻilgan. 1962-yilda Lozannadagi Gymnase de Lozanna (oʻrta maktab)ni tamomlagandan soʻng Lozanna universitetida fizika fakultetida tahsil oldi va 1970-yilda bakalavr darajasini qoʻlga kiritdi. Nicollier 1970—1973-yillarda universitet qoshidagi Astronomiya institutida va Geneva rasadxonasida aspirant olim boʻlib ishladi. 1975-yilda Geneva universitetida astrofizika boʻyicha magistr darajasini oldi. Bunga parallel ravishda, u 1966-yilda Hawker Hunterdagi Fliegerstaffel 5 -da Shveysariya Harbiy-havo kuchlarining uchuvchisi boʻldi. Nicollier u yerda kapitan unvonini qoʻlga kiritib, 5600 soat parvoz vaqtini, shu jumladan 4000 soatini reaktiv samolyotlarda qayd etdi. Keyinchalik, 1988-yilda u Buyuk Britaniyaning Boskomb Daun shahridagi Empire Test Pilot maktabini sinovchi uchuvchi sifatida tamomlagan.
Shaxsiy hayoti Nicollier Meksikaning Monterrey shahrida yashovchi Susana Perez bilan oila qurgan. Ularning ikkita qizi bor edi: 1974-yilda tugʻilgan Maya va 1978-yilda tugʻilgan Marina.
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar