Toʻxta Abdullayeva (1922-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1959). Tarjimayi holi Toʻxta Abdullayeva 1922-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Abdullayeva dastlabki traktorchi qizlardan. 1942-yildan Orjonikidze (hozirgi Qibray) tumani MTS traktorchisi, 1947-yildan „Pravda“ (sobiq Chapayev nomli) kolxozda zveno va 1952-yildan brigada boshligʻi boʻlib ishlagan. Abdullayeva 1956-yilda tezpishar S-4727 nav gʻoʻzadan rekord hosil (gektaridan 52 sentner) yetishtirgan. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1922-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent shahrida tugʻilganlar