Ramiro José Funes Mori (; 1991-yil 5-martda tavallud topgan) — argentinalik futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. „Cruz Azul“ klubi futbolchisi, Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi hisoblanadi.

Ramironing Rogelio ismli egizak akasi bor, u ham professional futbolchi.

Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Funes „Villarreal“ safida 2001-yilda Ramiro oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtdi va u yerda akasi bilan birga „Dallas“ klubining bolalar jamoasida futbol bilan shugʻullanishgan.

2015-yilning 1-sentabrida 9,5 million funt evaziga Ramiro Angliyaning „Everton“ jamoasiga oʻtdi. 12-sentabr kuni futbolchi Angliya Premyer-ligasida debyutini oʻtkazdi va „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Simus Koulmanning oʻrniga maydonga tushdi va ilk debyut oʻyini gʻalaba bilan boshlandi.

2022-yilning yozida Funes Mori meksikaning „Cruz Azul“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 15-avgust kuni „Toluca“ jamoasi bilan oʻyinda u Meksika Premyer ligasida debyut qildi. Oʻsha uchrashuvda Ramiro „Cruz Azul“ safidagi ilk golini urdi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati 2015-yil 28-mart kuni Salvador terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Mori Argentina terma jamoasi safida debyut qildi.

2016-yilning yozida Ramiro AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Turnirda u Panama, Boliviya, AQSh, Venesuela va ikki marta Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2016-yilning 6-oktabr kuni JCh-2018 saralashida Peru milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda Ramiro terma jamoa safidagi ilk golini urgan.

2019-yilning yozida Funes Mori 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Chili terma jamaosiga qarshi maydonga tushgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubok(1)Xalqaro turnir(2)JamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaC. A. River Plate2011—20121920200 - - -21202012—20131000000 - - -10002013—20141910100100211020141720200101229322015112021015102840Jami76707102622109102Everton F. C.2015—20162841911 - - -37522016—20172301300 - - -26012017—2018400 - - - - - -400Jami55421211---6753Villarreal C. F.2018—20193121100100142222019—2020700510 - - -12102020—202110004006002000Jami4821100016017432Al-Nassr F. C.2021—202221002000002300Jami2100200---2300C. F. Cruz Azul2022—2023810000000810Jami810000000810Umumiy faoliyatida20814331214223281197

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar