link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/75/Kolinda_Grabar-Kitarovi%C4%87_and_Emmanuel_Macron_prepare_to_award_the_first_and_second_places_in_the_final_of_the_2018_Russian_Football_Cup.jpg/306px-Kolinda_Grabar-Kitarovi%C4%87_and_Emmanuel_Macron_prepare_to_award_the_first_and_second_places_in_the_final_of_the_2018_Russian_Football_Cup.jpg|thumb|306x306px| Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ikki davlat oʻrtasidagi JCh-2018 finalidan soʻng qoʻl ushlashmoqda. Xorvatiya va Fransiya oʻrtasidagi tashqi, diplomatik, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar umumiy tarix, intellektual rivojlanish (Iliriya harakati), diniy oʻxshashlik (Rim katolikligi), tildagi umumiylik (xorvatlarning taxminan 10 % fransuzVinko Šeringer, 1889. Dictionary of Foreign Words (Rječnik stranih riječi). gaplashadi) bilan bogʻlanganVinko Šeringer, 1889. Dictionary of Foreign Words (Rječnik stranih riječi). va minglab yillarga borib taqaladigan qarindoshlik rishtalari kiradi.

Oʻzaro munosabatlar norasmiy ravishda Karoling Uygʻonish davrida 800-900-yillarda fransuz Benediktin rohiblari oʻrtasidagi diniy faoliyat va Xorvatiyada monastirlar qurilishi bilan boshlangan. Xorvatiyada fransuz tilida soʻzlash XIV asrda salib yurishlarining tarqalishi va XV asrda fransuz diniy marosimlarda xorvatcha matnlardan foydalanish bilan kuzatilishi mumkin. Xorvatiya elitasining koʻpchiligi XV asr oxirida fransuz Sorbonnasida oʻqigan va Fransiyaning siyosiy manzarasiga oʻnlab yillar davomida taʼsir qilgan. Keyingi ikki asrda Xorvatiya elitasi sud va fransuz madaniy va ilmiy (xorvat tilida franchezarie deb yuritiladi) hayotida faol ishtirok etgan. 1789-yilgi fransuz inqilobi davrida maʼrifatchilik gʻoyalari Xorvatiya boʻylab tez tarqaldi. XIX asr boshlarida Xorvatiyaning katta qismi Napoleon Bonapartning birinchi Fransiya imperiyasi davrida Fransiyaning avtonom davlatiga aylangan. Bu Xorvatiya hududlarida fransuz madaniy tarqalishini yaratdi va ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqani mustahkamladi. Fransiyada Xorvatiya madaniyatining madaniy tarqalishi Illyrianism sifatida tanilgan. Yugoslaviya parchalanganidan soʻng, Xorvatiya-Fransiya munosabatlari eng yuqori choʻqqisiga chiqdi, chunki fransuz ziyolilar jamoasi Xorvatiyani oʻz kitoblari va xaritalarida qayd etib, uni mustaqil davlat ekanligiga dunyoni ishontirdiFrucht 2005, p. 433.

Fransiya va Xorvatiya harbiy va siyosiy ittifoqchilar boʻlib, ikkalasi ham Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO), Jahon Savdo Tashkiloti (JST) aʼzolaridir. Ikkala davlat ham milliy rang sifatida futbolda chiziqli qizil — oq — koʻk uch xildagi rangni tanlagan. Xorvatiya Fransiyaning 10- yirik savdo hamkoridir. Xorvatiyaliklar fransuz mehnat bozoriga toʻliq kirib borishgan. Ikki mamlakat oʻrtasidagi zamonaviy munosabatlar hamkorlikka asoslangan, diplomatik jihatdan gullab-yashnagan va iqtisodiy jihatdan juda ijobiydir. Fransiyaning Xorvatiyada (Zagrebda, Dubrovnikda va Splitda) uchta turli vakolatxonalari bor va Xorvatiyaning Fransiyada (Parij va Tuluzada) vakolatxonasi bor. Fransua Olland ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni „aʼlo“ deb taʼriflagan, Zoran Milanovich ularning umumiy qadriyatlarini „abadiy birga“ deb taʼkidlab oʻtgan.

Mamlakatni taqqoslash Fransiya Bayroq160px Gerb157x157px157x157px Aholi 66 628 000 (2016) (French departments without Mayotte: 65,821,000 inhabitants)

(Mayotte : 212,645 inhabitants — overseas collectivities : 337,191 — new Caledonia : 245,580)

Total (French departments+French overseas collectivities+New Caledonia) 4 190 700 (2016) Demonim fransuz Xorvatlar Hudud 674 843 km 2 56 594 km 2 Aholi zichligi  105.4627/km 2 68.4/km 2 Poytaxt Parij Zagreb Eng katta shahar Parij — 2 234 105 (12 161 542 metro) Zagreb — 799 565 (1 113 111 metro) Hukumat Unitar yarim prezidentlik konstitutsiyaviy respublika Unitar parlamentli konstitutsiyaviy respublika Hozirgi rahbar (lar) Prezident Emmanuel Makron Bosh vazir Jan Kasteks Prezident Zoran Milanovich Bosh vazir Andrey Plenkovich Tashkil etish 1958-yil 4-oktyabr — Beshinchi Respublika tashkil etildi 1991-yil 25-iyun — Xorvatiya mustaqilligi Rasmiy til fransuz xorvat Asosiy dinlar 58 % xristianlik (asosan Rim katolikligi) 31 % Dinsizlar 4 % Islom 1 % Yahudiylik 1 % Buddizm 5 % Boshqalar 86,2 % Rim katolikligi 4,4 % Sharqiy pravoslavlik 1,4 % islom 0,34 % protestantizm 5 % ateist YaIM (PPP) 2,657 trillion dollar, aholi jon boshiga 35 613 dollar 100 milliard dollar, aholi jon boshiga 24 053 dollar YaIM (nominal) 2,712 trillion dollar, aholi jon boshiga 42,793 dollar 51,945 milliard dollar, aholi jon boshiga 12,405 dollar Chet ellik aholi Xorvatiyada 12 000 fransuz tugʻilgan Fransiyada 40 000 xorvat asli istiqomat qiladi Harbiy xarajatlar 62,5 milliard dollar 6,38 milliard dollar

Tarixi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5e/1french-empire1811.jpg/219px-1french-empire1811.jpg|alt=|left|thumb|219x219px| Birinchi Fransiya imperiyasi, shu jumladan Illiriya provinsiyalari (Bugungi Xorvatiyaning aksariyat qismini qamrab olgan). Fransiya va Xorvatiya oʻrtasidagi aloqa 800- va 900-yillarning boshlarida fransuz Benediktin rohiblari tomonidan Xorvatiyada monastirlariga sayohat davrida boshlangan. Ikki mintaqa oʻrtasidagi diniy munosabat Xorvatiyaning katoliklik oqimiga eʼtiqod qiliishiga taʼsir koʻrsatgan. 925-yilda Xorvatiya Qirollik maqomiga koʻtarild. Keyingi asrlarda Xorvatiya zodagonlari va fransuz zodagonlari oʻrtasida tortishuvlar boʻlib turdi. Bu zodagonlar va monarxlar orasida siyosiy va ijtimoiy elitizmning keng tarqalishiga yordam berdi.

Toʻrtinchi salib yurishining fransuz tarixchisi Jeoffroi de Villeharduen fransuzlar Zagrebni „dunyodagi eng yaxshi mustahkam shaharlardan biri“ deb taʼriflaganini yozgan, keyinroq „bundan goʻzal, kuchli va boyroq shahar topilmasligini“ qoʻshimcha qilgan. XIV asrda fransuzlar Xorvatiya jamiyatiga Zagrebdan tarqala boshladi. Xorvatiya elitasining koʻpchiligi XV asr oxirida fransuz Sorbonnasida tahsil oldi va kelgusi oʻnlab yillar davomida mamlakatning siyosiy manzarasiga taʼsir koʻrsatdi. Eng koʻzga koʻringan aʼzolardan biri Saro Guchetich edi, u Fransiya qiroli Frensisk I ning iltimosiga binoan Sulton Sulaymon bilan yashirin shartnomalar tuzgan. XVI asr boshlarida Fransiyada adabiyotning kengayishi koʻplab xorvat yozuvchilarining omma uchun asarlarini fransuz tiliga tarjima qilinishi tufayli amalga oshdi. Fransiya va Xorvatiya oʻrtasidagi birinchi diplomatik munosabatlar Dubrovnikda konsullikning tashkil etilishi boʻlgan. Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻsib borayotgan aloqa franchezarie sifatida tanilgan va Xorvatiyadagi birinchi fransuz mason tashkiloti bilan rasmiylashtirilgan. 1789-yilgi fransuz inqilobi davom etar ekan, maʼrifatparvarlik gʻoyalari Xorvatiya jamiyatiga chuqur taʼsir koʻrsatdi, bu esa Zagreb va Dubrovnikda yakobinlar klublarini yaratishga olib keldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d8/Napoleoniceurope.png/220px-Napoleoniceurope.png|alt=Map of Europe. French Empire shown as bigger than present day France as it included parts of present-day Netherlands and Italy.|thumb|Birinchi Fransiya imperiyasi eng katta miqyosda 1811-yilda Napoleon Bonapartning birinchi fransuz imperiyasining kengayishi davrida Xorvatiyaning katta qismlari fransuzlar tomonidan nazorat qilinib, Illiriya provinsiyalarining yaratilishiga olib keldi. 1809-yilda Napoleon Bonapart va uning maʼmuriyati bu hududni Lyublyanada (Laybax) asosan bugungi Xorvatiya va Sloveniyaning ayrim qismlarini oʻz ichiga olgan Avstriya imperiyasiga qarshi kengaytma sifatida tashkil etdi. Viloyatlar mavjud boʻlgan davrda toʻrtta gubernator boʻlgan: Auguste de Marmont, Anri Gatien Bertrand, Jan-Andoche Juno va Jozef Fushe.

Fransiya hukmronligi davrida avtonom viloyatning rasmiy tillari fransuz, xorvat, italyan, nemis va sloven tillari edi. Fransuzlar feodal tuzumni butunlay bekor qilmagan. Ularning hukmronligi davrida Illiriya provinsiyalari aholisini fransuz inqilobi yutuqlari va hozirgi burjua jamiyati bilan batafsilroq tanishtiruv boʻlgan. Fransuzlar qonun oldida tenglikni, majburiy harbiy xizmatni va yagona soliq tizimini joriy qildilar, shuningdek, ayrim soliq imtiyozlarini bekor qildilar, zamonaviy boshqaruvni oʻrnatdilar, davlat va cherkov oʻrtasidagi vakolatlarni ajratdilar (fuqarolik nikohini joriy etish, tugʻilishni roʻyxatga olish va boshqalar) va sud tizimini milliylashtirdi. Hukmron egalar birinchi marta barcha fuqarolarni nazariy jihatdan qonun oldida tenglashtirdilar. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/36/CroatiaFinanceMinster.jpg/220px-CroatiaFinanceMinster.jpg|thumb| Xorvatiya Bosh vaziri Tihomir Oreshkovich Fransiya Bosh vaziri Manuel Vals bilan uchrashdi 250px|thumb|Xorvatiyaning Parijdagi elchixonasi Illiriya provinsiyalarida fransuz hukmronligi qisqa umr koʻrdi, ammo bu milliy oʻziga ishonch va erkinliklardan xabardor boʻlishga sezilarli hissa qoʻshdi, ayniqsa Yugoslaviya mustaqilligidan keyingi Xorvatiya va Sloveniya misolida slavyan xalqlarida koʻzga tashlandi. Illiriya davlatining taʼsiri va Avstriya hukmronligiga qarshilik koʻrsatish fransuz madaniyatining tarqalishini va bugungi kungacha davom etib kelayotgan mamlakatning ayrim hududlarida millatchilikni keltirib chiqardi. Xorvatiyada Zagreb, Split, Riyeka, Osijek, Zadar va Velika Gorica shaharlarida XIX asr fransuz hukmronligi qoldiqlari saqlanib qolgan boʻlib, ular oʻziga xos fransuz va illiriya urf-odatlarida koʻzga tashlanadi. Sloveniya va Chernogoriyada koʻchalar va kichik hududlar provinsiya va Bonapart gubernatorlari sharafiga nomlangan. Bu davrda Fransiyada ham illiriya harakati keng tarqaldi va asarlar yaratilishiga olib keldi: Les peuples de l’Autriche et de la Turquie; histoire contemporaine des Illyriens, des Magyars, des Roumains et des Polonais, bu asar „Xorvatiya va Illiriya harakati boʻyicha kirish tadqiqoti“ boʻlib xizmat qilgan.

1860-yillarda Xorvatiya maktab tizimi fransuz tilini oʻrganish maqsadida joriy qila boshladi va 1876-yilda rasmiy ravishda milliy oʻquv dasturiga kiritildi. Zadar avlodidan boʻlgan fransuz yozuvchisi Emile Zola Fransiyaning eng koʻzga koʻringan yozuvchilaridan biri edi.

1950-yillarning oxirlarida Xorvatiya poytaxti asosan Yugoslaviya hech qanday suverenga qoʻshilmaganligi sababli madaniy markazga aylangan. Fransuz faylasufi Jan-Pol Sartr 1960-yilda Zagrebga tashrif buyurib, Xorvatiyaning taniqli yozuvchi va faylasuflari bilan uchrashgan. Yugoslaviyaning qulashi bilan Xorvatiya xalqaro miqyosda tan olinishi uchun kurash olib bordi. Mirko Dražen Grmek kabi fransuz ziyolilari (asli xorvat va fransuz fuqaroligini olgan) Xorvatiyaga yordam berish uchun yuqori darajadagi fransuz arboblarini jalb qilishgan.

Fransiya 1992-yil 15-yanvarda Xorvatiyani tan oldi va oradan uch oy oʻtib diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Xorvatiya Prezidenti Ivo Yosipovich Fransua Olland tomonidan 2013-yil iyul oyida Fransiyaning Milliy kunini nishonlash uchun taklif qilingan. Yevropa ishlari boʻyicha davlat vaziri Harlem Desir 2015-yil 14-iyul kuni Fransiya Mustaqillik kunini nishonlash uchun Xorvatiyaga tashrif buyurdi va Bosh vazir Zoran Milanovich bilan uchrashdi.

Iqtisodiy faoliyat