Derlis Alberto González Galeano (talaffuzi: Derlis Alberto Gonsales Galeano; 1994-yil 20-martda tugʻilgan) — paragvaylik professional futbolchi. U Paragvayning Olimpia klubi hamda Paragvay terma jamoasida, asosan hujumchi sifatida oʻynaydi va vinger sifatida ham oʻynay oladi.
González faoliyatini 2009-yilda, Rubio Ñu klubida boshlagan va 2012-yilda Portugaliyaning Benfica klubi bilan shartnoma imzolagach, vaqtini Paragvaydagi Guaraní hamda Olimpia Asuncion klublarida ijarada oʻtkazgan. 2014-yilda González Shveysariya Superligasidagi Basel klubiga oʻtdi.
2015-yil dekabr oyida González Paragvayda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Klubdagi faoliyati
Rubio Ñu Mariano Roque Alonsoda tugʻilgan González Rubio Ñuning yoshlar jamoasi tarkibiga 2009-yilda Cerro Corá klubidan kelgan. U asosiy jamoadagi hamda Primera Divisióndagi debyutini oʻsha yilning 9-dekabrida, 12 de Octubre jamoasiga qarshi 2:1 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan mezbonlik oʻyinida oʻtkazdi, shunday qilib González 15 yoshida klub tarixidagi eng yosh asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi.
González birinchi golini 2010-yil 19-sentyabrda, Sportivo Trinidense jamoasini mehmonda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan uchrashuvda kiritdi. U keyingi mavsumlar davomida asosiy tarkibda muntazam ravishda o‘ynay boshladi, shu bilan birga uning jamoasi birinchi diviziondagi o‘z o‘rnini mustahkamladi.
Benfica 2011-yil 10-oktyabrda González 2012—2013-yilgi mavsum oldidan Portugaliyaning Benfica klubi bilan shartnoma tuzishga rozi boʻldi. Benficaga kelgach, u dastlab klubning Campeonato Nacional de Juniores yoshlar ligasida qatnashadigan 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynadi.
2014-yilda Benfica González vatandoshi Cláudio Correa bilan birgalikda Master International FZCga 1,72 million yevroga sotilganini eʼlon qildi.
Guaranida ijara 2013-yilning 12-fevralida González Guaraniga dekabrgacha ijaraga berilgan. 2013-yilning 24-mayida Ispaniyaning Marca gazetasida González Benficadan Real Madridga oʻtgan Angel Di Maria ketganidan keyin klubning kelajakdagi yulduzi sifatida tilga olingan.
González mavsumda Guarani safida jami 14 ta gol kiritdi, shundan 12 tasini Clausura turnirida qayd etgan edi. 2013-yil 7-dekabrda u Cerro Porteño PF jamoasiga qarshi 6:0 hisobida kechgan mezbonlik uchrashuvida xet-trik qayd etdi.
Olimpiada ijara 2014-yilning 16-yanvarida González vaqtinchalik shartnoma asosida iyun oyigacha Olimpiaga oʻtdi. U 15-fevraldagi debyut oʻyinida ikki marta gol urdi va jamoasi General Diazga qarshi kechgan ushbu uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Basel 2014-yilning 20-mayida González Shveysariyaning Basel klubi bilan 2019-yilning 30-iyuniga qadar nomaʼlum toʻlov evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. To‘rtta sinov o‘yinida o‘ynaganidan so‘ng, González 2014-yilning 19-iyulida Brügglifeld stadionida bo‘lib o‘tgan safar o‘yinida klub safida ichki ligadagi debyutini o‘tkazdi va Basel Aarauga qarshi kechgan ushbu uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
González yangi jamoasidagi ilk golini 2014-yilning 31-avgustida BSC Young Boysga qarshi 3:1 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan mezbonlik oʻyinda kiritdi. 16-sentyabr kuni u UEFA Chempionlar ligasidagi ilk golini Basel safida, guruh bosqichidagi Real Madridga qarshi safar oʻyinida kiritdi va jamoasi ushbu uchrashuvda 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi. González 4-noyabr kuni Ludogorets Razgrad jamoasiga qarshi 4:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda gollari orasiga yana bir golni qoʻshib qoʻydi.
2015-yilning 18-fevralida González Portoga qarshi oʻz maydonida kechgan liganing 1/8 final bosqichidagi birinchi o‘yinida hisobni ochdi va uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. González mavsumni barcha musobaqalarda jami oltita gol qayd etgan holda yakunladi.
Dinamo Kiyev right|thumb|182x182px| González 2015-yilda Dinamo Kiyev bilan 2015-yilning 30-iyulida González Ukraina chempioni Dinamo Kiyev bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolangach, u Pedro Benitezdan keyin (2004-yildan 2005-yilgacha Shaxtyorda) Ukrainada oʻynagan ikkinchi paragvaylik futbolchiga va ikkinchi eng qimmat paragvaylik futbolchiga aylandi.
2015-yilning 22-avgust kuni González Ukraina kubogining 1/16 bosqichida Ukrainaning birinchi ligasi jamoasi Hirnik-Sport Komsomolskga qarshi safardagi oʻyinning 45-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, Dinamo safidagi rasmiy debyutini oʻtkazdi va jamoasi bilan ushbu uchrashuvda 0:6 hisobida gʻalaba qozondi. U klubdagi ilk golini 4-oktyabr kuni, Ukraina Premyer-ligasi doirasida Vorskla Poltava klubiga qarshi 4:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan oʻyinda kiritdi.
Santosda ijara 2018-yilning 31-iyulida González Santos bilan ikki yillik ijara shartnomasini tuzishga rozi boʻldi. U klubdagi debyutini 4-avgustda oʻtkazdi va Botafogoga qarshi 0:0 hisobida kechgan ushbu safar oʻyinida Bruno Henriquening oʻrniga maydonga tushdi.
2020-yil 6-fevralda Gonzálezning ijara muddati qisqartirildi.
Olimpia 2020-yil 7-fevralda González Paragvayga qaytib, Olimpia klubi safiga qo‘shildi va u bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati González Paragvayni 15 yoshgacha va 20 yoshgacha boʻlgan toifalarda himoya qilganFIFA U-20 World Cup Turkey 2013 — Paraguay — Squad List — FIFA.com. U Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Paragvay terma jamoasi safida oʻynaganFIFA Player Statistics: Derlis GONZALEZ — FIFA.com va oʻsha turnirda, Meksikaga qarshi kechgan oʻyinda jamoasining gʻalabasiga sababchi boʻlgan golini kiritganFIFA U-20 World Cup: Mexico 0:1 (0:0) Paraguay — Report — FIFA.com.
González 2014-yil 26-mart kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kattalar jamoasi safidagi debyutini qilgan va 58-daqiqadan soʻng Pablo Velázquez oʻrniga maydonga tushganCosta Rica v Paraguay | Result | International friendlies 2014 — Yahoo Eurosport UK. U xalqaro miqyosdagi birinchi golini oʻsha yilning noyabr oyida, Peruga qarshi oʻyinda (2:1) penaltidan kiritgan.
2015-yil 28-may kuni González bosh murabbiy Ramón Díaz tomonidan Paragvayning 2015-yilgi Amerika kubogida qatnashadigan 23 kishilik tarkibiga kiritildi. U Argentinaga qarshi jamoaning dastlabki oʻyinida oʻrinbosar sifatida maydonga tushdi va La Serenada 2:2 hisobida durang bilan kechgan ushbu oʻyinda Paragvayga raqib darvozasiga ikkita gol kiritishga yordam berdi. 27-iyun kuni Konsepsonda Braziliyaga qarshi kechgan chorak finalda Thiago Silva qoʻl bilan oʻynaganidan soʻng, González belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi — 1:1; penaltilar seriyasida u gʻalaba qozonishda muhim rol oʻynagan golni kiritib, Paragvayni yarim finalga olib chiqdi.
2015-yilning 8-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichining (CONMEBOL) birinchi oʻyin kunida González 85-daqiqada oʻyindagi yagona golni urdi va Paragvay terma jamoasi ushbu uchrashuvda Venesuelani 1:0 hisobida magʻlub etdi.
Faoliyat statistikasi
Klub : KlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRubio Ñú2009Paragvay Primera División10———102010152———1522011224———2242012132———132Jami518———518Guaraní2013Paragvay Primera División3214—41—3615Olimpia2014Paragvay Primera División209———209Basel2014—2015Shveysariya Superligasi2632083—366Dinamo Kiyev2015—2016Ukraina Premyer-ligasi1424081—2632016—20171832251102662017—20181822012110333Jami50782253208514Santos (ijara)2018Série A1610020—1812019151722011535820200000001010Jami3127240125549Faoliyati jami2104317441714528259
Xalqaro : Paragvay Yil Ishtirok Gollar 2014-yil 8 1 2015-yil 10 2 2016-yil 8 1 2017-yil 2 0 2018-yil 2 0 2019-yil 13 3 2022-yil 2 2 Jami 45 9
Hisob va natijalar birinchi boʻlib Paragvayning gollari sonini koʻrsatadi.
+Derlis González tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 14-noyabr Estadio Feliciano Caceres, Luque, Paragvay 2 — 1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2. 2015-yil 27-iyun Estadio Municipal de Concepción , Konsepson, Chili 1 — 1 1-1 (4-3 2015 Amerika kubogi 3. 2015-yil 8-oktyabr Estadio Cachamay, Syudad Guayana, Venesuela 1 — 0 1-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2016-yil 11-oktyabr Estadio Mario Alberto Kempes, Kordova, Argentina 1 — 0 1-0 5. 2019-yil 26-mart Levi’s Stadium, Santa Klara, Amerika Qoʻshma Shtatlari 2 — 3 2-4 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6. 2019-yil 9-iyun Estadio Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay 2 — 0 2-0 7. 2019-yil 16-iyun Stadio do Marakana, Rio-de-Janeyro, Braziliya 2 — 0 2-2 2019 Amerika kubogi 8. 2022-yil 2-iyun Sapporo gumbazi, Sapporo, Yaponiya 1 — 2 1-4 2022 Kirin Challenge kubogi 9. 2022-yil 31-avgust Mercedes-Benz stadioni, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari 1 — 0 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Yutuqlari
Basel
Shveysariya Superligasi: 2014—2015 Shveysariya kubogi 2-oʻrin: 2014—2015 Dinamo Kiyev Ukraina Premyer-ligasi: 2015—2016 Ukraina Superkubogi: 2016
Manbalar
Havolalar
Shveysariya futbol ligasining rasmiy profili FC Basel rasmiy profili
Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Paragvaylik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar