„As If Itʼs Your Last“ (koreyscha: 마지막처럼) — Janubiy Koreyaning „Blackpink“ nomli qizlar guruhi tomonidan yozilgan qoʻshiq. Trek 2017-yil 22-iyun kuni YG Entertainment leybli orqali mustaqil singl sifatida chiqarilgan va raqamli savdo nuqtalariga taqdim etilgan. Qoʻshiq Teddy Park, Brother Su va Choice37 tomonidan yozilgan, prodyuserlik esa Future Bounce, Teddy Park va Lydia Paek tomonidan amalga oshirilgan. Musiqiy jihatdan „As If Itʼs If Itʼs Your Last“ synth-pop, house, reggae va moombahton janridagi qoʻshiq.

Tijoriy jihatdan qoʻshiq K-pop Hot 100 chartida ikkinchi, Gaon Digital Chart xit-paradida uchinchi hamda Billboard World Digital Songs chartida esa birinchi oʻrinni egallagan. 2018-yilda Janubiy Koreyada singl 2 500 000 dan ortiq raqamli yuklab olingan va 100 million marta oqimda uzatilgan. Yaponiyada qoʻshiq Yaponiya Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAJ) tomonidan oltin sertifikatga ega boʻlgan. „Blackpink“ singlni "Inkigayo" va „Show“ hamda „Music Core“ musiqiy dasturlarida qoʻshiq chiqarilgandan keyingi haftalar ichida jonli ijrolari bilan ommaga targʻib qilgan.

Kompozitsiyasi „As If Itʼs Your Last“ qoʻshigʻi „Blackpink“ning bugunga qadar eng hayajonli va quvnoq qoʻshigʻi sifatida tasvirlanadi. „Blackpink“ aʼzosi Jisoo guruh oʻz qoʻshiqlarida shu paytgacha faqat „Black“ (Qora) — jiddiylikni targʻib qilganini va bu yangi singl „Pink“ yaʼni, yorqin va shoʻxlikni oʻz ichiga olganini aytgan. Qoʻshiq synth-pop, home, reggae va moombahton janrida chiqarilgan.

Mukofotlari +Mukofot va nominatsiyalar Yil Tashkilot Mukofot Natija Manba (lar) 2017 Melon Music Awards Best Dance — Female Song of the Year 2018 Golden Disc Awards Digital Bonsang (Main Prize) Digital Daesang (Grand Prize)

+Musiqiy dastur mukofotlari Dastur Sana Havl. Inkigayo 2017-yil 2-iyul 2017-yil 9-iyul 2017-yil 16-iyul

Chartlar Chart (2017) Eng yuqori pozitsiyasi Australia Streaming Audio Visual Tracks (ARIA) 30 Finland Digital Song Sales (Billboard) 7 France Download (SNEP) 180 Japan Hot 100 (Billboard) 19 Malaysia (RIM) 4 New Zealand Heatseekers (RMNZ) 3 Janubiy Koreya (Gaon) 3 Janubiy Koreya (K-pop Hot 100) 2 UK Independent Singles (OCC) 45US World Digital Song Sales (Billboard) 1

Chiqarilish tarixi + Mintaqa Sana Format Leybl Manba (lar) Turli xil 2017-yil 22-iyun

Manbalar

Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:Blackpink qoʻshiqlari