Gaëtan Bussmann (; 1991-yil 2-fevralda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi. Nancy klubi himoyachisi. Fransuz yoshlar terma jamoasida oʻynagan va U18 va U19 darajasida millatini himoya qilgan. Fransiya terma jamoasi safida Bussman 2010-yilda oʻz maydonida 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan
Faoliyati
Ilk faoliyat davri va Metz Épinalda tugʻilgan Bussmann faoliyatini ona shahrining „Epinal“ klubida boshlagan va 2004-yilda 13 yoshida Metzga qoʻshilgan. Klubning yoshlar akademiyasida 2009—2010-yilgi mavsumda 19 yoshgacha boʻlgan jamoasi bilan finalda „Sosho“ni penaltilar seriyasida 5:4 hisobida magʻlub etdi. Gambardella kubogini qoʻlga kiritdi. 2010-yilning 4-iyunida Bussmann oʻzining birinchi professional shartnomasini Metz bilan imzoladi. 2015-yilning iyunigacha besh yil oʻynashi shartnomada keltirilib oʻtilgan. Professional debyutini 2010-yilning 20-avgustida Vannesga qarshi liga oʻyinida chap qanot himoyachisi sifatida oʻtkazdi.
Mainz 05 2015-yil avgustida Bussmann Metzni tark etib, Germaniya Bundesligasi vakili „Mainz 05“ga 1 million yevro evaziga oʻtdi. Uzaytirish varianti bilan kki yillik shartnomaga imzo chekdi. „Mainz“dan „Borussia Dortmund“ ga koʻchib oʻtgan Park Joo-hoga zaxiradosh qildi.
2018-yil yanvar oyida Bussmann ligadagi raqibi SC Freiburgga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. „Freiburg“ga ham Bussman bilan doimiy shartnoma imzolash imkoniyati berildi. Klubdagi yarim mavsum davomida maydonga tushmadi.
2018-yilning yozida Bussmann Mainz 05 ga qaytdi. 29-sentyabr kuni 574 kundan soʻng 1.Bundesligada oʻynashga muvaffaq boʻldi. Mavsumning dastlabki beshta oʻyinini oʻtkazgan Aaronga oʻrinbosar boʻldi.
Nancy 2022-yilning 22-iyulida Bussmann Nancy bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyati statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarMetz II2010—2011CFA113———1132011—2012CFA100———1002014—2015CFA10———10Jami223———223Metz2010—2011Ligue 21204000—1602011—2012Ligue 2200000—202012—2013National3542032—4062013—2014Ligue 23640000—3642014—2015Ligue 13122010—3422015—2016Ligue 2410021—62Jami120118063—13414Épinal (ijara)2011—2012National1810000—181Mainz 052015—2016Bundesliga13100——1312016—2017Bundesliga14010—502002017—2018Bundesliga0000——002018—2019Bundesliga1010——20Jami28120—50351SC Freiburg (ijara)2017—2018Bundesliga0000——00SC Freiburg II (ijara)2017—2018Regionalliga10———10Mainz 05 II2018—2019Regionalliga30———30Guingamp II2019—2020National 220———20Guingamp2019—2020Ligue 2801000—90Erzgebirge Aue2020—20212. Bundesliga15100——1512021—20222. Bundesliga17100——171Jami32200——322Nancy2022—2023National0000——00Jami faoliyati23418110635025621
Yutuqlari Metz
Gambardella kupesi: 2009—2010
Fransiya U19
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2010-yil
Manbalar
Havolalar
FC Metz klubi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar